gnesologiya
mantiq
sharq falsafasi
gʻarb falsafasi
etika va estetika
100

Gnoseologiya falsafaning qaysi masalasini o‘rganadi?

Bilish jarayoni va uning qonuniyatlarini.

100

Mantiq fani nimani o‘rganadi?

To‘g‘ri fikrlash shakllari va qonunlarini o‘rganadi.

100

«Avesto» qaysi qadimgi dinning muqaddas kitobi hisoblanadi?

Zardushtiylik dinining.

100

«Men fikrlayapman, demak, mavjudman» degan mashhur fikr muallifi kim?

Rene Dekart.

100

Etika falsafaning qaysi sohasini o‘rganadi?

Axloq, odob-axloq me'yorlari va inson xulq-atvorini o‘rganadi.

200

Bilishning asosiy ikki turi qaysilar?

Hissiy bilish va aqliy bilish.

200

Mantiq fanining asosiy nechta qonuni mavjud?

4 ta asosiy qonuni mavjud.

200

«Ikkinchi muallim» nomi bilan mashhur bo‘lgan Sharq faylasufi kim?

Abu Nasr Forobiy.

200

«G‘oyalar dunyosi» ta’limotini ilgari surgan qadimgi yunon faylasufi kim?

Platon.

200

Estetika fani nimani o‘rganadi?

Go‘zallik, nafosat va san'at qonuniyatlarini o‘rganadi.

300

Insonning sezgi organlari orqali oladigan bilimi qanday ataladi?

Hissiy bilish.

300

Bir nechta alohida fikrlardan umumiy xulosa chiqarish qanday ataladi?

Induksiya.

300

«Qutadg‘u bilig» asarining muallifi kim?

Yusuf Xos Hojib.

300

«Inson barcha narsalarning mezonidir» degan fikr qaysi faylasufga tegishli?

Protagor.

300

«Axloq» tushunchasi qanday ma'noni anglatadi?

Insonlarning jamiyatdagi xulq-atvori, odob qoidalari va munosabatlarini.

400

Haqiqatni aniqlash va tekshirishning asosiy mezoni nima?

Amaliyot.

400

Umumiy fikrdan xususiy xulosa chiqarish qanday ataladi?

Deduksiya.

400

«Tib qonunlari» asarini yozgan buyuk Sharq olimi kim?

Abu Ali ibn Sino.

400

«Davlat» asarida ideal davlat va adolatli jamiyat haqidagi qarashlarni bayon qilgan faylasuf kim?

Platon.

400

Go‘zallik, xunuklik, ulug‘vorlik va fojiaviylik qaysi fanining asosiy kategoriyalari hisoblanadi?

Estetika fanining.

500

Bilish jarayonida narsalarning muhim belgilari va qonuniyatlarini anglash qaysi bosqichda amalga oshadi?

Aqliy bilish bosqichida.

500

Bir vaqtning o‘zida bir-biriga zid bo‘lgan ikki fikrning ikkalasi ham chin bo‘la olmasligini ifodalovchi mantiq qonuni qaysi?

Zidlik qonuni.

500

Abu Rayhon Beruniyning Hindiston xalqlari, dini, urf-odatlari va ilm-faniga bag‘ishlangan mashhur asari qanday nomlanadi?

«Hindiston» (Tahqiq mo li-l-Hind).

500

«Sof aql tanqidi» asarining muallifi bo‘lgan nemis faylasufi kim?

Immanuil Kant.

500

«Nikomax etikasi» asarining muallifi kim va unda qanday asosiy g‘oya ilgari surilgan?

Aristotel. Unda baxt-saodatga erishish, fazilatli hayot kechirish va axloqiy kamolot g‘oyalari ilgari surilgan.

M
e
n
u