Anglangan maqsad bilan boshqariladigan ichki va tashqi harakatlar yig‘indisi nima deyiladi?
Faoliyat
Faoliyatni amalga oshiruvchi shaxs yoki jamoa nima deb ataladi?
Subyekt
Faoliyatning asosiy turlaridan to‘rttasini ayting
Muloqot, o‘qish, mehnat, o‘yin
Muloqotning mazmuni nima?
Axborot
Insonni aniq xatti-harakatga olib keluvchi omil nima?
Motiv
Inson faolligining asosiy ikki turi qaysilar?
Tashqi faollik va ichki faollik
Faoliyatni amalga oshirishga yordam beruvchi mehnat quroli, pul, predmet va texnologiyalar nima deyiladi?
Vosita
Bilim, ko‘nikma va malakani egallash jarayoni nima deyiladi?
O'qish
Muloqot vositalarining ikki asosiy turi qaysilar?
Verbal va noverbal
“Motiv” so‘zi lotincha moveo so‘zidan kelib chiqqan. U qanday ma’noni anglatadi?
Harakatlantiraman
Faoliyatni amalga oshiruvchi inson, odamlar guruhi yoki tashkilot nima deb ataladi?
Subyekt
Faoliyatning tugashi bilan subyekt ega bo‘ladigan obyekt yoki bilim nima?
Natija
Amaliy-foydali natijaga erishishga qaratilgan faoliyat turi nima?
Mehnat
Odamlar orasida aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish jarayoni nima deyiladi?
Muloqot
Faoliyat bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan motivlar nima deyiladi?
Ichki motivlar
Faoliyat yo‘naltirilgan narsa nima deb ataladi?
Obyekt
Faoliyatni qo‘zg‘atuvchi omil nima deb ataladi?
Motiv
Tashqi real ishdan ichki ideal ishga o‘tish jarayoni nima deyiladi?
Interiorizatsiya
Muloqot qanday ehtiyojning shakllanishi natijasida yuzaga keladi?
Birgalikdagi faoliyat ehtiyoji
Faoliyatga undaydigan, ammo faoliyatning o‘zi bilan bog‘liq bo‘lmagan motivlar nima deyiladi?
Tashqi motivlar
Faoliyat tuzilishida kutilayotgan natijaning ongli obrazi nima deb ataladi?
Maqsad
Faoliyat tuzilishining asosiy elementlarini sanang.
Subyekt, obyekt, maqsad, vosita, harakat va natija
Oldin ichida o‘ylab, so‘ng bevosita tashqi munosabatga o‘tish jarayoni nima deyiladi?
Eksteriorizatsiya
Slaydda keltirilgan muloqot vositalaridan kamida uchtasini ayting.
Belgilar tizimi, signallar, odamning tashqi ko‘rinishi, taktil vositalar, san’at asarlari
Maslouning ehtiyojlar piramidasida slaydda keltirilgan beshta ehtiyojni sanang.
Fiziologik, xavfsizlik, yaqinlik tuyg‘usi, tan olinish va o‘z-o‘zini qaror toptirish ehtiyojlari