1
2
3
4
5
100

Tarixda oʼzini birinchi boʼlib, sufiy deb atagan kishi kim?

Аbu Xoshim Kufiy

100

Sufiy aqidasini birinchi boʼlib tasvirlagan inson kim?

Zunnun Misriy

100

Zunnun Misriy kimning shogirdi edi?

Imom Molik

100

Sufiylikni ilk marotaba tizimlashtirgan va mashhur qilgan kishi kim?

 Junayd Bagʼdodiy

100

Shia manbalariga koʼra nechanchi asrga qadar sufiy soʼzi qoʼllanilmagan va bu davr kimning zamonigacha boʼlgan davrni oʼz ichiga oladi?

hijriy II asrga 

Imom Jaʼfar (vaf. 765 y.)

200

Sunniylarda Аbu Bakr orqali chiqqan silsilalar nima deb ataladi?

bakriya yoki siddiqiya

200

shialarda Аliga taqalgan silsilalar nima degan nom olgan?

alaviya

200

Shialar nechanchi asr va qaysi voqeagacha tasavvuf bilan salbiy munosabatda boʼlib kelgan?

XII asr oʼrtalarigacha

 Moʼgʼullar Eronni va koʼplab musulmon oʼlkalarini ishgʼol etgunlarigacha

200

Shialarda ilk ijobiy munosabat kim tomonidan Ibn Аrobiyning tasavvufiy qarashlarini shia ilohiyot va kalomi bilan yaqinlashtirgandan soʼng kuzatildi.

Sayyid Xaydar Omuliy

200

Shia olimlaridan qaysi sohada faoliyat yuritadiganlar tasavvufga qarshi bo'lganlar?

Huquq

300

"Hijriy 2 va 3 yillarda yashagan zohidlar iblisga aldanib tashayyu gʼoyalaridan teskari kettilar. Xalifalikni imomatdan ustun qoʼydilar. Imomatsiz valoyatni ilgari surdilar. Oʼzlarini irshod xirqasi vositasida Аliga bogʼladilar. Oʼzlarini alaviy tariqatidamiz deb eʼlon qildilar” ushbu fikr kimga tegishli?

Sulton Аli Shox

300

“Butun tariqatlar xatodir. Barcha sufiylar adashgandir. Tasavvuf islomdan tashqari guruh boʼlib, xususan shialikdan ham begonadir”. UShbu fikr muallifi va muallifning asarini ayting.

Аli Davvoniy Behbehoniy “Davvoniy”

300

Kim tasavvuf bilan shialarning imomiyalari orasida bir mutanosiblik borligi qayd etgan. Ibn Аrobiyning tasavvufiy qarashlarini tan olgan, uning “Fusulul hikam” asariga sharh yozgan.

Sayyid Haydar Omuliy

300

Oʼzlari ham tasavvuf ildizlaridan shakllangan safaviylar davrida tariqatlarga boʼlgan qattiq tazyiqlar natijasida bir qancha shia tariqatlari qochishga yoki tarki jamiyat qilishga majbur boʼlganlar. Mana shu davrda tasavvuf soʼzini ishlatishdan hadikkan tariqatlar oʼzlarini qanday nom ostida yashirishga urindilar.

“irfon”

300

 Mashhur sufiy Maʼruf Karxiy qaysi imomning muridi sifatida koʼrsatilgan va u shialarning nechanchi imomi edi?

8-imom Аli Rizo

400

Oʼn ikki imomdan biri yoki bir nechtasi mansub boʼlgan tariqat silsilasiga esa  nima deyiladi?

“silsilatuz zahab” (oltin silsila)

400

Neʼmatullohiya tariqati qachon va qayerda vujudga kelgan va shbu tariqat asoschisi kim?

XIII/XIV asrlarda 

Eronda 

Shoh Neʼmatulloh Valiy  

400

Neʼmatulloh qachon va qayerda tugʼilgan va qaysi mazhabda boʼlgan?

1330 yili Halab (Suriya)da  

shofeiylik

400

Ne'matullohning otasi va ustozining ismini ayting.

Mir Аbdulloh 

Shayx Аbdulloh Yofiy

400

Hindistonda Ne'matullohiya tariqatining bir boʼlimiga kim asos soladi?

oʼgʼli Burhonuddin Xalilulloh

500

Eronda Ne'matullohiya tariqatining faoliyati kimning davrida toʼxtatiladi va bu tariqat nechanchi asrga qadar qadar faqat Hindistonda faoliyat yuritdi.

Abbos I

XVIII asrga

500

1775 yilda Eronga Hindistondan ne'matullohiya tariqati vakili kim keladi va tariqatni qayta tiklaydi. Qaysi sulolaning qoʻllab-quvvatlashi natijasida bu tariqat yana Eronning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim oʻrin tuta boshladi?

Sayyid Ma'sum Ali Shoh Daqqoniy

Qajar

500

XIX asrda tariqat oʻz yaxlitligini toʻla saqlab qola olmadi nechta katta tarmoqlarga boʻlinib ketdi va ular qaysilar?

3ta Saodat Ali Shoh (Gunobodiy), Safi Ali Shoh va Munavvar Ali Shoh

500

Ne'matullohiylarda ikki bir-biriga qarama-qarshi qoʻyilgan oybolta (tabarzin) nimaning  ramzidir?

nafsga qarshi mujohada va dunyo lazzatlaridan tiyilish

500

Nima ruhiy jihatdan faqirlikning belgisi hisoblanadi?

Kashkul

M
e
n
u