Islom huquqida shartnoma tuzishda “ittihodi majlis” nimani anglatadi?
Ijob va qabul bir majlisda, bir vaqtda amalga oshirilishini anglatadi.
Hanafiy mazhabida oldi-sotdi ta’rifida nima uchun “narsa” so‘zi ishlatilgan?
Salam kabi shartnomalarni ham qamrab olish uchun.
Oldi-sotdi shartnomasida “mabi’” nima?
Sotilayotgan tovar.
“Saman” tushunchasi nimani bildiradi?
Sotuvchi va xaridor kelishgan bahoni.
“Qiymat” va “saman” o‘rtasidagi farq nima?
Qiymat-asl narx, saman esa kelishilgan sotuv bahosi.
Musovama savdosi qanday savdo turi?
Taraflar erkin kelishgan narxda amalga oshiriladigan savdo
Murobaha savdosining asosiy belgisi nima?
Tovar tannarxidan foyda qo‘shib sotiladi.
Tavliya savdosida tovar qanday sotiladi?
Tannarxida, foydasiz sotiladi.
Vazi’a savdosi nima?
Tovarni tannarxidan arzon sotish.
Sarf shartnomasi nimaga oid?
Pulni pulga almashtirishga oid.
Islom huquqida bitta shaxs qachon ikki taraf nomidan savdo qilishi mumkin?
Vasiylik yoki elchilik holatlarida.
Salam shartnomasi hozirgi huquq tizimida qaysi shartnomaga o‘xshaydi?
Mahsulot yetkazib berish shartnomasiga.
Salam shartnomasida xaridor qanday ataladi?
Rabbus-salam.
Shuf’a huquqida birinchi imtiyoz kimlarga beriladi?
Ajratilmagan mulkdagi sheriklarga.
Talabi-ishhod nima?
Guvohlar huzurida imtiyozli sotib olish talabini e’lon qilish.
Shuf’a huquqini amalga oshirish uchun shaxs birinchi navbatda nima qilishi kerak?
O‘z huquqidan foydalanish istagini zudlik bilan bildirish kerak.
Shirkatning yuzaga kelish sababi sifatida faqihlar nimani ko‘rsatgan?
Riboning oldini olishni.
Shirkati aqd nima asosida tuziladi?
Kapital va foyda bo‘yicha kelishuv asosida.
Shirkati a’molda sheriklar nimani sarmoya qiladi?
O‘z xizmat va mehnatini.
Shirkati vujuhda sheriklikning asosi nima?
Ishonch va kafillik.
Oldi-sotdi shartnomasining huquqiy shartlari nechta guruhga bo‘linadi?
4 guruhga bo‘linadi.
Oldi-sotdi shartnomasida “nafoz” nimani bildiradi?
Shartnomaning kuchga kirishini.
Shofe’iy mazhabi olimlari hadisdagi “ajralish”ni qanday talqin qilgan?
Jismonan ajralish deb talqin qilgan.
Shirkatul-milk qanday yo‘llar bilan vujudga keladi?
Sotib olish, hadya, meros yoki vasiyat orqali.
Xizmat sherikligining boshqa nomlari qaysilar?
Shirkat as-sanoi’, shirkat at-taqabbul va shirkat al-abdon.