Iste’molchilarni ketma-ket ulash deb qanday ulanishga aytiladi?
Iste’molchilar birin-ketin bitta yo‘l bo‘ylab ulanganda ketma-ket ulash deyiladi.
Ketma-ket ulangan zanjirda tok kuchi qanday taqsimlanadi?
Tok kuchi zanjirning barcha qismlarida bir xil bo‘ladi.
Ketma-ket ulashda umumiy kuchlanish qanday aniqlanadi?
Umumiy kuchlanish alohida qismlar kuchlanishlarining yig‘indisiga teng.
Ketma-ket ulashda umumiy qarshilik qanday topiladi?
Umumiy qarshilik barcha qarshiliklarning yig‘indisiga teng.
Nima uchun ketma-ket ulashda bitta lampochka uzilsa, qolganlari ham o‘chadi?
Chunki elektr zanjiri uziladi va tok o‘tmay qoladi.
Ketma-ket ulashda tok kuchining qiymati barcha qismlarda bir xil bo‘lishining sababi nima?
Elektr toki iste’molchilardan navbatma-navbat bir xil miqdorda o‘tadi.
R₁ = 4 Ω va R₂ = 6 Ω bo‘lsa, umumiy qarshilikni toping.
R=R_1+R_2=4+6=10Omega
U₁ = 5 V va U₂ = 7 V bo‘lsa, umumiy kuchlanishni toping.
U=U_1+U_2=5+7=12V
I=4A
I=4 A umumiy tok kuchi nechi?
I=Teng boladi