Urush oqibatlari
Germaniyaning bo‘linishi va tiklanishi
“Iqtisodiy moʻjizalar”
Siyosiy yetakchilar va tashqi siyosat
Zakovat
100

Germaniya qaysi yilda qayta birlashdi?

1990-yil 3-oktyabr.

100

Germaniya hududi urushdan keyin nechta okkupatsiya zonasiga bo‘lindi?

4 ta.

100

Germaniyada 1950–1960-yillardagi tez iqtisodiy o‘sish qanday nom bilan ataladi?

“Nemis iqtisodiy moʻjizasi”.

100

GFRning birinchi kansleri kim edi?

Konrad Adenauer.

100

Abdulla Avloniy tomonidan maktablarda hozirgacha amalda qoʻllanilayotgan yangiliklar kiritilgan. Masalan, sinfdan sinfga oʻtayotganda imtihonlar oʻtkazilishi, tabiiy fanlarning oʻtilishi va hokazo. Avloniy joriy etgan yana bir yangilik haligacha amalda. Bu yangilikning aniq oʻlchamlari bor. Pandemiya sharoitida esa bu oʻlchamlar ma’lum miqdorda oshirildi. Savol: Avloniy hozir maktablarda mavjud boʻlgan qaysi yangilikni ilk bora amalga kiritgan?

Darslar orasida tanaffus qilish.

200

Urush natijasida Germaniya qancha aholisi bilan ayrildi?

6,5 mln kishi.

200

1949-yil 7-sentyabrda tashkil topgan davlat nomi?

Germaniya Federativ Respublikasi (GFR).

200

“Marshall rejasi” GFR iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

Iqtisodiy tiklanishni tezlashtirdi.

200

GFR qaysi yilda NATOga a’zo bo‘ldi?

1955-yilda.

200

Xitoy xalq maqoliga ko‘ra, kattalar bilan suhbatda kichiklar ikki marotaba kattalarning ko‘zlariga tik qarashlari mumkin ekan. Savol: Qaysi ikki holatda?

Ko‘rishganda va xayrlashganda.

300

Italiya Ikkinchi jahon urushida taxminan nechta odamdan ayrildi?

330 mingga yaqin kishi.

300

GFRning dastlabki poytaxti qaysi shahar bo‘lgan?

Bonn.

300

“Nemis iqtisodiy moʻjizasi”ning tan olingan “otasi” kim?

Lyudvig Erhard.

300

GFRning xalqaro maydonga qaytishida qaysi shartnoma muhim rol o‘ynadi?

Parij ahdnomasining kuchga kirishi.

300

Uning an’anaviy matnida qadimgi yunon panteonining xudolari eslab o‘tiladi va bu yahudiylikka ziddir. Isroilda din davlatdan ajratilmaganligi sababli, mamlakatdagi universitetlarda Undan foydalanilmaydi. Savol: Uni atoqli ot qatnashgan ikki so‘zda yozib bering.

Gippokrat qasamyodi

400

Germaniya hududida urushdan keyin qaysi yirik shaharlar vayronaga aylangan edi?

Gamburg, Drezden, Berlin, Myunxen, Nyurnberg, Rur havzasi shaharlari.

400

1949-yil 7-oktyabrda tashkil topgan Germaniya davlati nomi?

Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR).

400

Italiyada 1950-yillar oxiridagi jadal rivojlanish qanday nom oldi?

“Italiya iqtisodiy moʻjizasi”.

400
Italiya qaysi yilda NATOga a’zo bo‘ldi?



1949-yilda.

400

Ushbu toponim nomining kelib chiqishi 1681-yilda Anushaxon tomonidan qurilgan Shohobod kanali bilan bog‘lanadi. Keyinchalik nomning Xorazm shevasida aytilishi natijasida hozirgi ko’rinishga keladi. Savol: Toponim nomini unlilari bir xil bo‘lgan so‘zda yozib bering.

Shovot.

500

Urushdan keyin Italiya qanday hududiy yo‘qotishlarga uchradi?

Barcha mustamlakalaridan ayrildi.

500

Germaniyaning ikki davlatga bo‘lingan davri necha yil davom etdi?

40 yil.

500

Italiyada iqtisodiy moʻjizadan qaysi hudud ko‘proq foyda ko‘rdi?

Shimoliy hududlar.

500

Italiyada Yevropa iqtisodiy hamjamiyatini tuzish haqidagi Rim shartnomasi qaysi yilda imzolandi?

1957-yilda.

500

Qadim Xitoyda va yaponiyada paydo bo‘lgan ro‘zg‘or buyumi - “hogo” va “sibatini” IKSning eng dastlabkilari deyishimiz mumkin. Afsonaga ko‘ra esa IKSni Rossiyaga Pyotr I gollandlardan olib kelgan. Bir multfilmda ikki do‘st yam-yashil o‘rmon ortidagi tepalikka g‘aroyib sayohatga chiqqanida o‘zlari bilan tebranma stul va IKSni olib ketishadi. Savol: IKS qaysi uy ro‘zg‘or buyumi?

Samovar.

M
e
n
u