Mamlakatlar o‘rtasidagi tovar, xizmat, kapital va texnologiyalar almashinuviga asoslangan iqtisodiy tizim nima deyiladi?
Jahon iqtisodiyoti
Mamlakatda ishlab chiqarilgan yakuniy tovar va xizmatlarning bozor qiymatini ifodalovchi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich nima?
Yalpi ichki mahsulot — YaIM.
Mamlakatlar iqtisodiyotlarining tobora o‘zaro bog‘lanib borishi qanday jarayon?
Globallashuv.
Mamlakatning boshqa davlatlarga tovar va xizmat sotishi nima deyiladi?
Eksport
Butun insoniyatga yoki ko‘plab mamlakatlarga ta’sir qiladigan muammolar qanday ataladi?
Global muammolar.
Jahon iqtisodiyotining asosiy ishtirokchilaridan 3 tasini ayting
Davlatlar, transmilliy korporatsiyalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar.
YaIMning aholi jon boshiga hisoblangan ko‘rsatkichi nima uchun ishlatiladi?
Aholining o‘rtacha iqtisodiy darajasini taqqoslash uchun.
Kapitalning bir mamlakatdan boshqa mamlakatga investitsiya sifatida kirib borishi nima deyiladi?
Xorijiy investitsiya.
Mamlakatning boshqa davlatlardan tovar va xizmat sotib olishi nima deyiladi?
Import
Iqlim o‘zgarishi global muammolarning qaysi guruhiga kiradi?
Ekologik muammolar.
Bir mamlakat iqtisodiyotidagi o‘zgarishlarning boshqa mamlakatlarga ta’sir ko‘rsatishining asosiy sababi nima?
Mamlakatlar iqtisodiyotlarining o‘zaro bog‘liqligi.
Iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish o‘rtasidagi asosiy farq nimada?
Iqtisodiy o‘sish asosan ishlab chiqarish hajmining oshishini, iqtisodiy rivojlanish esa iqtisodiyot va jamiyatdagi kengroq sifat va tarkibiy o‘zgarishlarni anglatadi.
Bir nechta mamlakatlarda faoliyat yurituvchi yirik kompaniyalar qanday ataladi?
Transmilliy korporatsiyalar (TMK).
Eksport importdan ko‘p bo‘lsa, savdo balansida qanday holat yuzaga keladi?
Savdo profitsiti.
Dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi daromad va rivojlanish darajasidagi katta farq nima deb ataladi?
Global iqtisodiy tengsizlik.
Ishlab chiqarish jarayonining turli bosqichlari bir nechta mamlakatlarga taqsimlanishi qanday ataladi?
Global qiymat zanjiri
Insonlarning ta’lim, sog‘liqni saqlash va munosib turmush darajasini hisobga oladigan xalqaro indeks nima?
Inson taraqqiyoti indeksi — ITI (HDI).
Globallashuvning iqtisodiy jihatdan ikkita asosiy imkoniyatini ayting.
Xalqaro bozorlarning kengayishi va investitsiya hamda texnologiyalar oqimining kuchayishi.
Mamlakatning ayrim mahsulotlarni boshqalarga qaraganda nisbatan past imkoniyat xarajati bilan ishlab chiqarishi qanday nazariya bilan bog‘liq?
Nisbiy ustunlik nazariyasi.
Bir mamlakatdagi moliyaviy inqirozning boshqa mamlakatlarga ham tarqalishi nimani ko‘rsatadi?
Jahon iqtisodiyotining o‘zaro bog‘liqligini.
Jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy zamonaviy drayverlardan kamida 5 tasini sanang.
Texnologik taraqqiyot, raqamlashtirish, xalqaro savdo, investitsiyalar, demografik o‘zgarishlar, innovatsiyalar, resurslar va energetika
Nima sababdan faqat YaIMga qarab mamlakatning rivojlanish darajasiga to‘liq baho berib bo‘lmaydi?
Chunki YaIM daromadlar taqsimoti, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya va hayot sifatini to‘liq aks ettirmaydi.
Globallashuvning mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri nima sababdan bir xil bo‘lmasligi mumkin?
Mamlakatlarning iqtisodiy salohiyati, texnologik rivojlanishi, mehnat resurslari, institutsional muhiti va jahon bozoridagi o‘rniga bog‘liq.
Import qilinadigan mahsulotlarga davlat tomonidan qo‘yiladigan boj qanday ataladi?
Bojxona tarifi
Global iqtisodiy rivojlanishga bir vaqtning o‘zida ta’sir qiluvchi 4 ta zamonaviy xavfni sanang
Geosiyosiy ziddiyatlar, iqlim o‘zgarishi, moliyaviy inqirozlar, pandemiyalar, ta’minot zanjirlarining uzilishi, energetik xavfsizlik muammolari.