Me'yoriy hujjatlar
Mixed
Atamalar
Atamalar
100

Qaysi me'yoriy hujjat ijrosini ta'minlash maqsadida “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM tasdiqlandi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.01.2022 yildagi 18-son

100

ERI nima?

Elektron raqamli imzo

100

Buyurtmachi deganda kimni tushunasiz?

 — auksion yoki tanlov obyektini sotish (ijaraga berish) bo‘yicha savdo platformasida auksion yoki tanlovni tashkil etish va o‘tkazib berish haqida buyurtma yuborgan jismoniy yoki yuridik shaxs

100

"Tanlov g'olibi"ga izoh bering.

 — tanlov hujjatlari mezoni va shartlariga muvofiq eng yaxshi taklifni taqdim etgan ishtirokchi

200

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6313-son Farmoni qachon qabul qilingan?

2021-yil 14-sentabrda

200

Auksion yoki tanlovda qatnashish uchun talabgorning arizasi xabarnoma joylashtirilgandan boshlab auksion yoki tanlov o‘tkazilishi belgilangan kunda soat nechaga qadar savdo platformasi orqali avtomatik tarzda qabul qilinadi?

Soat 9-00 ga (GMT+5) qadar

200

Auksion qadamiga bog‘lanmagan narx nima?

— auksion obyekti to‘g‘risida xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab ishtirokchi tomonidan obyektni sotib olish (ijaraga olish) bo‘yicha auksion qadamiga bog‘lanmagan (belgilangan auksion qadami miqdoridan kam bo‘lmagan) holda taklif etilgan narx

200

DAILY DOUBLE.... Lot nima?

— buyurtmachi tomonidan auksion yoki tanlovda sotish (ijaraga berish) uchun savdoga qo‘yilgan obyekt 


300

“Elektron onlayn-auksionni o‘tkazish tartibini soddalashtirish, uning shaffofligini oshirish hamda ishtirokchilar huquqlarining ishonchli himoyasini kafolatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5197-son Qarori qachon qabul qilingan?

2021-yil 24-iyulda

300
Bonus: Omadli kun(mi)?

+ 300 ball

300

Tender va tanlovlarni o'tkazishda "operator" kim yoki nima?

— savdo platformasida auksion va tanlovni tashkil etish hamda o‘tkazish vakolati berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi

300

"Savdo platformasida lot qiymati to‘liq to‘lanishi talab etilmaydigan auksion (tanlov) obyektlari" ga izoh bering

— qonunchilik hujjatlariga muvofiq obyekt qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lash mexanizmi orqali va/yoki auksion (tanlov) g‘olibi va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan to‘lanishi belgilangan auksion (tanlov) obyektlari 

400

Buyurtmachi yoki talabgor sifatida savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qanday ma’lumotlar ko‘rsatishi shart?

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, zakalatni qaytarish uchun bank hisobvarag‘i rekvizitlari (yoki bank plastik kartasi ma’lumotlari), bog‘lanish uchun ma’lumotlar (yashash manzili, shu jumladan, elektron pochta manzili, mobil telefon raqami)

400

Auksion yoki tanlovni belgilangan vaqtda tashkil etish; auksion yoki tanlovning inson omili aralashuvisiz dasturiy ta’minot vositasida o‘tkazilishini ta’minlash; dasturiy mahsulotlar, kompyuter texnikalari, server qurilmalari, kommunikatsiya uskunalarining sifatli ishlashini ta’minlash kabi vazifalrni kim yoki qaysi tashkilot bajaradi?

Operator

400

BONUS!

-200ball 

400

Lotga oid axborot va xabarnomaning farqi nimada?

Lotga oid axborot - auksion yoki tanlov obyekti bo‘yicha buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlar, xabarnoma esa — savdo platformasida muayyan lot bo‘yicha auksion yoki tanlov o‘tkazilishi haqidagi axborot

500

Foyda yoki zarar?

Ikkala guruh ballari o'zaro almashtiriladi)

500

Operator tanlovni tashkil etish va o‘tkazish xizmatlari uchun quyidagi holatlarda qancha xizmat haqi oladi?

a) tanlov takliflarini baholashda asosiy mezon sifatida investitsiya, ijtimoiy va shunga o‘xshash boshqa majburiyatlar nazarda tutilgan hollarda;

b) tanlov takliflarini baholashda asosiy mezon sifatida sotilish narxi nazarda tutilgan hollarda.

a)  BHMning 5 baravari;

b) sotilgan narxining 1 foizi miqdorda.

500

Quyidagi atamalarga ta'rif bering: 

- Boshlang‘ich narx

- Balansda saqlovchi 

- Auksion qadamiga bog‘lanmagan narx

Boshlang‘ich narx — auksion yoki tanlov obyektini savdoga qo‘yishda buyurtmachi tomonidan yoki ushbu Nizomda keltirilgan tartibga asosan belgilangan narx;

Balansda saqlovchi — sotiladigan (ijaraga beriladigan) auksion (tanlov) obyekti biriktirilgan yuridik shaxs; 

Auksion qadamiga bog‘lanmagan narx — auksion obyekti to‘g‘risida xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab ishtirokchi tomonidan obyektni sotib olish (ijaraga olish) bo‘yicha auksion qadamiga bog‘lanmagan (belgilangan auksion qadami miqdoridan kam bo‘lmagan) holda taklif etilgan narx;  

500

Quyidagi atamalar ma'nosini bilasizmi? 

- Obyektning baholangan qiymati

- Takroriy auksion yoki tanlov 

- Auksionning salohiyatli g‘olibi

Obyektning baholangan qiymati — auksion obyektini baholash haqidagi hisobotda (baholash talab etilmaydigan holatlardan tashqari) yoki davlat ijrochisining mol-mulkni baholash to‘g‘risidagi qarorida yoxud sud qarorida ko‘rsatilgan qiymat;

Takroriy auksion yoki tanlov — auksion yoki tanlov o‘tkazilmagan deb topilgan hamda natijalari bekor qilinganda, qaytadan o‘tkaziladigan auksion yoki tanlov;  

Auksionning salohiyatli g‘olibi — auksion g‘olibidan bir qadam past narx taklifini tasdiqlagan ishtirokchi

M
e
n
u