Hadis tarkibiy qismda nechiga bo’linadi?
2 ga matn va sanad
Sanad so’zining ma’nosi?
soʻzi matnga olib boruvchi yoʻl haqidagi xabar boʻlib, u arab tilidagi “سند” oʻzagidan olingan
Isnod nima?
“Isnod” esa, hadisni aytuvchisiga koʻtarish, bogʻlashga nisbatan ishlatilib, muhaddislar uni “sanad” soʻzi bilan bir maʼnoda qoʻllaydilar.
Matn lug’atda?
arab. mustahkam; matn) – hadisning tarkibiy qismi.
Shia yo‘nalishi vakillariga koʻra, “ilm ar-rijol”ga oid dastlabki kitob?
Ubaydulloh ibn Abu Rofeʼning“تسمية من شهد مع أمير المؤمنين الجمل وصفين والنهروان من الصحابة” (Amir al-moʻminin bilan Jamal, Siffin va Nahruvon janglarida birga jang qilgan sahobiylarningismlari) asari
Sanad lug’aviy jihatdan 2 manoni bildiradi 1- si nima?
togʻ yonbagʻridan koʻtarilib, tepalikka chiquvchi yoʻl maʼnosini bildirib, ushbu ma’noda hadisni isnodi bilan aytuvchi kishi, yaʼni “musnid” uni aytuvchisiga koʻtaradi.
Sanadning 2- lug’aviy ma’nosi?
Ikkinchisi, “suyanchiq” maʼnosini bildirib, ushbu ma’noda muhaddislar hadisning ishonchliligi yoki zaifligi masalasida hukm chiqarishda “sanad”gasuyanadi.
Matn istelohda?
Istilohda hadisning sanadi nihoyasidan boshlangan, yaʼni maʼnolardan tashkil topgan qismi. Boshqacha aytganda, hadisning lafzlari yoxud sanadning tugagan joyidan boshlangan Paygʻambar (s.a.v.) yoki boshqalar (sahoba, tobein, muhaddis, faqih)ning soʻzi “matn” hisoblanadi
Muhazram ?
johiliyat davrida yashagan, Rasululloh (s.a.v.) davrida islomga kirgan boʻlsa-da, u zot bilan uchrashmagan kishilar
Jaloliddin Suyutiyga koʻra esa, “ilm ar-rijol”da birinchi boʻlib kim kitob yozgan ?
Shuba ibn Hajjoj
Hadis ilmida “isnod”ga alohida eʼtibor qaratilishiga dalil?
Ibn Abbos orqali yetib kelganrivoyatda Rasululloh (s.a.v.):“Sizlar (mening soʻzlarimni) eshitasizlar. Sizlardan ham eshitiladi. Sizlardan eshitganlardan ham eshitiladi” deyilgan.
Isnod dindandir. Agar isnod boʻlmaganda har kim xohlagan narsasini gapiraverardi” deb kim aytganlar?
Imom Muslim Muhammad ibn Sirin va Abdulloh ibn Muborak
Ushbu ilm dindandir. Sizlar diningizni kimdan olayotganingizga boqing” deb isnodning ahamiyatini taʼkidlagan kim ?
Ibn Sirin
Biz va qavm orasida ishonchli vakil (qozi) bor”deb kim aytgan?
Ibn Muborak
Isnod moʻminning silohidir. Agar silohi boʻlmasa, qaysi qurol bilan jangga kiradi” deb aytgan kim?
Sufyon Savriy
Shubaning sanad borasidagi fikri?
Tarkibida “haddasana” va “axbarona” soʻzlari boʻlmagan har bir hadis sahroda noʻxtasiz tuyasi bilan qolgan kishi misolidir” deydi.
“Menga yetib kelishicha, Alloh taolo ushbu ummatni boshqalariga berilmagan 3 narsa bilan xosladi: isnod, ansob va eʼrob” deb kim rivoyat qilgan
Xatib Bagʻdodiy Abu Bakr Muhammad ibn Ahmaddan qilgan rivoyati
Alloh taolo Odam (a.s.)ni yaratgandan beri biror ummatda ushbu ummatda boʻlgan narsa, yaʼni paygʻambarlarning asarlarini saqlovchi omonatdor kishilar boʻlmagan” deb kim aytgan?
Abu Hotim Roziy
Sanadlarni oʻrganish ilmining shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini ayting?
sahobalar davri, isnod amaliyotining kengayib borishi (sahobalardan keyin to 2 hijriy asr oʻrtalarigacha) hamda “ilm ar-rijol”ning shakllanish bosqichiga boʻlib oʻrganish mumkin.
jarh va taʼdil” ilmi asoschilari?
Hokim Naysoburiy Abu Bakr, Umar ibn Xattob, Ali ibn Abu Tolib va Zayd ibn Sobit
Isnodni tanqidiy o’rgangan olim?
Tobeinlardan Muhammad ibn Sirin
Ilm ar-rijolga oid asarlar?
Lays ibn Saʼdning (vaf. 175/791-92y.)ning “at-Tarix”, Abdulloh ibn Muborakning (vaf. 181/797 y.)ning “at-Tarix”
Biz sizlarga Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qilgan hadislarning barchasini ham u zotdan eshitmaganmiz. Ularning baʼzilarini asʼhoblarimizdan eshitganmiz. Albatta biz yolgʻon gapirmaymiz” – deb kim aytgan?
Baro ibn Ozib
Roviylar toʻgʻrisida yozilgan asarlar qanday turlarga boʻlinadi?
1. Sahobalar toʻgʻrisidagi kitoblar.
2. Tabaqot janridagi asarlar.
3. Hadis roviylari toʻgʻrisidagi umumiy asarlar.
4. Hadis toʻplamlari roviylariga bagʻishlangan asarlar.
5. Ishonchli roviylar toʻgʻrisidagi asarlar.
6. Zaif roviylar toʻgʻrisidagi asarlar.
7. Maʼlum bir yurt roviylariga bagʻishlangan asarlar.
Sahobalar toʻgʻrisidagi kitoblarga misol ?
Ibn Abdulbarning “al-Istiob fi maʼrifa al-asʼhob”, Ibn Asirning “Usd al-gʻoba fi maʼrifa as-sahoba”, Hofiz ibn Hajar Asqaloniyning “al-Isoba fi tamiz as-sahoba” asarlari mashhur.