Yelkasi bor, boshi yo‘q,
Oyog‘i bor, qo‘li yo‘q.
Stul
Bir kishi olmalarni 500 so’mdan sotib olib, ularni 300 so’mdan sotardi. Bir muncha vaqt o’tgach, u kishi millionerga aylandi. Buning sababi nimada?
U odam dastavval milliarder bo’lgan.
Ucha olmaydigan qush qaysi?
Pingvin
Qaysi so’z har doim xato bo’lib eshitiladi?
Xato so’zi.
Ko‘pchilik mamlakatlarda “ikkinchi non” deb ataladigan o‘simlik
Kartoshka
O‘zi pillaga o‘xshar,
Ichi tillaga o‘xshar.
yeryong'oq
Uni chap qo’l bilan ushlasa bo’ladi, lekin o’ng qo’l bilan hech qachon ushlab bo’lmaydi?
O’ng qo’lning tirsagi.
Qaysi o‘simlik «oltin olma’ deyiladi
Pomidor.
100 so’m pulingiz bor. 100 ta hayvon olishingiz kerak. Mol – 10 so’m, qo’y – 3 so’m, xo’roz – 50 tiyin. Qaysi hayvonlardan nechtadan olasiz?
Mol 5 ta, qo’y bitta, xo’roz 94 ta.
Uning balandligi ham, eni va bo’yi ham yo’q, lekin uni o’lchasa bo’ladi. U nima?
Harorat va vaqt
Uch sayyoh bor olamda, yurar biri o'ngga ikkinchisi chapga, uchinchisi tepadan pastga, u nima
yozuv
U juda qiyinchilik chog’ida dunyoga keladi. Yoshlik chog’idayoq uydan chiqib ketadi. Tirik qolish uchun qo’shiq aytib kun ko’radi va o’z konserti vaqtida joniga qasd qilishadi. Ushbu qahramon va qotilni toping.
Tulki va bo’g’irsoq.
Undan qancha olsangiz, shuncha kattalashib boraveradi. U nima?
Chuqur.
Qaysi kasb egalari qo'liga ikkita soat taqadi
Futbol xakami
Qaysi davlatni bayrog'ida zarang bargini rasmi bor
Kanada
Oz qo‘ysangiz: «Sol»—deydi,
Ko‘p qo‘ysangiz: «Ol!»— deydi.
Tarozi
Yo’llari bor, yurib bo’lmaydi,
Yerlari bor – ekib bo’lmaydi,
yam-yashil o’tloq bor – yulishni iloji yo’q,
Dengiz, daryo ko’llari bor, ammo suvi yo’q.
Bu nima?
Xarita
U savol emas, lekin unga javob berish kerak.
Qo’ng’iroq yoki eshik jiringlashi
Hamma narsani ko’rayotganingizda uni ko’ra olmaysiz, hech narsani ko’rmaganingizda esa uni ko’ra olasiz. U nima?
Qorong’ulik.
Men suvman va suv yuzida suzib yuribman. Men kimman?
muz
Uradi o‘rog‘i yo‘q,
Yig‘adi tirnog‘i yo‘q.
Doni bo‘lar qop-qop,
Yanchadi, to‘qmog‘i yo‘q.
Kombayn
Haydovchi yuk mashinasini haydab ketayotgan edi. Mashinaning yoritgichlari (faralari) o’chgan, osmonda oy ham ko’rinmasdi. Shu vaqt yo’lni bir ayol kesib o’ta boshladi, lekin haydovchi u ayolni uzoqdan ko’ra oldi. Haydovchining bunday muvaffaqqiyati nimaga bog’liq edi?
Chunki o’sha vaqt kunduzi edi.
Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo agar biz yil bo’yi butun dunyodagi ularning yurgan “yo’li”ni hisoblab chiqsak, ular avtomobil va samolyotlar bosgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bu “mashina” nima ekanligini toping.
soat
Bu narsa insonga 2 marta beriladi. Uchinchisida sotib olinadi.
Tish
Bir spоrt mutаxаssisi u spоrt turini rоyаl chаlishgа o’xshаtаdi. Rоyаldаgi bir xil rаngdаgi klаvishlаrni bоsаversаngiz оvоzlаr xunuklаshib, tezdа jоngа tegib qоlаdi. Men hаm u spоrt bilаn ko’p shug’ullаnа оlmаymаn. Zerikаmаn. Bu spоrt mutаxаssisi tа’riflаyоtgаn spоrt turini tоping?
Bu spоrt turi muxlislаri xаfа bo’lishmаsin. Antоn Neyshtаt degаn shаxmаt mutаxаssisigа shаshkа o’yini yоqmаs ekаn. Dоimо оq yo’ldаn yuruvchi spоrt turi bu – shаshkа edi.