Johiliyat davri qachon va qayerlarda avj olgan edi?
VII asrning boshlarida, Arabiston yarimorolida.
Johiliyat davrida nima madaniyat belgisi hisoblangan?
Yozuv
Qaysi arablarda yozuv ancha kech rivojlangan?
Badaviy arablarda
Yamanliklar yozuvi nomi nima edi?
Xattul Musnad al-himariy.
Himariy yozuvi Yamandan keyingi davlati qayer bo'ldi va yozuv nomi nima edi?
Iroqqa yetib borib,nomi esa "Xattul-Jazm" bo'lgan.
Qaysi arablar yozuvdan foydalanish sha'nlariga dog' deb bilar edi ?
Badaviy arablar.
Makkada necha kishi yozishni bilar edi va ayollardan 2 ta va erkaklardan 3 ta misol ayting?
17 nafar inson yoza olar edi. Ayollardan : Hafsa bintu Umar, Ummu Kulsum. Erkaklardan: Umar ibn Xattob, Ali ibn Abu Tolin, Usmon ibn Affon.
Madinada yozishni kimlar bilar edi?
Sa'd ibn Uboda, Ubay ibn Ka'b, Zayd ibn Sobit.
Sahobalar Payg'ambar s.a.v dan necha o'rinda hadisni o'rgangan va sanang?
3 xil o'rinda. 1.Og'zaki bayon etishi. 2.Biror ish qilishlari. 3.Biror ishni ma'qullashlari.
Qur'oni Karim ilk nozil boʻlish davrida yozuv qurollari keng tarqalmaganligi bois, oyat va suralarni kotiblar nimalarga yozishgan?
Mato parchalari, suyaklar, xurmo po'stlog'i va silliq toshlarga.
Paygʻambar s.a.v tomonidan turli o'lkalarga yuborilgan xat hadis sifatida tan olinadimi yoki yo'q?
Ha. Albatta.
Risolat davrining oxirlarida kotiblar soni qancha edi?
40 tadan oshgan.
"Rasululloh yozishdan qaytardilar" va "Rasululloh yozishga buyurdilar" ushbu ikki gapni tushuntirib bering?
1-gap Abu Said Xudriydan rivoyat qilingan.
2-gap Abu Hurayradan rivoyat qilingan. Davr jihatdan 2-gap 1-gapdan keyin aytilgan.
Nega hadislarni yozish man etilgan?
Qur'on oyatlari nozil bo'lib turgan davr bo'lib, oyat va hadis aralashib ketmasligi uchun.
Abu Hurayradan rivoyat qilinishicha "Rasululloh s.a.v as'hobi orasida mendan ko'p hadis biladigani yo'q, faqat.... bundan mustasnodir, chunki u yozib borardi, men esa yozmasdim" Nuqta o'rnida kim edi?
Abdulloh ibn Amr
Paygʻambar s.a.v haftaning qaysi kunlari masjidda dars berar edilar?
Dushanba va payshanba.
"Qanday xotin qilasan, emikdosh singling deb senga aytibdi-ku axir!? " ushbu voqelikni qisqacha aytib bering.
Uqba ibn Hars sahoba Abu Ibohning qiziga uylanadi...
Makka va Madina o'rtasida qancha masofa bor edi, yo'l qurilishlari natijasida hozir qancha masofa bor?
500 km edi. Hozir esa 450 km.
Oisha r.a ning ansoriya ayollarga bergan ta'rifini ayting?
"Ansorlarning ayollari qanday yaxshi, din ilmini o'rganishda ular hayo qilib o'tirmaydilar"
Islom dinining markazi qayer edi va qanday ammallar joriy bo'ldi?
Madina islom dinining markazi edi. Sunnat amallar joriy bo'ldi.
Hudaybiya sulhi haqida qisqacha ayting?
Hijratning 6-yili (627-y) madinaliklar va makkaliklar o'rtasida tuzilgan sulh.
Madinadan Arabiston yarim orolidagi musulmonlarga nimalarni o'rgatganlar?
Avval Qur'on va sunnatni , so'ng hadislarni tarqalishiga sabab boʻlganlar.
Payg'ambar a.s kimni Yamanga yuboryotganlarida nechta farz qilingan amallarni aytishini buyuradi va qaysi amallar?
Muoz ibn Jabal. •Iymon •Namoz •Ro'za • Haj •Zakot.
Payg'ambar s.a.v hijratning 8-9-yillarida necha jangda g'olib bo'lganlar va ular qaysilar?
3 ta jang : Makka fathi, Hunayn va Tabuk janglari.
Elchilar yili qachon va nega bunday nom olgan?
Hijratning 9-yili (mil.630). Ular islom haqidagi bilimlarni va dinni birinchi manba, ya'ni "Payg'ambardan qabul qilish"xohladilar.