Hindlar oʻz dinlarini qanday nomlashadi?
Sanatana Dxarma
Hinduiylik Hindiston aholisining necha foizi eʼtiqod qiladi?
83 foizi
Klassik hinduiylik davri necha bosqichga boʻlinadi? Va ularni sanang!
Besh bosqichga:Vedalar davri, sutralar davri, dostonlar davri, puranalar davri va soʻngi darsana davri
Ilk hinduiylikning asosiy oqimlari qaysilar?
Vishnuizm, Shivaizm, Smartizm, Shaktizm
Vayshnavizmda izdoshlar kimlarga sigʻinadilar?
Vishnu hamda uning avatarlari (asosan Krishna va Rama)ga
Mahakalaga sigʻinuvchi toifa kunda necha marta ibodat qilishadi?
Uch marta
Mahakalaning asosiy ibodatxonasi (ziyoratgohi) qayerda joylashgan?
Ujjayinda
Hindiuylikning butun Hind yarimoroliga tarqalib, asosiy ustun din boʻlgani sababidan "oltin davr" deb atalgan davr qaysi?
Puranalar davri
Shivaiylar ulugʻlaydigan boshqa ma’budlar kimlar?
Ganesha va Karttikeyya
Vayshnavizmga hinduiylar umumiy sonining necha foizi e’tiqod qiladi?
70 foizga yaqini
Insonning “oʻzini sevish va samimiyat bilan Tangriga bagʻishlashi” hisoblangan "Bhakti" harakati kim tomonidan ishlab chiqilgan?
Ramanuja
Oʻrta hinduiylik davri qaysi asrlarni qamrab olgan?
X-XVIII asrlar
Shivaizm yo‘nalishi nechta oqimga bo‘lingan? Ularni sanab bering!
6 oqimga:Pashupata-shivaizm, Shayva-siddxanta, Kashmir shivaizmi, Siddxa siddxanta, Shayva-advayta, Kapalika-Agxori.
Shivaizmning asosi hisoblangan ta’limot nima?
Bxakti (sadoqat, Xudoga muhabbat)
Vayshnavizmda ilohiyot an’analari qanday nomlanadi?
Sampradaya
Zamonaviy hinduiylik davrida Ram Mohan Roy (1772-1833) tomonidan boshlangan islohotchi harakat nomi nima?
“Brahma Samaj” harakati
Xalqaro Krishnani Anglash Jamiyatining (ISKCON) asoschisi kimning taxallusi bilan mashhur?
A.Ch.Bxaktivedanta Svami
Gaudiya Vayshnavizm falsafasi va ilohiyoti asosan qaysi muqaddas hind matnlariga asoslanadi?
Bhagavad Gita va Bhagavata Purana
Krishnaitlarning asosiy ruhiy amaliyoti nima?
Kirtan – mantralarni, ayniqsa Xare Krishna mantrasini birgalikda aytish
ISKCON SSSRda rasmiy diniy tashkilot sifatida tan olinib, qonuniylashtirilgan yil qaysi?
1988-yilda
Bxaktivedanta Svami G‘arbga qanday maqsadda jo‘nab ketgan?
“Hindistonning muqaddas hikmatini G‘arbning unumdor tuprog‘iga ko‘chirib o‘tkazish maqsadida”
ISKCONda muqaddas hisoblangan A.Ch.Bxaktivedantaning asarlari qaysilar?
«Bxagavad-gita», «Shrimad-Bxagavatam»
ISKCON ta’limotida "shayton" tushunchasi oʻrnida qaysi tushunchalar ishlatiladi?
Moddiy energiya – «mayya», iblis va jinlar haqidagi tushunchalar
Krishnaitlar yaqin vaqt ichida Yer qaysi oxirgi davrni boshidan kechirib, kimning qiyofasida kelishi (avatara) amalga oshadi, deb sanaydilar?
Kali-yuga; Kalkaning
Hinduiylik panteonidagi boshqa xudolar va o‘zga din payg‘ambarlari krishnaitlarga koʻra kim hisoblanadi?
Yarim xudo va Krishnaning xizmatkorlari