1) Soʻz yasalishi nima?
Javob: muayyan tilda mavjud boʻlgan usullar, namuna va qoliplar asosida maʼlum vositalar yordamida yangi soʻz hosil qilish
6) Sinxron yasalish nima?
Javob: Sinxron yasalish (yoki sinxronik soʻz yasalishi) — bu soʻz yasalishi tizimini tilning hozirgi taraqqiyot bosqichida, maʼlum bir muayyan vaqt kesimida oʻrganuvchi tilshunoslik boʻlimidir.U "sinxroniya" (grekcha syn – "birga" va chronos – "vaqt") tushunchasiga asoslanadi. Oddiy aytganda, bugungi kun kishisi tildagi soʻzlarning qaysi biri yasama, qaysi biri tub ekanini qanday his qilsa, sinxron yasalish aynan oʻsha holatni tekshiradi. Bunda soʻzning tarixi yoki oʻtmishda qanday boʻlganiga mutlaqo qaralmaydi.
Dunyodagi eng katta qit’a qaysi?
Javob: Osiyo.
2) Eng koʻp yasama soʻzlar qanday hosil boʻladi?
Javob: asosan affikslar yordamida
7) Diaxron va sinxron yasalishga bittadan misol keltiring...
Javob:Qishloq- Bugungi kunda bir butun turdosh ot. Tarixiy (diaxron) tomondan esa qish (fasl) soʻziga oʻrin-joy bildiruvchi -loq qoʻshimchasi qoʻshilib, "qishda yashaladigan joy" maʼnosida yasalgan.
Sinxronga esa. Tadbirkor → tadbir (asos) + -kor (qoʻshimcha)Guldor → gul (asos) + -dor (qoʻshimcha
Instagram qachon ishga tushirilgan?
Javob: 2010-yil.
3) Tashkilotchilik soʻzini oʻzak va qoʻshimchalarga ajrating...
Javob: Tashkilot+chi+lik
Tashkilot-oʻzak
-chi. Soʻz yasovchi affiks
- lik soʻz yasovchi affiks
8) Derivatsiya va relatsiyani farqini tushuntirib bering...
Javob: Derivatsiya yangi soʻz yasalishi masalan ish+chi= ishchi
Realtsiya soʻzning boshqa soʻzlar bilan grammatik munosabatini bildiradi masalan yana ish soʻziga toʻxtalsak ish+ga| ishga ketdi keyingi soʻzga bogʻlash uchun xizmat qilmoqda
WWW qisqartmasi nimani anglatadi?
Javob: World Wide Web.
4) Kompozitsion usuldagi yasalgan soʻzga 5 ta misol keltiring!
Javob: mehnat+sevar
Mehmon+doʻst
Bel+ kurak
Sher+yurak
Qoʻl+qop
10) Talabalarimiz universitetda yangi loyihalar ustida ishladilar.
Gap tarkibidagi soʻzlarda relatsion vazifa bajargan affikslarni aniqlang
Javob: talaba+lar+imiz
Universitet+da
Loyiha+lar
Usti+da
Oyga birinchi bo‘lib qadam qo‘ygan inson kim?
Javob: Neil Armstrong.
5) Diaxron yasalish nima?
Javob:Diaxron yasalish (yoki diaxronik soʻz yasalishi) — bu soʻz yasalishi tizimining tarixiy taraqqiyot jarayonida oʻzgarishi, rivojlanishi va shakllanishini oʻrganuvchi tilshunoslik boʻlimidir.U "diaxroniya" (grekcha dia – "orqali" va chronos – "vaqt") tushunchasiga asoslanadi va tildagi soʻz yasovchi qoʻshimchalar hamda usullarning vaqtlar oʻtishi bilan qanday oʻzgarganini tadqiq qiladi.
9) Yoshlar orasida tadbirkorlik faoliyatiga qiziqish tobora ortib bormoqda.
Savol: Gapdagi qaysi so‘z derivatsion affiks yordamida yasalgan?
A) yoshlar
B) orasida
C) tadbirkorlik
D) ortib
Javob: C) tadbirkorlik
tadbirkor + lik → yangi so‘z hosil bo‘lgan.
Dunyodagi eng kichik davlat qaysi va uning maydoni taxminan qancha?
Javob: Vatikan shahri — taxminan 0,49 km².