Inson qalbining chuqurroq bilish kuchi nimada?
Intellekt
Ijodiy Tafakkur bu- yangicha, noodatiy, original g‘oyalarni topish va mavjud muammolarni kreativ yechish qobiliyati. Rost yoki yolg'on?
Rost
Hayvonlar savollarga javob bera oladilar. Bu nima? Rost yoki Yolg'on
Yolg'on
Bizda ikkita aql bor. Rost yoki yolg'on?
Yolg'on, faqatgina 1ta
Intellektning o'lchov birligi nima?
IQ
Xohishning yana bir nomi nima?
Intellektual yoki ratsional iroda
O'z-o'zini anglash nima?
O‘z-o‘zini anglash — bu insonning o‘zini shaxs sifatida tanishi, o‘z fikri, hissiyoti, harakati, qadri, kuchli va zaif jihatlari haqida ongli tushunchaga ega bo‘lish jarayonidir.
Passiv intellekt nima?
Passiv intellekt — bu tayyor bilimlarni shunchaki qabul qilish, yodlash va takrorlash bilan cheklanadigan intellekt shakli.
Intellektning asl obyekti nima?
Biror narsaning mohiyati
Tafakkur shakllarini ayting.
Mantiqiy tafakkur, obrazli tafakkur, intuitiv tafakkur, ijodiy tafakkur
Abstraktlashtirish nimani anglatadi?
Ahamiyatsiz tasodifiy hodisalarni aqliy jihatdan ajratish.
Foma Akvinskiy faol intellektni nimaga o'xshatadi?
Doim porlab turadigan nur.
Faol intellekt nima?
Inson aqlining doimo faollashib boradigan va mohiyatni xayoldan ajratib olish kuchiga ega bo'lgan jihati
Intellekt qanday turlarga bo‘linadi?
Emotsional intellekt, ijtimoiy intellekt, mantiqiy-intellektual qobiliyatlar, ijodiy intellekt.
Bizning xohishimiz unga taqdim etilgan narsalardan hech qachon qoniqadimi?
Yo'q, inson xohishlari hech qachon tugamaydi
Kamera ko‘rganini yozadi, lekin uning ma’nosini anglamaydi. Bu o'xshatishni qaysi intellekt turiga qiyoslash mumkin?
Passiv intellekt. Chunki, passiv intellekt ham ma’lumotni oladi, lekin ma’nosini chuqur tahlil qilmaydi.
Passiv va Aktiv Intellekt Xayol bilan qanday ishlaydi?
Aktiv intellekt mohiyatni xayoldan ajratib oladi, keyin esa bu mohiyatni o'qiydigan va tushunadigan passiv intellektni ishga tushiradi. Keyin passiv intellekt tushuncha yoki g'oyani ishlab chiqaradi.
Tafakkur jarayonida uch bosqich qaysilar?
Tahlil (ajratish), sintez (birlashtirish), umumlashtirish (xulosa chiqarish).
Intellekt salohiyatmi yoki jarayon?
Salohiyat
Aktiv Intellekt nima?
Aktiv intellekt — bu insonning aql-idroki faol ishlaydigan, ma’lumotni izlab topadigan, tahlil qiladigan, va mustaqil xulosa chiqaradigan intellekt shaklidir.