Prezident so'zining lug'aviy ma'nosi nima?
Lot. Oldinda o'tiruvchi, OLdinda turuvchi
Jarima deb nimaga aytiladi?
Huquqbuzarlik sodir etgan shaxsdan davlat daromadiga qonunda belgilangan miqdorda pul undirish
Oʻzbekiston respublikasi Konstitutsiyasiga koʻra eng oliy qadriyat bu?
Insonning hayoti shaʼni va qadri? (13-modda)
Nikoh qaysi davlat organi tomonidan roʻyhatdan oʻtkaziladi?
FHDYO
Kimlar Fuqarolik huquqiy munosabatllarning subyektlari hisoblanadi?
Fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat
Prezident qachondan boshlab o'z lavozimiga kirishgan hisoblanadi ?
Oliy majlis yig'ilishida qasamyod qabul qilgan paytdan boshlab
Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan sud tomonidan tayinlanadigan huquqiy taʼsir chorasi nima deb ataladi?
Jazo
Konstitutsiyaga ko‘ra, davlat hokimiyati tizimi uch tarmoqqa bo‘linadi. Bular qaysilar?
Nima qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati (11-modda)
Nikohni bekor qilishni necha xil tartibi bor va qaysilar?
FHDYO va SUD tartibi
Umumiy mulk deb nimaga aytiladi?
Ikki va undan ortiq shaxsning
egaligidagi mol-mulk
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan qanday hujjatlar chiqaradi?
farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Aybning shakllari nechta va qaysilar?
2 ta Qasd va ehtiyotsizlik
Nima qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati (11-modda)
50-modda
Aliment turlari nechta va qaysilar?
4ta
1. Voyaga yetmagan bolalarga ota ona tomonidan toʻlanadigan
2. Er-xotin bir biriga toʻlaydigan
3. Yaqin qarindoshlari va boshqa shaxslarning alimenti
4. Farzandlar tomonidan Ota onalariga toʻlanadigan
Fuqarolik huquq va burchlarining vujudga kelishi, o‘zgartirilishi va bekor bo‘lishi haqidagi kelishuv nima deb ataladi
Shartnoma
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti oʻz vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda qancha muddat ichida qonunga to‘liq muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkaziladi.
3 oy
Sud tomonidan mahkumga nisbatan uy joyini u yoki bu sabab bilan butunlay tark etishini taqiqlashdaniborat jazo qanday ataladi?
Ozodlikni cheklash
Soʻz, fikr va eʼtiqod erkinligi qanday huquqlar tarkibiga kiradi?
Shaxsiy huquqlar
Tibbiy koʻrikdan oʻtish hajmi va tartibi qaysi organ tomonidan belgilanadi
Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasi
Shartnoma buzilganda bir tomon ikkinchisidan to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha pul summasi qanday ataladi?
Neustoyka (penya, jarima).
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati qaysi holatda tarqatib yuborilishi mumkin emas.
Favqulodda holat amal qilishi davrida
: Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi kimlarga nisbatan qoʻllanilmaydi?
Ayollarga, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga, oltmish yoshdan oshgan erkaklarga
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosati konstitutsiyaning qaysi moddalarda belgilangan?
17-18moddasida.
Alimentni to‘lash ota-onaning o‘zaro kelishuvi bilan ixtiyoriy to‘lanishi mumkin. Bunda ushbu kelishuv kim tomonidan tasdiqlanadi
Notarius
Mualliflik huquqi deb nimaga aytiladi?
fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish va ulardan foydalanishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soladigan fuqarolik huquqi me’yorlari majmuasi.