A
B
C
D
E
100

 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va  qonun normalariga rasmiy sharhini kim beradi?

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi

100

Huquq normalarini sharhlash nechaga bo‘linadi va qaysilar?

2 ga: rasmiy va norasmiy

100

 Huquq normalarini sharhlashda oddiy sharhlashga tushuncha bering.

Javob: Maxsus huquqiy bilimga ega bo‘lmagan har qanday shaxs tomonidan huquqni anglash va tushunish.

100

Bonus🎉

 +100 ball

100

Huquq normasi bu - ?


Javob: Davlat tomonidan o‘rnatiladi yoki ma’qullanadi, muayyan shaklda ifodalanib ijtimoiy munosabatni tartibga solishga qaratilgan - umummajburiy xulq-atvor

200

Malakali (professional) sharhlash kimlar tomonidan amalga oshiriladi?

Javob: Amaliyotchi yuristlar, advokatlar, prokuror, sudya va boshqalar.

200

Ilmiy doktrinal sharhlash bu – ?

Javob: Huquq sohasidagi mutaxassislar, olimlar tomonidan amalga oshiriladi va ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan norasmiy sharhlash.

200

Huquq tushunchasiga ta’rif bering?

Javob: Huquq – bu davlat tomonidan belgilanadi, o‘rnatiladi hamda himoya qilinadi, kishilarning o‘zaro munosabatini tartibga soluvchi umummajburiy xulq-atvor qoidalari majmuidir.



200

Maxsus-yuridik usul bu?


Maxsus yuridik bilimlar asosida qo‘llanilgan yuridik terminlarning mazmunini tushuntirib beradi.

200

Huquq normalarini sharhlash qanday ko’rinishda bo’ladi?

Rasmiy sharhlash normativ va kazual ko’rinishda: Normativ sharhlash keng doiradagi shaxs va hodisalarga qaratiladi. Kazual sharhlash huquq normalarini subyektni qo‘llashdagi aniq bir ish uchun berilgan.

300

Obyektiv usul – ?

Javob: Sharhlashda mazmun va omillarga asoslanib qilinadigan sharhlash.

300

Huquq normalarini sharhlashda qanday turlarini bilasiz?





  • Autentik sharhlash – aktni chiqargan organ tomonidan amalga oshiriladi.
  • Legal sharhlash – vakolatli subyekt tomonidan beriladi.

300

Huquq normasini sharhlash usullarini sanab bering?

Javob: Grammatik, tizimli, mantiqiy, tarixiy, siyosiy, funksional, maxsus-yuridik.

300

Huquqni amalga oshirish bu - ?


Javob: Davlat tomonidan yuridik jihatdan mustahkamlangan va kafolatlangan imkoniyatning amalga oshirilishi bo‘lib huquq normalari kishilar va ularning tashkilotli faoliyatida hayotga tatbiq etilishidir.

300

Huquq normalarini hajmiga ko‘ra qanday sharhlanadi?

Javob: Literal, kengaytirib sharhlash, toraytirib sharhlash.

400

Grammatik sharhlashda "sharhlashning oltin qoidasi" va noaniq iboralar yuzaga kelganda qo'llaniladigan usullar qanday? (4)


Javob:

• Oltin qoida: Qonun moddasini sharhlash jarayonida hamma uchun tushunarli bo‘lgan adabiy tildan foydalanish lozim.  

• Noaniq iboralar: Agar qonun matnidagi ibora mazmuni aniq ifodalanmagan bo‘lsa, uni sharhlashda huquqshunoslik fani va amaliyotida keng qo‘llanilayotgan so‘zlardan foydalanish kerak.  

• Taqiqlar: Bir sohaga taalluqli iborani unga aloqador bo‘lmagan boshqa sohada ishlatish, shuningdek, turli iboralarni asossiz ravishda bir ma’noda qo‘llash taqiqlanadi.  

• Ortiqcha ibora: Qonunning biror-bir so‘zini ortiqcha ibora sifatida talqin qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

400

Huquq normasi - asosiy belgilarini sanab bering?


Javob:

1. Irodaviy xarakterga egaligi;

2. Normativligi;

3. Davlat bilan o‘zaro bog‘liqligi;

4. Umummajburiyligi;

5. Rasmiy va shaklan aniqligi;

6. Tizimliligi.

400

Teleologik sharhlashning o‘ziga xos xususiyati nimada?

Uning asosiy xususiyati shundaki, barcha bilimlar va usullar normaning bevosita so‘zma-so‘z ifodasidan ko‘ra, ko‘proq uning ijtimoiy maqsadi (missiyasi) bilan bog‘lanadi.


400

Normativ-huquqiy hujjatlardagi ziddiyatlarni (kolliziyalarni) aniqlash va bartaraf etishda "Tizimli (sistemali) sharhlash" usuli qanday mexanizmlarga tayanadi? (4)


 •Ierarxiya qoidasi: Agar turli organlar tomonidan chiqarilgan normalar o‘rtasida qarama-qarshilik bo‘lsa, yuqori turuvchi organ qabul qilgan normaga asoslaniladi.  

• Vaqt qoidasi: Agar bir xil yuridik kuchga ega ikki norma zid bo‘lsa, vaqt bo‘yicha keyinroq qabul qilingan normaga amal qilinadi.  

• Ixtisoslashuv qoidasi: Maxsus qonun normalari mavjud bo‘lganda, umumiy qonun normalari qo‘llanilmasdan, aynan maxsus normalar ustuvor hisoblanadi (chunki maxsus normalar umumiy normalarning harakat doirasini cheklaydi).  

• Aloqadorlikni aniqlash: Sharhlanayotgan normaning huquq tizimidagi (soha, institut) o‘rni va uning tegishli kodekslarning "Umumiy qismi" bilan bog‘liqligi hisobga olinadi. 


400

Huquq normasini belgilaridan davlat bilan o‘zaro bog‘liqligi haqida nima tushunasiz?


Javob: Davlat tomonidan o‘rnatiladi, ma’qullanadi, o‘zgartiriladi yoki bekor qilinadi. Davlat jamiyat hayoti turli yo‘nalishidagi faoliyati huquq normasi bilan chegaralanadi.

500

Yangi qabul qilingan qonun hujjatida "Kam ta'minlangan, ko'p bolali oilalarga moddiy yordam berilsin" degan jumla keltirilgan. Biroq, amaliyotda ushbu yordamni faqat ham kam ta'minlangan, ham ko'p bolali bo'lgan oilalarga berish kerakmi yoki bu ikki toifadan biriga mansub oilalarga ham beriladimi degan tushunmovchilik yuzaga keldi. 


Javob:

Bu vaziyatda grammatik (filologik) sharhlash usuli qo'llanilishi lozim. Matndagi vergul belgisi bu yerda sanab o'tish (uyushiq bo'laklar) vazifasini bajaradi. Binobarin, grammatik sharh natijasiga ko'ra, imtiyoz ham kam ta'minlangan oilalarga, ham (alohida toifa sifatida) ko'p bolali oilalarga taalluqli deb hisoblanadi. Chunki vergul ushbu subyektlar doirasini kengaytiruvchi ma'no beradi. 

500

Sud majlisi davomida taraflardan biri "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 136-moddasida faqat sudyalar mustaqil deb yozilgan, demak bu qoida xalq maslahatchilariga taalluqli emas" degan vajni ilgari surdi.


Javob:

Bu yerda kengaytirilgan sharhlash usulidan foydalaniladi. Qonun chiqaruvchi idora "sudya" iborasi orqali nafaqat professional sudyalarni, balki odil sudlovni amalga oshirishda bevosita ishtirok etayotgan xalq maslahatchilarini ham nazarda tutgan. Shuning uchun, garchi matnda "xalq maslahatchisi" so'zi bo'lmasa-da, normaning mantiqiy ma'nosi ularning ham mustaqilligini kafolatlaydi. 

500

Fuqaro o'zining ijara shartnomasini bekor qilmoqchi. Fuqarolik kodeksining umumiy qismida (382-modda) shartnomani bekor qilishning umumiy asoslari berilgan, lekin ijara bo'limida (615-modda) maxsus tartib ko'rsatilgan. Qaysi moddaga tayanib ish ko'rilishi kerak?


Javob:

Bu vaziyatda tizimli (sistemali) sharhlash qoidalari qo'llaniladi. Tizimli sharhlashning maxsus qoidasiga ko'ra, agar umumiy va maxsus normalar o'rtasida aloqadorlik bo'lsa, maxsus norma umumiy normaning harakatini cheklaydi va ustuvor hisoblanadi. Demak, ijara shartnomasi masalasi aynan Fuqarolik kodeksining 615-moddasi (maxsus norma) bilan hal etilishi lozim. 

500

Konstitutsiyaning 36-moddasida "O'zbekiston Respublikasi fuqarolari jamiyat va  davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega" deb yozilgan. 16 yoshli maktab o'quvchisi ushbu normaga tayanib, saylovda ovoz berish huquqini talab qildi.


Javob:

Ushbu vaziyatda cheklangan sharhlash usuli qo'llaniladi. Garchi normada umumiy qilib "fuqarolar" deb yozilgan bo'lsa-da, uning mantiqiy ma'nosi faqat voyaga yetgan va muomala layoqatiga ega bo'lgan shaxslarni nazarda tutadi. Ruhiy kasal shaxslar yoki voyaga yetmaganlar ushbu subyektlar doirasiga kirmasligi sababli, normaning so'zda ifodalangan ma'nosi mantiqiy mazmuni asosida cheklanadi. 

500

Vazirlik o'z sohasiga oid qonun normasini sharhlab, tushuntirish xati chiqardi. Biroq, bir guruh fuqarolar ushbu sharh Konstitutsiyaga zid ekanligini aytib, yakuniy va majburiy sharh berishni so'rashmoqda. O'zbekistonda bunday vakolatli yagona organ qaysi?


Javob:

Bu vaziyatda gap legal (ruxsat berilgan) normativ sharhlash haqida bormoqda. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 133-moddasiga binoan, Konstitutsiya va qonun normalariga rasmiy sharh beradigan yagona organ — Konstitutsiyaviy sud hisoblanadi. Uning bergan sharhi legal normativ xarakterga ega bo'lib, barcha davlat organlari va fuqarolar uchun umummajburiydir. 

M
e
n
u