Huquqqiy normalar o'z ifodasini yopadigan rasmit shakillar nima deb ataladi
Huquq shakillari
O‘zbekiston Respublikasining eng yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan asosiy qonuni nima
Konstitutsiya
Odilqoriyev talqiniga ko‘ra, davlat tomonidan sanksiyalangan (ruxsat berilgan) va majburiy kuchga ega bo‘lgan tarixiy xulq-atvor qoidasi nima?
Huquqiy odat
Ikki yoki undan ortiq subyektlarning o'zaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi irodaviy kelishuvi nima?
Normativ shartnoma
Musulmon huquqining (Shariatning) asosi bo‘lgan muqaddas kitob?
Qur’oni Karim
Davlat tomonidan qabul qilingan va eng yuqori yuridik kuchga ega bo'lgan huquq shakillari qaysi
Normativ-huquqiy hujjat
Davlat rahbari (Prezident) tomonidan qabul qilinadigan va qonunosti hujjati hisoblangan hujjat tur
Farmon yoki Qaror
Sud yoki ma’muriy organlarning aniq bir ish bo‘yicha chiqargan qarori keyinchalik shunga o‘xshash ishlar uchun majburiy qoida bo‘lib xizmat qilishi nima deyiladi?
Sud pretsedenti
Huquqiy doktrina deganda nima tushuniladi?
Mashhur huquqshunos olimlarning huquqiy qarashlari, nazariyalari va sharhlar
Muhammad Payg‘ambarning (s.a.v.) sunnatlari bayon etilgan manba?
Hadislar
Tarixan huquqning eng birinchi shakli qaysi bo'lgan
Huquqiy odat
Muayyan bir sohani tartibga soluvchi, tizimlashtirilgan yagona qonun hujjati qanday nomlanadi
kodeks
Huquqiy odatning oddiy odatdan farqi nimada?
Uning davlat tomonidan tan olinganligi va davlat majburlov kuchi bilan ta'minlanganligida
Normativ shartnomaning oddiy fuqarolik-huquqiy shartnomadan asosiy farqi nimada?
Normativ shartnoma subyektlarning keng doirasi uchun majburiy bo'lgan umumiy xulq-atvor qoidalarini o'z ichiga oladi
Islom huquqshunosligida o'xshashlik bo'yicha hukm chiqarish nima deyiladi?
Qiyos
Davlat tomonidan tan olingan, rasmiy hujjatlarda mustahkamlangan va majburiy xarakterga ega bo‘lgan qoidalar majmuasi nima deb ataladi
Huquq normalari
Huquq shakli sifatida NHHlarning boshqa manbalardan (masalan, odatdan) farqli ravishda "legitimligi" va "rasmiylashtirilganligi" qanday huquqiy texnika vositalari orqali ta'minlanad
Vakolatli organ tomonidan qabul qilinishi, maxsus rekvizitlarga egaligi (nomer, sana) va rasmiy e'lon qilinishi (promulgatsiya) orqali
Nima uchun O‘zbekiston huquq tizimida sud pretsedenti rasman huquqning mustaqil manbai (shakli) sifatida tan olinmaydi?
Chunki O‘zbekiston Romano-german huquq oilasiga kiradi, bu tizimda sudlar norma yaratmaydi, balki mavjud normani qo‘llaydi
Huquqiy doktrina qaysi tarixiy davrda va qaysi huquqiy tizimda eng kuchli huquq manbai rolini o‘ynagan?
Qadimgi Rimda – beshta eng mashhur yuristning fikri qonun kuchi bilan tenglashtirilgan
"Ijmo" tushunchasiga Odilqoriyev qanday ta’rif beradi?
Bir davrda yashagan eng nufuzli islom huquqshunoslarining biror masala bo'yicha yakdil (bir xil) fikri
uquqning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy omillar yig‘indisi huquqning qanday manbalari deyiladi
Huquqning moddiy manbalari
Odilqoriyev talqiniga ko'ra, normativ-huquqiy hujjatlarning vaqt bo'yicha amal qilishi bilan bog'liq bo'lgan va huquqiy barqarorlikni ta'minlovchi qaysi oltin qoida mavjud va uning yagona istisnosi nima deb ataladi?
"Qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas" (Lex retro non agit). Ya'ni, hujjat kuchga kirgunga qadar sodir bo'lgan munosabatlarga nisbatan qo'llanilmaydi.
Istisnosi: Agar yangi qabul qilingan hujjatda javobgarlikni engillashtirish yoki bekor qilish to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatilgan bo'lsa, u orqaga qaytish kuchiga ega bo'ladi
Odilqoriyev darsligida "Yuridik pretsedent" tushunchasining qanday ikki turi farqlanadi va ularning bir-biridan farqi nimada?
Sud pretsedenti va Ma’muriy pretsedent. Sud pretsedenti sud organlari qarori, ma’muriy pretsedent esa ijro etuvchi davlat organlari qarorlaridir
Odilqoriyev bo‘yicha, zamonaviy O‘zbekiston huquq tizimida "Huquqiy doktrina" bevosita huquq shakli bo‘lmasa-da, qaysi jarayonda hal qiluvchi ahamiyatga ega?
Huquq ijodkorligi (qonun loyihalarini tayyorlashda) va huquqni qo‘llash amaliyotini (sud sharhlarini) ilmiy asoslashda
Shariat huquqiy tizimida "Fikh" tushunchasi huquqning shakli sifatida qanday rol o'ynaydi va u Ilohiy vahiydan nima bilan farq qiladi?
Fikh – bu huquqshunoslik fani bo'lib, ilohiy manbalarni inson ongi orqali tushunish va tizimlashtirishdir. U vahiydan farqli o'laroq, ijtihod natijasida o'zgarishi mumkin