NPV qisqartmasi nimani anglatadi?
Net Present Value — sof joriy qiymat
IRR qisqartmasi nimani anglatadi?
Internal Rate of Return — ichki daromadlilik stavkasi.
Oddiy foiz bo‘yicha 10 mln so‘m 1 yilga 12% stavkada qo‘yilsa, foiz daromadi qancha bo‘ladi?
10 mln × 12% = 1,2 mln so‘m.
“Jurassic Park” filmida qanday qadimgi hayvonlar paydo bo‘ladi?
Dinozavrlar.
Dunyodagi eng chuqur okean botig‘i qaysi?
Mariana botig‘i
Agar NPV > 0 bo‘lsa, bu nimani anglatadi?
Loyiha talab etilgan daromadlilik darajasidan yuqori qiymat yaratadi va odatda qabul qilish tavsiya etiladi
IRR investitsiya loyihasini baholashda nima uchun ishlatiladi?
Loyihaning daromadlilik darajasini baholash uchun.
Likvidlik nima?
Aktivni tez va katta qiymat yo‘qotishisiz pulga aylantirish imkoniyati.
“King of Pop” (Pop qiroli) laqabi bilan mashhur qo‘shiqchi kim?
Maykl Jekson.
Coca-Cola ichimligi dastlab qayerda sotilgan?
Dorixonalarda
Boshlang‘ich investitsiya 100 mln so‘m, kelajakdagi pul oqimlarining joriy qiymati 130 mln so‘m. NPV qancha?
NPV = 130 − 100 = 30 mln so‘m.
IRR qanday shart bajarilganda NPV ni nolga tenglashtiradi?
Diskont stavkasi IRR ga teng bo‘lganda NPV = 0 bo‘ladi.
Diversifikatsiya nima va u nima uchun kerak?
Javob: Mablag‘larni turli aktivlarga taqsimlash orqali investitsiya xavfini kamaytirish usuli.
“My Heart Will Go On” qo‘shig‘i qaysi mashhur film bilan bog‘liq?
Titanic.
Qaysi sayyora Quyosh tizimidagi eng issiq sayyora hisoblanadi?
Venera
Diskont stavkasi oshsa, boshqa shartlar o‘zgarmaganda NPV odatda qanday o‘zgaradi?
NPV kamayadi, chunki kelajakdagi pul oqimlarining joriy qiymati pasayadi.
Agar IRR talab etilgan daromadlilik stavkasidan past bo‘lsa, qanday qaror qabul qilinadi?
Boshqa omillar o‘zgarmasa, loyiha odatda rad etiladi.
Korxonaning ROE ko‘rsatkichi 20%, sof foydasi 600 mln so‘m. O‘rtacha xususiy kapital qancha?
ROE = Sof foyda / Xususiy kapital. Xususiy kapital = 600 / 0,20 = 3 mlrd so‘m.
“Forrest Gump” filmida bosh qahramon rolini kim ijro etgan?
Tom Hanks.
Qaysi davlat LEGO o‘yinchoqlarining vatani hisoblanadi?
Daniya
Ikki loyiha mustaqil va bir xil xavf sharoitida: A loyihaning NPV qiymati 50 mln, B loyihaniki 80 mln so‘m. Qaysi loyiha ko‘proq qiymat yaratadi?
B loyihasi, chunki uning NPV qiymati 80 mln so‘m va A loyihasidan 30 mln so‘m yuqori.
Investitsiya 100 mln so‘m, bir yildan keyin olinadigan pul 120 mln so‘m. IRR qancha?
100 = 120/(1 + IRR). Shundan IRR = 20%.
Riskdan xoli daromad 5%, bozor daromadi 13%, beta koeffitsiyenti 1,5. CAPM bo‘yicha aksiyaning kutilayotgan daromadi qancha?
CAPM = 5% + 1,5 × (13% − 5%) = 17%.
“Ratatouille” multfilmida kalamush laqabi nima?
REMY
“Alkimyogar” romanini kim yozgan?
Paulo Koelo