Sezgi deb nimaga aytiladi?
Narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini sezgi organlari orqali aks ettirishga aytiladi.
Idrokning nechta asosiy xususiyati mavjud?
Asosiy xususiyatlari beshta: predmetlilik, yaxlitlik, konstantlik, strukturalilik va anglanganlik. Tanlovchanlik ham muhim xususiyat hisoblanadi.
Idrokning asosiy turlaridan biri bo‘lgan ko‘rish idroki nima?
Narsa va hodisalarni ko‘z orqali qabul qilish jarayoni.
Illyuziya nima?
Borliqdagi real predmet yoki hodisalarni noto‘g‘ri, buzilgan holda idrok etish.
Obraz nima????
Narsa yoki hodisaning inson ongida aks etgan tasviridir.
Idrok nima?
Borliqdagi narsa va hodisalarni yaxlit holda aks ettirish jarayoni.
Predmetlilik nima?
Idrokning predmet va hodisalarni tashqi dunyodagi muayyan obyekt sifatida aks ettirishidir.
Vaqt idroki nimani anglatadi?
Voqea-hodisalarning davomiyligi, tezligi va ketma-ketligini aks ettirish.
Appersepsiya nima?
Idrokning inson tajribasi, bilimi, qiziqishi va dunyoqarashiga bog‘liqligi.
Mazmunli obraz deganda nimani tushunasiz?
Predmetning faqat tashqi ko‘rinishini emas, balki uning ma'nosi va mazmunini ham anglash orqali hosil bo‘lgan obraz.
Sezgi va idrokning asosiy farqi nimada?
Sezgi predmetning alohida xususiyatlarini, idrok esa predmetni yaxlit holda aks ettiradi.
Idrokning yaxlitligi deganda nima tushuniladi?
Predmetning alohida qismlarini emas, balki uni bir butun holda idrok etish.
Fazoni idrok qilishda nimalar hisobga olinadi?
Masofa, hajm, shakl, joylashuv va yo‘nalish.
Nima uchun bir xil hodisani ikki kishi turlicha idrok qilishi mumkin?
Chunki ularning hayotiy tajribasi, bilimi, kayfiyati va qiziqishlari turlicha.
Inson notanish predmetni ko‘rganda uni tanib olish uchun nimadan foydalanadi?
Oldingi bilimlari, xotirasi va hayotiy tajribasidan foydalanadi.
Idrok jarayonida qaysi sezgi organlari ishtirok etadi?
Ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilish va teri sezgilari bilan bog‘liq organlar.
Idrok konstantligi nima?
Predmetning sharoit o‘zgarsa ham, ayrim xususiyatlarini nisbatan o‘zgarmas holda idrok etish.
Harakat idroki nima?
Predmetlarning fazoda o‘z o‘rnini o‘zgartirishini aks ettirish.
Kuzatish va oddiy idrokning farqi nimada?
Kuzatish maqsadga yo‘naltirilgan, rejali va ongli idrok jarayonidir.
Nima uchun idrok jarayonida tafakkur muhim hisoblanadi?
Chunki tafakkur yordamida inson predmetlarning mohiyatini tushunadi, ularni tahlil qiladi va ma'nosini anglaydi.
Nima uchun idrokni oddiy sezgilar yig‘indisi deb bo‘lmaydi?
Chunki idrok sezgilarni birlashtiradi, ularni tahlil qiladi va predmet haqida yaxlit obraz hosil qiladi.
Idrokning tanlovchanligi qanday namoyon bo‘ladi?
Inson ko‘plab narsalar orasidan o‘ziga muhim yoki qiziqarli bo‘lgan obyektga diqqatini qaratadi.
Inson uzoqdan kelayotgan avtomobilning yaqinlashayotganini qanday idrok qiladi?
Harakat idroki orqali, ya'ni obyektning joylashuvi va masofasidagi o‘zgarishlarni sezish orqali.
Gallyutsinatsiya va illyuziyaning asosiy farqi nimada?
Illyuziyada real obyekt noto‘g‘ri idrok qilinadi, gallyutsinatsiyada esa real tashqi obyekt bo‘lmasa ham, idrok obrazi paydo bo‘ladi.
Talaba birinchi marta stetoskopni ko‘rdi. U uning shaklini ko‘rish bilan cheklanmay, bu shifokorlar bemorning yurak urishini eshitish uchun ishlatadigan asbob ekanini tushundi. Bu qanday jarayon?
Mazmunli idrok. Chunki talaba predmetning tashqi ko‘rinishi bilan birga uning vazifasi va ma'nosini ham anglaydi.