Qaysi narsa doimo oldinga yuradi, lekin hech qachon joyidan qimirlamaydi?
Soat (vaqt).
Ijtimoiy tarmoqlar nima?
Foydalanuvchilar muloqot qiladigan va kontent almashadigan platformalar.
Kontent nima?
Foydalanuvchiga taqdim etiladigan axborot yoki material.
Auditoriya deganda nimani tushunasiz?
Kontentni ko‘ruvchi va iste’mol qiluvchi odamlar.
Like va comment nimani ko‘rsatadi?
Auditoriya faolligini.
Qaysi savolga har doim “yo‘q” deb javob berish to‘g‘ri bo‘ladi?
“Sen uxlayapsanmi?”
Instagram va TikTokning asosiy farqi nimada?
Instagram vizual va brendga yo‘naltirilgan, TikTok esa qisqa va trend videolarga asoslangan.
Eng ko‘p ishlatiladigan kontent turlari qaysilar?
Axborot, ko‘ngilochar, ta’limiy, reklama, motivatsion.
Auditoriyani o‘rganishda birinchi qadam nima?
Yosh va qiziqishlarni aniqlash.
Reach nima?
Postni foydalanuvchilarga yetib borganligi
Bir ota va uning o‘g‘li yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Ota vafot etdi. Kasalxonada shifokor bolani ko‘rib:
“Bu mening o‘g‘lim”, — dedi. Bu qanday mumkin?
Shifokor bolaning onasi.
Qaysi platforma axborot va ta’lim uchun qulayroq?
Youtube va telegram
Kontent reja nima uchun kerak?
Tartib, izchillik va sifatni ta’minlash uchun.
Targeting nima?
Reklamani aniq auditoriyaga ko‘rsatish jarayoni.
Analytics nima uchun kerak?
Qaysi kontent samarali ekanini aniqlash uchun.
Agar 5 ta mushuk 5 daqiqada 5 ta sichqon tutsa, 100 ta mushuk 100 ta sichqonni necha daqiqada tutadi?
5 daqiqada.
Nima uchun LinkedIn hamma biznes uchun ham mos emas?
Chunki u professional auditoriyaga mo‘ljallangan.
Nima sababdan faqat reklama kontenti ishlamaydi?
Chunki auditoriya foyda va qiziqish izlaydi, reklama esa tez zeriktiradi.
Noto‘g‘ri targeting nimaga olib keladi?
Pul sarfi oshadi, natija past bo‘ladi.
Qaysi holatda strategiyani o‘zgartirish kerak?
Agar faollik va o‘sish bo‘lmasa.
Qaysi so‘z talaffuz qilinmasa ham noto‘g‘ri bo‘lib qoladi?
“Noto‘g‘ri”.
Bir biznes uchun platforma tanlashda qaysi 3 omil muhim?
Auditoriya, kontent turi, mavjud resurslar.
Ideal kontent balansini tushuntiring.
Foydali, ko‘ngilochar, interaktiv va reklama kontentlar muvozanatda bo‘lishi.
Qanday auditoriya strategiyasi uzoq muddatli muvaffaqiyat beradi?
Muammoga yechim beruvchi va ehtiyojga mos kontentga asoslangan strategiya.
Agar ijtimoiy tarmoqlarda muntazam kontent joylanayotgan bo‘lsa-yu, lekin statistik tahlil olib borilmasa, bu holat qanday strategik xatoga olib keladi?
Resurslar samarasiz sarflanadi, kuchli va kuchsiz kontent farqlanmaydi hamda rivojlanish yo‘nalishi aniqlanmaydi.