O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Erkin narx belgilash munosabati bilan aholini ijtimoiy himoya qilishga doir tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni qachon qabul qilingan?
1991-yil 29-dekabr
1992–1996-yillar mobaynida ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni oshirishga qaratilgan nechta Prezident farmoni va respublika hukumati qarori qabul qilingan?
10 dan ortiq Prezident farmoni va 5 ta hukumat qarori.
2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomada aholi turmush darajasini yaxshilash uchun qaysi ikki muhim vazifaga alohida e’tibor qaratildi?
Ishsizlikni kamaytirish va fuqarolar hamda ularning oilalari daromadlarini oshirish.
Mustaqillik yillarida aholining o‘rtacha umr ko‘rishi qanday oʻzgardi?
67 yoshdan 73 yoshga oshdi
O‘zbekistonda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlashga qaratilgan Prezident farmoni qachon qabul qilingan?
2018-yil 3-fevralda
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlaridan uchtasini ayting.
Kam daromadli oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va yetimlar
1994-yildan boshlab bola parvarishi uchun nafaqa olish muddati qanday o‘zgartirildi?
Ikki yilgacha uzaytirildi
2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomada ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun qanday yordam turlarini ko‘rsatish zarurligi ta’kidlangan?
Kasbiy tayyorgarlik, huquqiy va boshqa maslahatlar hamda ijtimoiy yordam.
1997-yildan boshlab sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan Davlat dasturi natijasida tizimning qaysi uchta yo‘nalishida o‘zgarishlar qilindi?
Tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi qayta ko‘rib chiqildi, qishloq sog‘liqni saqlashining birlamchi bo‘g‘ini isloh qilindi, onalik va bolalikni himoya qilish yaxshilandi
Davlat tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga ko‘mak berishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima?
Aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning turmush darajasini yaxshilash
1997-yil 1-yanvardan boshlab kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish va ularga nafaqa belgilash kimning zimmasiga yuklandi?
Mahallaning zimmasiga
1998-yilda kam ta’minlangan oilalarga ko‘rsatilgan moddiy yordamning o‘rtacha miqdori 1996-yilga nisbatan necha baravar oshdi?
5 baravar
Ishsiz fuqarolarni kasbga tayyorlash va ularga maslahatlar berishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima?
Fuqarolarning ish topish imkoniyatlarini oshirish va bandligini ta’minlash.
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish bilan birga, yana qaysi ijtimoiy infratuzilma yo‘nalishlarini rivojlantirishga e’tibor qaratildi?
Aholi bandligi, uy-joy bilan ta’minlash hamda transport-muhandislik va kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishga
O‘zbekistonda siyosiy partiyalarda xotin-qizlarning ulushi necha foizni tashkil etgan?
47%
1992–1994-yillarda aholining eng zarur mahsulotlarni arzon narxda xarid qilishi uchun davlat qanday yordam ko‘rsatgan?
Non, un, go‘sht, sut, shakar kabi mahsulotlar hamda ayrim xizmatlar uchun davlat dotatsiyalari qisman saqlab turilgan
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-dekabrdagi qaroriga muvofiq, 1993-yil 1-yanvardan qanday tizim joriy etildi?
Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi.
2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomada bandlik masalasi bilan bir qatorda fuqarolarning qaysi iqtisodiy ko‘rsatkichini oshirish vazifasi belgilangan?
Fuqarolar va ularning oilalarini daromadlarini oshirish
Sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish nima sababdan ijtimoiy taraqqiyotning muhim yoʻnalishi hisoblanadi?
Chunki aholi salomatligi va farovonligi jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bogʻliq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylangan 150 nafar deputatning necha nafari xotin-qizlar bo‘lgan?
48 nafar
1999-yildan boshlab mahalla o‘zini o‘zi boshqarish organlariga ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qanday muhim vazifalar topshirildi?
Ishlamaydigan onalarga bola 2 yoshga yetguniga qadar parvarish nafaqasini tayinlash va to‘lash, parvarishga muhtoj yolg‘iz pensionerlarni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash.
2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomada qanday tub o‘zgarish vazifasi belgilangan?
Pensiya va nafaqalarni tayinlash hamda toʻlash tartibini qayta koʻrib chiqish hamda pensiya tizimini tubdan yangilash
Nima sababdan aholi bandligini ta’minlash va ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy islohotlarning muhim yo‘nalishi hisoblanadi?
Ishsizlikni kamaytirish, fuqarolar va ularning oilalari daromadlarini oshirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash uchun
Mustaqillik yillarida bolalar o‘limi va onalar o‘limi ko‘rsatkichlari qanday o‘zgardi?
1990–1998-yillarda bolalar o‘limi 40 foizga, onalar o‘limi esa taxminan 3,5 baravarga kamaydi
2030-yilgacha gender tenglikka erishish strategiyasi doirasida saylovning barcha bosqichlarida xotin-qizlar va erkaklarning teng ishtirokini kuzatish uchun nechta indikator ishlab chiqilgan?
11 ta indikator