Asosiy Microsoft Office ilovalariga misollar keltiring?
Microsoft Word
Microsoft Excel
Microsoft Acess
Kompyuter grafikasining turlari qaysilar?
Rasterli, vektorli, Fraktal grafikalar
Dasturlash tili deganda nima tushuniladi?
Kompyuter bilan muloqot qilish uchun maxsus til
Elektron ta’lim resurslari nima?
Ta’lim jarayonini qo‘llab-quvvatlovchi raqamli materiallar
Kompyuterda fayllar tizimi nima uchun ishlatiladi?
Ma’lumotlarni saqlash va tartibga solish uchun
Microsoft Outlook vazifasi nima?
Vazifasi: elektron pochta va rejalashtirish tizimi.
Raster grafikasi nimalardan tashkil topgan?
Tasvir ko‘plab kichik nuqtalar — piksellardan tashkil topadi.
Python dasturlash tili asosan qaysi sohada keng qo‘llaniladi?
Veb-dasturlash va sun’iy intellekt
Moodle va Kahoot! dasturlari qaysi turga kiradi?
Interaktiv testlar va viktorinalar
Kompyuter tarmog‘ida “IP-manzil” nima vazifa bajaradi?
Qurilmalarga noyob identifikatsiya berish va ma’lumotlarni yo‘naltirish
Microsoft Excel vazifasi va imkoniyatlari qandey?
Vazifasi: jadvalda ma’lumotlarni kiritish, hisoblash va tahlil qilish.
Imkoniyatlari:
Formulalar va funksiyalar bilan hisob-kitob qilish (SUM, AVERAGE, IF va boshqalar);
Diagramma va grafikalar yaratish;
Rasterli va vektorli grafikaga qaysi dasturlar misol bo'ladi?
Adobe Photoshop, CorelDRAW
Python dasturlash tilida “#” belgisi nima uchun ishlatiladi?
Izoh (comment) yozish
Virtual laboratoriyalar nima uchun ishlatiladi?
Real laboratoriya tajribalarini xavfsiz raqamli muhitda o‘tkazish uchun
Kompyuterda ma’lumotlarni vaqtincha saqlaydigan qurilma bu —
Operativ xotira
Microsoft Office ilovalari qo‘llaniladigan sohalar qaysilar?
Ta’lim – dars materiallari, testlar, taqdimotlar tayyorlash.
Biznes – hisobot, ma’lumotlar tahlili, prezentatsiyalar.
Davlat idoralari – hujjat yuritish, ma’lumotlar bazasi.
Dizayn va media – nashriyot ishlari va reklama tayyorlash.
Kompyuter grafikasi afzalliklari nima?
✅ Tasvirlarni oson tahrirlash va saqlash
✅ Yuqori sifatli va aniq natijalar olish
✅ Ishni avtomatlashtirish imkoniyati
✅ Matn, rasm va effektlarni birlashtirish imkoniyati
“If” operatori dasturlashda nima uchun ishlatiladi?
Shart bajarilganda kod blokini bajarish uchun
Elektron darsliklar qanday formatlarda bo‘lishi mumkin?
PDF va EPUB
Operatsion tizimning asosiy vazifasi nima?
Dasturlarni boshqarish va resurslarni taqsimlash
Microsoft Office — bu Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ofis dasturlarining to‘plami bo‘lib, u qandey sohalarda qo'llaniladi.
U ish yuritish, hisob-kitob, taqdimot, tahlil, aloqa va ma’lumotlar bazasi
Kompyuter grafikasi sohalarda keng qo‘llaniladi:
Dizayn va san’at — logotip, banner, reklama yaratishda.
Kino va animatsiya — 3D effektlar, multfilmlar, filmlar.
O‘yinlar yaratishda — o‘yinlardagi tasvir va modellar.
Arxitektura va muhandislikda — loyiha chizmalari.
Ta’limda — dars materiallarini tasvirli ko‘rinishda tayyorlash.
HTML dasturlash tilida <h1> tegining vazifasi nima?
Birinchi darajali sarlavha yaratish
Elektron ta’lim resurslarining asosiy maqsadi nima?
Ta’lim jarayonini interaktiv va samarali qilish, bilim va ko‘nikmalarni oshirish
Bulutli texnologiya nima?
Ma’lumotlarni internet orqali saqlash va ulashish