Informatika fani haqida nimalar bilasiz
Ma'lumotlaringiz uchun raxmat
Operatsion tizim nima va unga misol keltiring
Bu kompyuter ishini boshqaradigan asosiy dastur. Misollar: Windows, Android, iOS, Linux.
Brauzer nima?
Internet sahifalarini ko‘rish uchun foydalaniladigan dastur. Masalan: Google Chrome, Mozilla Firefox, Safari.
Kompyuter o‘zi nima?
Kompyuter — bu bizga rasm chizishda, dars tayyorlashda, o‘yin o‘ynashda va multfilm ko‘rishda yordam beradigan aqlli qurilma.
Kompyuterda rasm chizish uchun qaysi dasturdan foydalanamiz?
Paint dasturidan. U yerda rangli qalamlar, mo‘yqalamlar va shakllar bor.
Kompyuterni asosiy qurilmalarini sanab bering
Monitor, Klaviatura, Tizimli blok, Sichqoncha
Doimiy xotira va Tezkor xotiraning farqi nimada?
Doimiy xotira (Hard disk/SSD): Ma’lumotlarni kompyuter o‘chsa ham saqlab qoladi (rasmlar, kinolar).
Tezkor xotira (RAM): Kompyuter ishlab turganda vaqtinchalik ma’lumotlarni saqlaydi, o‘chsa hamma narsa o‘chib ketadi.
Antivirus dasturi nima vazifani bajaradi?
Kompyuterni zararli viruslardan himoya qiladi va ularni o‘chirib tashlaydi.
Kompyuterning qismlarini nimalarga o‘xshatish mumkin?
Monitor
Klaviatura
Sichqoncha (Mishka)
Sistemali blok
Monitor: Bu kompyuterning "ko‘zi". Biz hamma narsani unda ko‘ramiz.
Klaviatura: Bu kompyuterning "qo‘llari". U orqali harflar va sonlarni yozamiz.
Sichqoncha (Mishka): Bu kompyuterning "ko‘rsatkich barmog‘i". U bilan kerakli narsani tanlaymiz.
Sistemali blok: Bu kompyuterning "qorni va yuragi". Hamma muhim qismlar uning ichida bo‘ladi.
Kompyuterda yozilgan matndagi xatoni qaysi tugma bilan o‘chiramiz?
Backspace (chapga qarab o‘chiradi) yoki Delete tugmasi bilan.
Informatika o‘zi nima?
Informatika — axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish usullarini o‘rganadigan fan.
"Papka" (Katalog) nima uchun kerak?
Fayllarni tartib bilan saqlash va guruhlash uchun.
Internet nima?
Butun dunyodagi kompyuterlarni o‘zaro bog‘lovchi global tarmoq.
"Fayl" nima?
Kompyuter ichidagi har bir narsa (bitta rasm, bitta qo‘shiq yoki bitta multfilm) — bu fayl.
Kompyuterni qanday qilib to‘g‘ri o‘chirish kerak?
To‘kdan uzib qo‘ymaslik kerak! Ekrandagi "Pusk" (Start) tugmasini bosib, keyin "Vikluchit" (Shut down) buyrug‘ini tanlash kerak.
Kompyuterning "miyasi" nima deb ataladi?
Protsessor (CPU). U barcha hisob-kitoblarni va buyruqlarni bajaradi.
Internetda kimlar bilan gaplashish xavfli?
O‘zimiz tanimagan begona kishilar bilan gaplashish xavfli. Bu haqda darrov ota-onamizga aytishimiz kerak.
Kompyuterda o‘tirganda qanday qoidaga amal qilish kerak?
Monitorga juda yaqin turmaslik kerak (kamida 50-60 sm uzoqlikda). Shunda ko‘zlarimiz og‘rimaydi.
"Papka" nima?
Papkani maktab sumkangizga o‘xshatish mumkin. Sumka ichiga kitob-daftarlaringizni solganingizdek, papka ichiga ham fayllarni tartib bilan solib qo‘yamiz.
Kompyuter sichqonchasining chap tugmasi nima uchun kerak?
Biror narsani tanlash yoki "OK" tugmasini bosish uchun. O‘ng tugmasi esa qo‘shimcha buyruqlar menyusini ochadi.
Axborotning eng kichik o‘lchov birligi nima?
Bit. Undan keyingi o‘lchov birligi esa Bayt (1 Bayt = 8 bit).
Dinamiklar (kolonkalar) nima uchun xizmat qiladi?
Kompyuterdagi tovushlarni, musiqalarni va multfilm qahramonlarining ovozini eshitishimiz uchun.
Kompyuter virusi nima?
Bu kompyuterni "kasal qiladigan" zararli dastur. Undan himoyalanish uchun Antivirus kerak.
Bonus
Bonus
Flashka (flesh-disk) nima uchun kerak?
Ma’lumotlarni (rasm, video, darslar) bir kompyuterdan boshqasiga olib o‘tish uchun. Bu kichkina "xotira cho‘ntagi".