Algoritm ma'nosi?
Ketma-ketlik
Printer kabi yordamchi qurilmalarni boshqaruvchi dasturlar?
Qurilma drayveri
Elektr tarmogʻidagi oʻzgaruvchan (AC) tokni doimiy (DC) elektr tokiga aylantiradi va uni boshqa komponentlarga yetkazuvchi qurilma.
Elektr taʼminoti
Ovozlarni tinglash, yozib olish va ijro qilish imkonini beruvchi qurilma.
Audio karta
CPU, RAM va boshqa qurilmalarga quvvat taqsimlovchi va ularning oʻzaro aloqasini taʼminlovchi plata qaysi?
Asosiy plata
Kundalik vazifalarni kompyuterda bajarish imkonini beruvchi dasturiy ta'minot?
Amaliy dasturiy ta’minot
Dasturlar va maʼlumotlarni saqlash uchun foydalaniladigan xotira turi. Kompyuter undan ma’lumotlarni oʻqishi va yozishi mumkin.
Qattiq disk
Asosiy plataga biriktirilgan; u joriy vaqtda foydalanilayotgan dasturlar va ishlayotgan hujjatlar saqlanadigan xotira hisoblanadi. Siz ayni vaqtda ushbu xotiradagi ma’lumotlardan foydalanayotgan boʻlasiz.
Tezkor xotira
Kiritish qurilmasi orqali kiritilgan maʼlumotlar asosida turli amallarni bajaradi.
Protsessor
CPUning funksiyalarini bajaradigan yagona integral sxemadir(chip). Mikroprotsessordan kir yuvish mashinalari, video pleyerlar va himoya signallari kabi jihozlarni boshqarish uchun foydalaniladi.
Mikroprotsessor qurilmasi
Qalam yoki stilus-qalamdan kirish maʼlumotlarini qabul qiluvchi juda katta sensorli ekranga oʻxshash qurilma. U raqamli yozuvni qabul qilish uchun harakatni aniqlash texnologiyasidan foydalanadigan qurilma.
Grafik planshet
Rasm yoki fotosuratga nur yuboradi va tasvir kompyuter tizimida saqlanishi uchun aks etgan nurni ifodalaydigan qurilma.
Skaner
Ichki qurilmalarga qaysi qurilmalar kiradi?
Video karta,Audio karta,Elektr taʼminot,Qattiq disk
Uchuvchi apparat boʻlib, robototexnika, aeronavtika va elektronika sohalari birlashuvi natijasida ishlaydi. U yerdan turib masofadan boshqarish tizimlari orqali boshqariladi; ularni hattoki smartfon yoki planshet bilan ham boshqarishingiz mumkin.
Dron
Kerakli natijalarni barabanga “chizish” uchun lazer nurlaridan foydalangan holda ishlaydigan qurilma.
Lazerli printerlar
Turli rangli siyohlar uchun bir necha naychalardan siyoh purkash orqali sahifaga ma’lumotni chop etadigan qurilma.
Purkagichli printer
Kompyuterni tahlil qilish, sozlash, optimallashtirish va unga xizmat koʻrsatish kabi vazifalarni bajara oladigan TDTning qismi.
Utilit
Sichqoncha bajaradigan vazifalardan tashqari boshqa vazifalarni ham bajara oladigan qurilma
Joystik
To‘r shaklida joylashtirilgan bir qator sensorlardan foydalangan holda suratga oladigan qurilma.
Raqamli kamera
Qanday disklarga ma’lumot yozib boʻlmaydi?
CD ROM va DVD ROM