Tovar va xizmatlar narxlarining umumiy darajasi oshishi nima deyiladi?
Inflatsiya
Insonning o'z boyligi va ijtimoiy mavqeini namoyish qilish maqsadida qimmatbaho tovarlarni iste'mol qilishi qanday ataladi?
Ko'rgazmali iste'mol
Italiyaning poytaxti qaysi shahar?
Rim
Davlatning asosiy daromad manbalaridan biri nima?
Soliqlar
Shartnoma tuzish, muzokara olib borish, axborot izlash va bitimlar bajarilishini nazorat qilish bilan bog‘liq xarajatlar nima deyiladi?
Tranzaksion xarajatlar
Italiyalik darvozabon. “Juventus” safida ko‘p yillar o‘ynagan, 2006-yilda Jahon chempioni bo‘lgan va faoliyati davomida dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri sanalgan. Kim?
Gianluigi Buffon
Talab o'zgarmagan holda taklif kamayib ketsa, narx odatda qanday o'zgaradi?
Oshadi
Mulk huquqlarini aniq belgilash, qonunan mustahkamlash va samarali himoya qilish nima deyiladi
Spesifikatsiya
Dunyoda eng past aholi zichligiga ega bo'lgan mustaqil davlat (kvadrat kilometrga eng kam odam to'g'ri keladigan) qaysi?
Mongoliya
Bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun boshqa mahsulotdan voz kechish qiymati iqtisodiyotda qanday ataladi?
Muqobil xarajat
Institutlarni “jamiyat o‘yin qoidalari” deb ta’riflagan iqtisodchi kim?
Douglass North
Yaponiya pul birligi?
Iyena (yen)
Agar yillik inflyatsiya darajasi 7% bo'lsa, tovar va xizmatlarning umumiy narxlari taxminan necha yildan keyin ikki baravar oshadi?
10 yildan so'ng
Institutsional tuzilmaning qisqa muddatda tubdan va keskin o‘zgarishi nima deyiladi?
Revolutsion o'zgarish
Ushbu yozuvchi o‘zining mashhur romanida bosh qahramonning uyg‘onib, ulkan hasharotga aylanganini tasvirlaydi. Asar insonning jamiyatdan begonalashuvi va yolg‘izligini aks ettiradi. Yozuvchini toping.
Frans Kafka