Biror muammoni hal qilish uchun barcha guruh a’zolari tomonidan har qanday g‘oyalarni (hatto xato bo‘lsa ham) tezkorlik bilan o‘rtaga tashlash metodi.
Aqliy hujum (Brainstorming)
O‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lib, mavzuni bo‘laklab o‘rganish va keyin "ekspertlar" almashishi orqali bir-biriga tushuntirish metodi.
Jigso (Mozaika) yoki "Bumerang"
Ikki yoki bir nechta narsaning o‘xshash va farqli jihatlarini solishtirish uchun ishlatiladigan ikki kesishgan doira shaklidagi grafik sxema
Venn diagrammasi.
Lotincha "inter" va "act" so‘zlarining ma’nosi nima?
"Inter" — o‘zaro, "act" — harakat qilmoq.
Interfaol darsda o‘qituvchining asosiy vazifasi qanday ataladi?
Yo'naltiruvchi.
Interfaol metodlarning asosiy maqsadi nima?
O‘quvchini darsning faol sub’ektiga aylantirish.
Interfaol metodlar an’anaviy metodlardan qanday asosiy jihati bilan farq qiladi?
O'quvchilarning o'zaro muloqoti va hamkorligi bilan.
Matnni o‘qish jarayonida "V" (bilaman), "+" (yangi), "-" (fikrimga zid), "?" (tushunarsiz) belgilarini qo‘yib borish usuli.
Insert metodi.
O‘quvchilarga hayotiy bir muammoli voqea beriladi va ular ushbu vaziyatdan chiqishning eng to‘g‘ri yo‘lini tahlil qiladilar.
Keys-stadi (Case study).
Markazga asosiy tushuncha yozilib, undan tarmoqlar yoyish orqali g‘oyalarni tizimlashtirish usuli.
Klaster.
Muammoning kelib chiqish sabablarini "baliq skeleti" shaklida tahlil qiluvchi grafik tashkilotchi.
Ishikava diagrammasi
Ishtirokchilar muayyan rollarni (masalan: sudya, ayblanuvchi, guvoh) ijro etish orqali axloqiy vaziyatni jonlantirib beradigan o‘yin.
Rolli o‘yin
Biror tushunchani tavsiflovchi 5 qatorli she’riy shakl
Sinkveyn.
Darsning qaysi bosqichida ko'pincha "Aqliy hujum" o'tkaziladi?
Kirish yoki asosiy qismda
Edgar Deylning "O‘rganish piramidasi"ga ko‘ra, interfaol darsda bilimning necha foizi esda qoladi?
75% dan 90% gacha.
Nima uchun interfaol darsda o‘qituvchi yakuniy xulosa berishi shart?
O‘yin jarayonidagi ma’lumotlarni tizimlashtirish va ilmiy xulosaga keltirish uchun.
Interfaol metodlardan foydalanishda o‘qituvchi rioya qilishi kerak bo‘lgan eng muhim texnik cheklov nima?
Vaqt reglamenti
G‘oyalarni aylanma harakatda guruhlararo almashib to‘ldirish va boyitish metodi.
"Charxpalak"
Sinf xonasining to‘rt burchagiga to‘rt xil javob variantlari qo‘yiladi va o‘quvchilar o‘z qarashlariga qarab joy tanlab, uni himoya qiladilar.
Burchaklar (Four Corners).
O‘quvchi o‘z fikrini 4 bosqichda: Fikr, Sabab, Misol va Umumlashtirish orqali isbotlab beradigan metod.
FSMU texnologiyasi.
Interfaol dars yakunida o'tkaziladigan, o‘quvchining o'z faoliyatini tahlil qilishi, nimalarni o'zlashtirgani va qayerda qiynalganini anglash jarayoni pedagogikada qanday ataladi?
Refleksiya.
Markazda o‘qituvchi emas, o‘quvchi turadigan zamonaviy ta’lim modeli.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim
Bir guruh faqat "ha", ikkinchisi faqat "yo'q" deb dalil keltiradigan bahs turi.
Debat.
Ma’lumotlarni tepadan pastga shoxlab ketuvchi tizimli jadval.
Ierarxik diagramma
Interfaol metodlar o‘quvchida shakllantiradigan, zamonaviy mehnat bozorida eng yuqori baholanadigan "4K" ko‘nikmalaridan istalgan uchtasini ayting.
Kritik fikrlash, Kreativlik, Kommunikatsiya, Kooperatsiya.