Risk iqtisodiy kategoriya sifatida nimani anglatadi?
Bo‘lishi mumkin yoki bo‘lmaydigan hodisa bo‘lib, u ijobiy (foyda) yoki salbiy (zarar) natija berishi mumkin.
Moliyaviy bozor risklari qanday guruhlarga bo‘linadi?
Tizimli va tizimsiz risklar.
Risklarni boshqarishning asosiy maqsadi nima?
Risklarni pasaytirish.
Riskdan qochish nimani anglatadi?
Riskli tadbirdan butunlay voz kechish.
Loyiha ishtirokchilari riski nimadan kelib chiqadi?
Ishtirokchilarning majburiyatlarni bajarmasligi yoki vijdonsizligi natijasida.
Loyiha riski nima?
Investitsion loyihani amalga oshirishga halaqit beradigan yoki uning samaradorligini pasaytiradigan risklar yig‘indisi.
Tizimli risklarga nimalar kiradi?
Foiz riski, valyuta riski, inflyatsiya riski va siyosiy risk.
Sezgirlik tahlili nimani aniqlaydi?
Loyiha parametrlaridagi o‘zgarishlar samaradorlikka qanchalik ta’sir qilishini.
Boshqaruv riski nimaga bog‘liq?
Menejerlarning tajribasi va malakasining yetarli emasligiga.
Qurilishning o‘z vaqtida tugallanmasligi qanday oqibatlarga olib keladi?
Qo‘shimcha foiz to‘lovlari, inflyatsiya tufayli xarajatlar oshishi, shartnomalarning bekor bo‘lishi.
Siyosiy risk nimaga bog‘liq?
Hukumat qarorlari va ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarga.
Kredit riski nima?
Qarzdorning kredit bo‘yicha majburiyatlarini bajara olmaslik riski.
“Zararsizlik nuqtasi” nimani bildiradi?
Tushum xarajatlarga teng bo‘lgan ishlab chiqarish hajmi.
Diversifikatsiya nima?
Riskni turli loyihalar yoki aktivlar o‘rtasida taqsimlash.
Past sifatli obyekt qanday moliyaviy oqibatlarga olib keladi?
Qo‘shimcha investitsiya xarajatlari va ishlab chiqarish xarajatlarining oshishiga olib keladi
Sof va spekulyativ risk o‘rtasidagi farq nimada?
Sof riskda zarar yoki nol natija bo‘ladi, spekulyativ riskda esa katta foyda yoki katta zarar ehtimoli mavjud.
Valyuta riski qachon yuzaga keladi?
Loyiha daromadi va kredit valyutasi turlicha bo‘lganda.
Marketing riski nima bilan ifodalanadi?
Mahsulot hajmi va narxining pasayish ehtimoli bilan.
Risklarni pasaytirishda moliyaviy zahira nima uchun kerak?
Kutilmagan xarajatlarni qoplash uchun.
500 ball
Ishlab chiqarish riski nimada namoyon bo‘ladi?
Ishlab chiqarish jarayonidagi uzilishlar va reja quvvatiga erishmaslikda.
Loyiha ta’sir darajasiga ko‘ra risklar qanday turlarga bo‘linadi?
Mumkin bo‘lgan risk, kritik risk va katastrofik risk.
Mamlakat riski nimani anglatadi?
Loyiha amalga oshirilayotgan davlatning siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlari tufayli yuzaga keladigan risk.
Forс-majоr riskiga qanday hodisalar kiradi?
Yer silkinishi, suv toshqini, bo‘ron, ish tashlashlar va inqiloblar.
Riskni boshqarish bosqichlari qaysilar?
Riskni aniqlash, baholash, pasaytirish choralarini rejalashtirish, nazorat qilish va moliyalashtirish.
Huquqiy risk nimadan kelib chiqadi?
Qonunchilikning mukammal emasligi va sud tizimidagi kamchiliklardan.