Dalillarni toʻplash usullari.
Talab qilish, taʼminlash, sud topshiriqlari, advokat soʻrovi.
Qaysi holatda isbotlash majburiyati ishda ishtirok etuvchi shaxslar zimmasiga yuklatilmaydi.
Yuridik shaxslar va fuqarolarga nisbatan huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar koʻrilayotganda. Bunda isbotlash majburiyati nazorat qiluvchi organ zimmasiga yuklatiladi.
Daʼvo arizasi bilan birga berilgan daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza qachon koʻrib chiqiladi.
Daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish bilan bir vaqtda.
Daʼvo tartibda ish yuritishda daʼvogar huquqlarini himoya qilishning protsessual huquqiy vositalari.
Daʼvo arizasi, shikoyat, yozma fikr, eʼtiroz.
Qaysi holatlarda sud ish yuritishni toʻxtatib turishi shart. Kamida 3 ta asos
Ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlgan fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yil qoʻysa; ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlgan fuqaro muomala layoqatini yoʻqotganda; mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisida kelishuv tuzilganda.
Qarshi daʼvo va eʼtirozni kamida 3 ta farqi.
Qarshi daʼvo-davlat boji toʻlanadi, faqat javobgar tomonidan beriladi, mustaqil predmet boʻladi.
Eʼtiroz-davlat boji toʻlanmaydi, ham daʼvogar ham javobgar tomonidan berilishi mumkin, faqat argument va vajlar boʻladi
Bir necha mustaqil talabdan iborat daʼvoning bahosi qanday hisoblanadi.
Barcha talabalarning summasi bilan.
Hali qiluv qarorining xulosa qismida nimalar bayon etiladi.
Sud xarajatlarini ishtirokchilar oʻrtasida taqsimlash, hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi.
Qoʻshimcha ham qiluv qarori qachon kuchga kiradi.
Asosiy hal qiluv qarori bilan bir vaqtda.
Ishda bir nechta daʼvogar yoki bir nechta javobgar ishtirok etishi uchun asoslar.
Daʼvo asosi bitta boʻlsa, daʼvo predmeti bitta boʻlsa va huquqiy munosabat bitta boʻlsa.
Elektron dalil va raqamli dalilning bir biridan farqi.
Elektron dalilni qayta tahrirlash mumkin, raqamli dalilni qayta tahrirlab boʻlmaydi.
Kimlarning arizasiga koʻra sud oʻzi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorini tushuntiradi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, davlat ijrochisining, zimmasiga sudning hal qiluv qarorini ijro etish yuklatilgan boshqa organlarning arizasiga koʻra.
Ish hayʼat tarkibida koʻrilayotganda sudyani rad qilish tartibi.
Rad qilinishi talab etilayotgan sudyaning ishtirokisiz sud tarkibining koʻpchilik ovozi bn hal qilinadi.
Hali qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi ariza qancha muddatda koʻrib chiqiladi.
Ariza berilgan kundan eʼtiboran yigirma kunlik muddat ichida koʻrib chiqiladi.
Qachon vakil maxsus huquqlardan ham foydalana oladi.
Ishonchnomada belgilab qoʻyilgan boʻlsa.
Daʼvogar ish yuritishning qaysi bosqichda daʼvoning asosi yoki predmetini oʻzgartirish, daʼvo talablarining miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirishni soʻrashi mumkin.
Birinchi instansiyada ishning mazmunan koʻrilishi yakuni boʻyicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar.
Hali qiluv qarori necha kun ichida toʻliq hajmda tuziladi va imzolanadi.
5 kun
Qaysi holatlarda sud ekspertizani oʻz tashabbusiga koʻra tayinlaydi.
Qonunda belgilab qoʻyilgan yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, dalilning qalbakilashtirilganligi toʻgʻrisidagi arizani tekshirish yoki qoʻshimcha ekspertiza tayinlash zarur boʻlgan hollarda.
Sud maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qanday sud hujjati qabul qiladi.
Qaror.
Agar Kodeksda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ajrim ustidan qancha muddatda shikoyat berish mumkin.
Ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda.
Daʼvoni qanoatlantirish rad etilganda, daʼvo koʻrmasdan qoldirilganganda, ish yuritish tugatilgan hollarda daʼvoni taʼminlash choralari nima boʻladi.
Tegishli sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi.
Daʼvogarning talabalari u sudga murojaat qilganidan soʻng javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda qanoatlantirilsa, sud xarajatlari kimning zimmasiga yuklatiladi.
Javobgarning
Apellatsiya shikoyati berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan boʻlsa qachon qonuniy kuchga kiradi.
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan boshlab.
Qaysi ajrim ustidan shikoyat qilib boʻlmaydi.
Daʼvo arizasini ish yuritishga qabul va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrim.