1
2
3
4
5
300

Dalillarni toʻplash usullari.

Talab qilish, taʼminlash, sud topshiriqlari, advokat soʻrovi.

300

Qaysi holatda isbotlash majburiyati ishda ishtirok etuvchi shaxslar zimmasiga yuklatilmaydi.

Yuridik shaxslar va fuqarolarga nisbatan huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar koʻrilayotganda. Bunda isbotlash majburiyati nazorat qiluvchi organ zimmasiga yuklatiladi.

300

Daʼvo arizasi bilan birga berilgan daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza qachon koʻrib chiqiladi.

Daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish bilan bir vaqtda.

300

Daʼvo tartibda ish yuritishda daʼvogar huquqlarini himoya qilishning protsessual huquqiy vositalari.

Daʼvo arizasi, shikoyat, yozma fikr, eʼtiroz.

300

Qaysi holatlarda sud ish yuritishni toʻxtatib turishi shart. Kamida 3 ta asos

Ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlgan fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻysa; ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlgan fuqaro muomala layoqatini yoʻqotganda; mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisida kelishuv tuzilganda.

300

Qarshi daʼvo va eʼtirozni kamida 3 ta farqi.

Qarshi daʼvo-davlat boji toʻlanadi, faqat javobgar tomonidan beriladi, mustaqil predmet boʻladi.

Eʼtiroz-davlat boji toʻlanmaydi, ham daʼvogar ham javobgar tomonidan berilishi mumkin, faqat argument va vajlar boʻladi

300

Qanday ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilmaydi.

Korporativ nizolar va huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar.

300

Qoʻshimcha hal qiluv qarori qachon kuchga kiradi.

Asosiy hal qiluv qarori bilan bir vaqtda.

300

Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish muddati qanchaga uzaytirish mumkin.

Muddat uzaytirilmaydi.

300

Ishda bir nechta daʼvogar yoki bir nechta javobgar ishtirok etishi uchun asoslar.

Daʼvo asosi bitta boʻlsa, daʼvo predmeti bitta boʻlsa va huquqiy munosabat bitta boʻlsa. 

300

Elektron dalil va raqamli dalilning bir biridan farqi.

Elektron dalilni qayta tahrirlash mumkin, raqamli dalilni qayta tahrirlab boʻlmaydi.

300

Kimlarning arizasiga koʻra sud oʻzi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorini tushuntiradi. 

Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, davlat ijrochisining, zimmasiga sudning hal qiluv qarorini ijro etish yuklatilgan boshqa organlarning arizasiga koʻra.

300

Ish hayʼat tarkibida koʻrilayotganda sudyani rad qilish tartibi.

Rad qilinishi talab etilayotgan sudyaning ishtirokisiz sud tarkibining koʻpchilik ovozi bn hal qilinadi.

300

Hali qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi ariza qancha muddatda koʻrib chiqiladi.

Ariza berilgan kundan eʼtiboran yigirma kunlik muddat ichida koʻrib chiqiladi.

300

Qanday ishlarda kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash va huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha.

300

Daʼvogar ish yuritishning qaysi bosqichda daʼvoning asosi yoki predmetini oʻzgartirish, daʼvo talablarining miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirishni soʻrashi mumkin. 

Birinchi instansiyada ishning mazmunan koʻrilishi yakuni boʻyicha chiqariladigan sud hujjati qabul qilinguniga qadar.

300

Qaysi holatlarda sud ekspertizani oʻz tashabbusiga koʻra tayinlaydi.

Qonunda belgilab qoʻyilgan yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, dalilning qalbakilashtirilganligi toʻgʻrisidagi arizani tekshirish yoki qoʻshimcha ekspertiza tayinlash zarur boʻlgan hollarda.

300

Sud maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qanday sud hujjati qabul qiladi.

Qaror 

300

Agar Kodeksda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ajrim ustidan qancha muddatda shikoyat berish mumkin.

Ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda.

300

Daʼvoni qanoatlantirish rad etilganda, daʼvo koʻrmasdan qoldirilganganda, ish yuritish tugatilgan hollarda daʼvoni taʼminlash choralari nima boʻladi.

Tegishli sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi.

300

Daʼvogarning talabalari u sudga murojaat qilganidan soʻng javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda qanoatlantirilsa, sud xarajatlari kimning zimmasiga yuklatiladi.

Javobgarning

300

Apellatsiya shikoyati berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan boʻlsa qachon qonuniy kuchga kiradi.

Apellatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan boshlab.

300

Sudning oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati berilmagan boʻlsa, qachon qonuniy kuchga kiradi.

Qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun oʻtgach.

300

Qaysi ajrim ustidan shikoyat qilib boʻlmaydi.

Daʼvo arizasini ish yuritishga qabul va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrim.

M
e
n
u