Iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarning tartibini sanab bering.
Sud, ishda ishtirok etuvchi shaxslar, odil sudlovga koʻmaklashuvchi shaxslar.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sanab bering.
Taraflar, 3-shaxslar, prokuror, davlat organlari va boshqalar.
Taraflar kimlar boʻlishi mumkin?
da'vogar, arizachi, javobgar.
Ishda davlat organlari va boshqa shaxslarning ishtiroki qanday hollarda amalga oshiriladi?
davlat organlari da'vogarlarni nomidan da'vo arizasi kiritish yóli bilan amalga oshiriladi.
Davlat orgonlari da'vovarlarnj qaysi huquqlaridan foydalana olmaydilar?
Kelishuv bitimi tuzish hamda mediativ kelishuvlar tuza olmaydilar.
Odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslarni sanab bering.
Guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar.
Sudda yuridik shaxslarning vakillari qaysi asoslarga koʻra ish olib boradilar?
Qonunchilik yoki ta'sis hujjatlarida vakolati belgilab qoʻyiladi.
Sudda vakil sifatida ishlarni yuritish boʻyicha professional faoliyat bilan kimlar shugʻullanadi?
Advokatlar
Ishda vakillarning vakolatlarini rasmiylashtirishda qaysi hujjatda koʻrsatilgan boʻlishi kerak?
ishonchnomada.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va ularning vakillarini tekshirish kimni vakolatiga kiradi?
Sudni
Sud qanday holatlarda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va ularning vakillarini vakolatlarini tan oladi.
qonunchilik talablariga muvofiq boʻlmagan hujjatlarni taqdim etgan boʻlsa yoki vakolatlarini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni taqdim etmagan boʻlsa.
Sudda vakil boʻlaolmaydigan shaxslar kimlar?
Sudyalar, surishtiruvchilar, tergovchilar, prokurorlar, toʻla muomalaga layoqatiga ega boʻlmagan shaxslar.
Prokuror qanday holatlarda ishtirok etadi?
Oʻzining da'vo arizasi bilan qoʻzgʻatilgan ishlarda, yer bilan bogʻliq ishlarda, davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoyalashda, davlat budjeti bilan bogʻliq ishlarda, davlat mulki bilan bogʻliq ishlarda,
Prokuror qaysi ishlarda ishtirok etaolmaydi?
shaxslarning arizasi bilan qoʻzgʻatilgan ishning muhokamasida oʻz hoxishi bilan ishtirok etaolmaydi.
Protsesda qanday hollarda huquqiy vorislikka yoʻl qoʻyiladi?
yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi yoki tugatilganda, da'vogar vafot etganda.
Guvoh iqtisodiy sud ishlarida qanday huquqlari mavjud?
advokatlardan yuridik yordam olish, sud yuritilayotgan tilni bilmasa oʻz tilida koʻrsatma berishi yoki tarjimon xizmatidan foydalanish huquqiga ega.
Prokuror da'vogar yoki arizachining qaysi huquqlaridan foydalana olmaydi?
kelishuv bitimi tuzishdan yoki mediativ kelishuv tuzishdan.
Taraflar huquqiy voris bilan almashtirilganda sud qanday hujjat chiqaradi?
ajrim.
Ekspert va Mutaxassisni farqlarini sanab bering.
ekspert mutaxassislik bóyicha xulosalar kiritadi va bu qonun
Uchunchi shaxslarning huquqiy maqomi qanday?
nizoli ishda bevosita daʼvogar yoki javobgar bólmasa ham sud qarori ularning huquq va majburiyatlariga ta'sir qilishi mumkin boʻlgan shaxslar.
Taraflarning umumiy va maxsus huquqlarini sanab oʻting.
Umumiy huquqlar: savollar berish, advokatlar jalb qilish huquqi, tarkibdan foydalanish huquqi, qarshi shikoyat kiritish.
Maxsus huquqlar: da'vo predmetini yoki asosini oʻzgartirish, da'vodan voz kechish huquqi, da'vo miqdoridan voz kechish yoki kamaytirish, kelishuv bitimini tuzish yoki mediativ kelishuvlar tuzish huquqlari mavjud.
Tarjimon huquqlarini sanab bering.
ishtirokchilarga savollar berish, yuritilayotgan ishni tilini yetarli darajada bilmasa ishni rad etish huquqiga ega, sud majlisi bayonnomasi bilan tanishi huquqiga ega.
Uchinchi shaxslar nechchi turga boʻlinadi va ular qaysilar?
2 turga boʻlinadi. Ular mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar hamda mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar.
Ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish qanday hollarda amalga oshiradi?
Sud daʼvo boʻyicha javob berishi lozim boʻlmagan shaxsga nisbatan daʼvo taqdim etilganligini aniqlasa, ishga daxldor boʻlmagan javobgarni hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar daʼvogarning roziligi bilan ishga daxldor javobgar bilan almashtirishga yoʻl qoʻyishi mumkin.
Ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirganda ish kelgan joyidan davom ettiriladi mi? Yoki yoʻq?
yo'q yangidan boshlanadi.