Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasiga ta'rif bering:
Mamlakat, hudud, firma, kompaniyaning iqtisodiy inqirozga uchrash xavfidan himoya qilish boʼyicha koʼriladigan chora-tadbirlar majmuidir.
Iqtisodiy xavfsizlikning iqtisodiy subʼektlari:
1. Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi; 2. Korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligi; 3. Davlatning iqtisodiy xavfsizligi
Iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash uchun konseptsiya ishlab chiqilishi nimalarga asoslanadi?
Iqtisodiy holatini ob'yektiv baholash, iqtisodiy rivojlanish tamoyillari hamda tendensiyalarini prognoz qilishga asoslanadi.
Mamlakat ichki tahdid omillarini sanab bering.
Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshliligining pastligi, Yuqori darajadagi inflyasiya, Mamlakat ilmiy-texnika salohiyati ahvolining yomonlashuvi , Qonunchilikning rivojlanmaganligi, huquqiy intizomning sustligi, Investision faollikning pasayishi
Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi nima?
Shaxsning ijtimoiy jihatdan rivojlanishi, kamol topishi va hayotiy manfaatlarining kafolatli himoyalanishini taʼminlaydigan holatidir.
"Iqtisodiy xavfsizlik" fanining obyektiga nimalar kiradi?
Tabiiy boyliklar, inson resurslari, mehnatga layoqatli aholi, ko'chmas mulk, xo'jalik tizimlari, mintaqalar, oila
Yashash minimumidan past daromad darajasiga ega bo'lgan aholi ulushi , foizda nechaga teng?
7%
Iqtisodiy xavfsizlik konsepsiyasi o'z ichiga nimalarni oladi?
1. Xavfsizlikni ta'minlashning maqsad va vazifalari, 2. Xavfsizlikni ta'minlashni amalga oshirish yo'llari va usullari, 3. Mavjud va potensial xavfsizlikka tahdidlarni tahlil qilish, 4. Davlatning xavfsizlikni ta'minlashdagi imkoniyatlari, iqtisodiy resurslar, vosita va kuchlardan samarali foydalanishni nazarda tutiladi.
Davlat qarzini qoplash xarajatlari davlat byudjeti xarajatlari hajmiga nisbatan necha foizda bo;lishi talab etilgan?
20%
Shaxs bilan bogʼliq tahdidlar ichida ijtimoiy tahdidlar ham mavjud va ularni sanab bering.
1. Ishsizlik 2. Kambag'al bo'lib qolishi 3. Daromadlar tengsizligini kuchayishi 4. Aholi turmush darajasi pasayishi
Milliy xavfsizlik turlariga nimalar kiradi?
Siyosiy xavfsizlik, Harbiy xavfsizlik, Axborot xavfsizligi, G'oyaviy xavfsizlik, Ekologik xavfsizlik, Iqtisodiy xavfsizlik
Iqtisodiy xavfsizlikning umumiy koʼrsatkichlari (indikatorlari)ni sanab bering.
1. YaIM ning o'rtacha o'sish sur'ati, 2. Turmush darajasi va sifati, 3. Inflyatsiya sur'ati, 4. Iqtisodiy o'sish, 5. Byudjet defitsiti, 6. Davlat qarzi, 7. Soliq tizimi, 8. "Xufyona iqtisodiyot" faoliyati
Iqtisodiy manfaatlar va xavfsizlikka bo'lgan tahdidlarning oldini olishning ustuvor maqsadlarini sanab bering.
1. Aholining barcha ijtimoiy guruhlari va tabaqalari turmush darajasini oshirish orqali jamiyat barcha a'zolarining birdamliligiga erishish. 2. Investitsion jarayonlarni faollashtirish. 3. Qat'iy soliq, pul-kredit siyosatini yuritish, milliy valyuta qadrini oshirish va mustahkamlash.
Mamlakatning tashqi tahdid omillari tarkibiga nimalar kiradi?
Eksport tarkibida xom ashyo mahsulotlarining ustuvorligi, Mamlakatning import mahsulotlariga qaramligi, bog‘liqligi, Tashqi qarzlarning o‘sib borishi, Bojxona chegaralarining yetarli darajada belgilanmaganligi
Insonga nisbatan tashqi tahdidlar tarkibini ayting.
Jahon iqtisodiyotidagi inqirozli vaziyatlar, tabiiy yoki kapital resurslarining yetarli emasligi, ishsizlik va inflyatsiyaning boshqarib bo'lmaydigan darajalarda o'sishi
Davlatning iqtisodiy xavfsizlik elementlariga nimalar kiradi?
Davlatning ichki iqtisodiy xavfsizligi, Davlatning tashqi iqtisodiy xavfsizligi, Xalqaro moliyaviy tashkilotlarda ishtirok etish bilan bog'liq xavfsizlik
Iqtisodiy xavfsizlikning mezoniga ta'rif bering.
Iqtisodiy xavfsizlikning mohiyatini ifodalovchi muhim jarayonlar nuqtayi nazaridan iqtisodiy holatni baholash hisoblanadi.
Iqtisodiy maqsadlar umumiy tarzda turkumlanishini sanab bering:
Iqtisodiy o‘sish, To‘liq bandlik, Iqtisodiy samaradorlik, Barqaror narx darajasi, Iqtisodiy erkinlik, Daromadlarning oqilona taqsimlanishi, Iqtisodiy jihatdan ta’minlash, Savdo balansi.
O'zbekiston Respublikasi ECOSAN xalqaro tashkilotiga qachon a'zo bo'lgan?
1993-yil 20-sentabrda
Oʼzbekistonda davlatning ijtimoiy siyosati nimalarga qaratilgan?
1. Fuqarolarning erkin iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat, kasb turlari hamda sohalarini erkin tanlash kabi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash; 2. Mehnat motivatsiyasining kuchli mexanizmini kiritish, aholining iqtisodiy faolligini oshirish uchun sharoitlar yaratish; 3. Taʼlim, ijtimoiy sugʼurta, sogʼliqni saqlash tizimlarini isloh qilish yoʼli bilan aholining ijtimoiy xizmatlarga boʼlgan zarur kafolatni taʼminlash.
Istalgan mamlakat manfaatlari nechta muhim maqsadga yo'naltirilgan va ular qaysilar?
3 ta, 1. Xalq farovonligi oshirish, 2. Mamlakat hayot faoliyati va hududini himoya qilish hamda obod etish, 3. Milliy madaniyatni rivojlantirish
YaIM hajmi, sanoat ishlab chiqarish hajmi va tarkibi, mashinasozlik mahsulotlari hajmida yangi turdagi mahsulotlar ulushi, mudofaa va fan uchun xarajatlar --- qaysi iqtisodiy xavfsizlik indikatorlarining guruhlanishiga tarkibiga kiradi?
Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga qodirligini ifodalovchi ko'rsatkichlar tarkibiga kiradi.
Iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlashda davlat xarbiy-sanoat bazasini mustahkamlash va uning barqarorligini oshirishda qaysi usullardan foydalanishi aytib bering.
1. Ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish; 2. Strategik xom ashyo resurslari va kamyob vositalar zahirasini yaratish; 3. Bir-birini oʼrnini bosuvchi va toʼldiruvchi ishlab chiqarishlarni tashkil etish; 4. Yer osti inshootlari va omborlarni qurish; 5. Ishlab chiqarishni boshqarishning ishonchli tizim va manzillarini rivojlantirish.
Iqtisodiy kooperatsiya nima?
Bu faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida turli milliy xo'jaliklarning hamkorlikdagi tuzilmalarga birlashishini taqozo etuvchi obyektiv zaruriyat hisoblanadi.
Xalq manfaatlarni ro'yobga chiqarishga qaysi strategik milliy ustuvorliklarni amalga oshirish orqali erishiladi?
mamlakat mudofaasini mustahkamlash; davlat va jamoat xavfsizligi; mamlakat fuqarolarining turmush darajasini yaxshilash; iqtisodiy o'sish; fan, ta‘lim va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash; sog'liqni saqlash; madaniyat;