Klark nazariyasiga ko‘ra daromad nimaga qarab taqsimlanadi?
Javob: Har bir ishlab chiqarish omilining qo‘shgan hissasiga (marjinal mahsulotiga) qarab.
Marjinal mahsulot nima?
Javob: Qo‘shimcha jalb qilingan omil natijasida yaratilgan qo‘shimcha mahsulot.
Ishlab chiqarishning 2 asosiy omili qaysilar?
Javob: Mehnat va kapital.
Ishlab chiqaruvchi nimani minimallashtiradi?
Javob: Xarajatni.
Pareto kim?
Javob: Italiya iqtisodchisi va sotsiolog.
Tadbirkor qanday asosiy maqsadga intiladi?
Javob: Minimal xarajat va maksimal daromad kombinatsiyasini tanlash.
Nima uchun qo‘shimcha ishchining unumdorligi kamayadi?
Javob: Chunki boshqa omillar (masalan kapital) o‘zgarmaydi.
Omillar o‘zaro qanday xususiyatga ega?
Javob: Bir-birini almashtira oladi.
Iste’molchi nimani maksimal qiladi?
Javob: Naflilikni.
Pareto optimum nima?
Javob: Hech kim boshqani yomonlashtirmasdan o‘z holatini yaxshilay olmaydigan holat.
Klark nazariyasida iste’molchi nazariyasi nimaga almashtiriladi?
Javob: Ishlab chiqarish omillarini tanlash nazariyasiga.
1 ishchi 10, 2 ishchi 21 mahsulot ishlab chiqarsa, 2-ishchining marjinal mahsuloti qancha? (Nega)
Javob: 11 ta.
Ko‘p mehnat ishlatilsa, mehnat unumdorligi qanday o‘zgaradi?
Javob: Pasayadi.
Optimal nuqta qayerda hosil bo‘ladi?
Javob: Byudjet chizig‘i va befarqlik egri chizig‘i kesishgan joyda.
Pareto optimum nimani o‘lchaydi?
Javob: Samaradorlikni.
Daromad taqsimoti Klarkga ko‘ra nimaga bog‘liq emas?
Javob: Xarajatlarga emas, balki natijaga (unumdorlikka) bog‘liq.
Ish haqi nimaga teng bo‘ladi?
Javob: Oxirgi ishchining marjinal mahsulotiga.
Kapital ko‘payganda kapital unumdorligi nima bo‘ladi?
Javob: Pasayadi.
Optimal tanlov texnik muammo emas, yana nimaga bog‘liq?
Javob: Bozor narxlari va iqtisodiy sharoitga.
Pareto optimumning asosiy kamchiligi nima?
Javob: Daromad taqsimotidagi adolatni hisobga olmaydi.
Klark nazariyasida asosiy metodologik yondashuv nima?
Javob: Kamayib boruvchi marjinal unumdorlik konsepsiyasi.
Marjinal mahsulot pasayishi nimani anglatadi?
Javob: Har bir qo‘shimcha omil kamroq qo‘shimcha natija beradi.
Optimal kombinatsiya topish nimaga bog‘liq?
Javob: Omillar narxi va ularning unumdorligiga.
Nima uchun optimal kombinatsiya vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi?
Javob: Bozor sharoiti, ish haqi va texnologiya o‘zgaradi.
Pareto bo‘yicha iqtisodiy muvozanat nimani anglatmaydi?
Javob: Hamma uchun teng manfaatni.