Iqtisodiy faoliyat ya’ni takror ishlab chiqarish necha bosqishda amalga oshiriladi
1. Ishlab chiqarish(xizmat ko’rsatish)
2.Ayirboshlash
3. Taqsimlash
4. Ite’mol
Ishlab chiqarish nima?
Ishlab chiqarish – bu iste’mol uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy ne’matlarning va iqtisodiy resurslarning yaratilish jarayonidir
Ishlab chiqarish funksiyasi bu?
Ishlab chiqarish omillari bilan uning natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlik.
Qo‘shilgan kapital bu?
Ishlab chiqarishda mavjud band bo‘lgan kapital miqdoriga yangi qo‘shimcha ravishda sarflangan kapital, boshqacha qilib aytganda, kapital miqdorining o‘sgan qismi.
Qo‘shilgan mahsulot bu?
So‘nggi qo‘shilgan omil: kapital yoki ishchi kuchi hisobiga o‘sgan mahsulot.
J.B.Sey (fransuz iqtisodchisi) – ishlab chiqarishning uch omilinazariyasini asoslab unga nimalarni kiritadi?
Yer, kapital va mehnat
ishlab chiqarishning asosiy hal qiluvchi omili nima?
ishchi kuchi ( mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar)
Natija” va "Xarajat” nisbatini nimani aks ettiradi; ya’ni, “natija”/ “xarajat”.
Samaradorlikni
Ijtimoiy ishlab chiqarish nima?
O‘zaro bog‘liqlikda va doimiy aloqada bo‘lgan barcha individual ishlab chiqarishlarning birligidan iboratdir
O‘rtacha mahsulot nima?
Jalb qilingan ishchi kuchi va kapitalning bir-birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot miqdori.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar va iqtisodiy resusrslar qanday jarayondan o’tadi
Taqsimlash jarayonidan o’tadi
Qaysi iqtisodiyot vakillari qo‘shilgan resurs unumdorligining pasayib borishini hisobga olib, unumdorlikning kamayib borish qonunini ochib berishgan.
Marjinalistlar
Mehnat unumdorligi nima?
Sarflangan mehnatning har birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini.
Diversifikatsiyalash necha turga boʻlinadi va bular qaysilar?
1.vertikal
2.gorizontal
3. konglomerat
Ishlab chiqarish jarayoni nima?
Kishilarning aniq maqsadni ko‘zlab amalga oshiriladigan faoliyati bo‘lib, iste’moli uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan jarayon.
Mahsulot taqsimlanishi natijasida amalga oshiriladigan ishlar?
Mahsulot taqsimlanishi natijasida undagi ishlab chiqaruvchilar,mulk va resurs egalari hamda davlat ulushi aniqlash ishlari amalga oshiriladi.
Mehnat vositalari nima?
Insonning tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalardir (mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar)
Mehnat predmetlari nima?
Bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir (yer-suv, xom ashyo va boshqa turli materiallar).
Iqtisodiyotning barcha darajasida resurslardan foydalanish va ularning miqdorini oshirish evaziga olingan mahsulotni qanday o‘lchamlarda aniqlash mumkin?
Umumiy mahsulot, o‘rtacha mahsulot va qo‘shilgan mahsulot
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, maqsadida korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, chiqariladigan mahsulotlar turlarini ko‘paytirishga qaratilgan jarayoni nima deb ataladi?
Diversifikatsiyalash
Ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyati…
Ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyati – resurslardan (vaqt.material.energiya) eng kam sarf bilan maksimal natija olish Bu esa o’z navbatida iqtisodiy samaradorlik tamoyilidir
Tanlovning muqobil qiymati deb nimaga aytiladi?
Uning natijasida voz kechilgan imkoniyatlar ichidan bu maqsad uchun eng katta naf keltiruvchi yoki qadrlanuvchi qiymatga aytiladi.
Pareto – samarasini tushuntirib bering?
Samaradorlikning mavjud darajasida jamiyat a’zolari biror qismining iqtisodiy ahvolini yomonlashtirmasdan boshqasining ehtiyojlari qondirilish darajasini oshirish mumkin emas
Кonglomerat diversifikatsiya bu?
Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini texnologik jarayon, tovar turlari va turli bozorlar talabini hisobga olib ko‘paytirishga yo‘naltirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev qayd qilib o‘tganlaridek samaradorlikni oshirishning muhim omili...?
Asosiy va yordamchi tarmoqlarni barqaror rivojlantirish, ortiqcha xarajatlar va tannarxni kamaytirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va importning qisqarishi.