Qarz
Ribo
Ijara
Mudoraba va mushoraka
Meros
100

Qarz so'zining lug'aviy ma'nosi nima ? 

Bo'lak 

100

Ribo so'zining ma'nosi nima ? 

Ziyodalamoq,  ko'paymoq 

100

Ijara lug'atda qanday ma'nolarni anglatadi ? 

Rag'batlantirmoq,  Haq to'lamoq 

100

Mudoraba nechchi turga bo'linadi ? 

1. Mutlaq mudoraba.

2. Muqayyat mudoraba. 

100

Merosning arkonlari nechta? 

1. Meros qoldiruvchi

2. Merosxo'r 

3. Meros 


200

Qarzni hujjatlashtirishdagi shartlarni sanab bering ? 

1. Qarzni ro'yhatga qayd etish.

2. Ishonchli ikki erkak guvoh (yoki bir erkak va ikki ayol) bo'lishi.

3. Adolatli kotib.

4. Kafolat bo'lishi.

5. Berilgan qarz miqdorida garov bo'lishi. 

200

Ribo nechchi turga bo'linadi ? 

1. Ribo al-fadl

2. Ribo an-nasiya 

200

Ijara nechchi xil bo'ladi ? 

1. Foydalanish ijarasi.

2. Mehnat ijarasi. 

200

"Bir xil turdagi tovarlarning o'zaro ayriboshlanishida ulardan birining ikkinchisiga nisbatan ortiqcha bo'lgan qismi. Quydagi ta'rif riboning qaysi turiga tegishli ? 

Ribo al-fadl turiga tegishli 

200

Meros bu - ? Fiqhiy tushuncha bo'yicha. 

Mayyitning ortidan shar'iy vorisga qolgan mol va huquqlarga meros deyiladi. 

300

Qarzni uzish joyi masalasi bo'yicha to'rtala mazhab ulamolarining fikri qanday ?

Bir xil ya'ni "Qarz - qarz berilgan joydagina uzilishi lozim"

300

"Bir xil turdagi tovarlarning o'zaro ayriboshlanishida ulardan birining ikkinchisiga nisbatan ortiqcha bo'lgan qismi. Ushbu ta'rif riboning qaysi turiga tegishli ? 

Ribo al-fadl 

300

Qur'oni Karimning qaysi suralari Ijara munosabatlariga tegishli ekanligi e'tirof etiladi ? 

Taloq va Qasos suralari keltirilgan 

300

Mushoraka sherikchilik munosabati shar'an joiz sanaladi va unga Qur'oni Karimning qaysi oyati dalil sifatida keltiriladi ? 

Niso surasining 58 oyati 

300

Merosning shartlarni sanab bering 

1. Meros qoldiruvchining haqiqatda o'lishi yoki o'limi haqida hukm chiqishi.

2. Meros qoldiruvchi o'lgan paytda merosxo'rlarning tirik bo'lishi.

3. Qarindoshlik va  meros olish haqqi bilinishi 

400

Qur'oni Karimning qaysi surasida qarz masalasi bo'yicha hukmlar nozil etilgan ? 

Baqara surasining 282 va 283 oyatlarida

400

Foiz mavzusidagi oyatlar Qur'oni Karimning qaysi suralarida keltirilgan ? 

1. Rum surasida.

2. Niso surasida.

3. Oli Imron surasida.

4. Baqara surasida. 

400

Ijaraning shartlarni sanab bering ? 

1. In'iqod (bog'lanish) sharti;

2. Nafaz (amalga oshirish) sharti;

3. Sihha (to'g'ri bo'lish) sharti;

4. Luzum (kelishuvning yakuniy zaruriyati) sharti;

400

Mudorabaning shar'iy dalili sifatida Qur'oni Karimning qaysi suralari keltiriladi ? 

Baqara va Muzammil suralari. 

400

Meros qay tartibda amalga oshiriladi ? 

1. Kafanlab ko'mish harajatlari.

2. Qarz mablag'i ajratiladi. 

3. Vasiyatga sarf etiladi. 

4. Merosxo'rlarga  bo'lib beriladi. 

500

Qarzga doir hadislardan 3 tasini ayting ? 

Ibn Ma'sud (r.a.) dan rivoyat qilinadi: Payg'ambar (s.a.v) "Musulmon kishining ikki marta qarz berishi - bir sadaqadir", dedilar.

Anas (r.a.) dan rivoyat qilinadi Payg'ambarimiz (s.a.v) "Meroj kechasi men jannat eshigida quydagi yozuvni ko'rdim:  "bir sadaqa o'n sadaqa (savobiga teng), qarz esa o'n sakkiz qarz (savobiga teng).

500

Qur'oni Karimning qaysi surasida qarz haqida so'nggi oyatlar nozil bo'lgan ? 

Baqara surasining 275 - 280 - oyatlari 

500

Ijaraning fosid bo'lish hollariga misollar keltiring ? 

Sherikchilik asosidagi molni sheriklardan biri ijaraga bersa. Ijaraga  berilgan narsaning biror-bir qismini egasi talab qilsa (masalan, hovlini yarmi uyning bir xonasi). 

500

Mudorabada, faqat bitta tomonning kapital ta'limoti mevali daraxtlarga taaluqli bo'lsa qanday aqd deb nomlanadi ? 

Musoqot aqdi deb nomlanadi. 

500

Hajbi hirmon egallarini sanab bering ? 

Bobo, momo, ota bir ona bir opa-singillar, ota bir opa-singillar,  ona bir aka-ukalar,  o'g'ilning qizlari, o'g'ilning o'g'li

M
e
n
u