Moturidiy
Moturidiy
Ash`ariy
Aralash
Aralash
100

Abu Mansur Al-Moturidiy nechinchi yil qayerda tug`ilib va nechinchi yil vafot etgan?

870-yil Samarqandni Moturud qishlog`ida tug`ilgan,  944-yil Samarqand (Chokardiza qabristoni)

100

Imom Moturidiyning "Ta`vilot axli sunna" yoki "Ta`vilot  al-Qur`on al-karim" kitobi qaysi yo`nalishda yozilgan?

Tafsir yo`nalishida

100

Abul Xasan al-Ash'ariyning toʻliq ismi qanday?

Abul Xasan Ali ibn Ismoil ibn Isxoq ibn Solim ibn Abdulloh ibn Muso ibn Bilol ibn Bai Burda ibn Abi Muso al-Ash'ariy

100

Nasafiy qaysi asarida axli sunnaning 2 kalomiy maktabi o'rtasidagi ziddiyatlarni sharxlab oʻtgan?

"Tabsira" asarida

100

Tojiddin Subkiy Moturidiy va Ashʼariy oʻrtasidagi asosiy farqlar nechta va qanday turlarga boʻlgan?

Asosiy farqlari 13ta 

7ta lavziy, 6ta ma'naviy farqlarga boʻlgan

200

Imom Moturidiy nima maqsadda o`zini Abu Mansur deb atagan?

Manbalarda kelgan rivoyatlarga ko`ra, Moturudiy o`g`il farzand ko`rish orzusida o`zini shunday nomlagan

200

Moturidiyning asl ismi qanday va kunyalar berilgani sababi nima?

Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Maxmud Xanafiy Moturidiy Samarqandiy


Moturidiy sababi Moturid qishlog`ida tug`ilganlari, Xanafiy sababi Xanafiy mazxabida bo`lganlari, Samarqandiy sababi Samarqand shaxridan bo`lganlari

200

Abul Xasan al-Ash'ariy nechinchi yil qayerda tug`ilib va nechinchi yil vafot etgan?

260/873-yil Basrada tugʻilgan, 324/936-yil Bagʻdodda dafn qilinganligi haqida ham maʼlumotlar bor

200

Moturidiy va Ashʼariy aqidaviy qarashlarida umumiy asosiy farq nimada?

Moturidiy ham naqliy ham aqliy dalillar bilan misollar keltirib, isbotlab bergan.

Ashʼariy koʻroq naqliy dalillarga tayanib moʻtaziliylarning aqidaviy qarashlariga qarshi turgan.

200

1. Lavziy farqi - Imonda istisno masalasi undagi qarashlarni ajratib bering.

Moturidiy - Men haqiqatda moʻminman deydi sababi bunda imonda putur yetkazmaslik masalasi turadi.

Ashʼariy - Men InshaAlloh moʻminman deydi sababi Alloh hali jonini olmugunicha u qolgan umri davomida qanday vafot etishini bilmaydi.

300

Moturidiy nasablari kimga borib taqaladi va u inson bilan bog`liq qanday voqea sodir bo`lgan?

Imom Abu Mansur al-Moturidiy Abu Ayyub Xolid ibn Zayd ibn Kulayb al-Ansoriy borib taqaladi


Rasullulloh sallollohu alayxi vasallam Madinaga borganlarida Abu Ayyub al-Ansoriyning uyiga tushib, u yerda 17oy yashaganlar

300

Ulamolar orasida Imom al-Moturidiyni qanday nomlar bilan tanilgan?

"Imom al-xuda", "Imom al-mutakallimin", "Rais axli sunna val jamoa", "al-Imom az-zoxid", "Musaxxix axli sunna val jamoa"

300

Ashʼariy nechi yoshida qaysi ustozi bilan boʻlgan savol-javobdan soʻng moʻtaziliya taʼlimotidan chiqib unga qarshi turishga qaror qiladi?

40 yoshida

Abu Ali al-Jubboiy bilan bo'lgan suhbatdan soʻng

300

3. Kofirning mukofotlanishi (neʼmatlanishi) haqidagi farqlarni aytib bering.

Moturidiy - Kofirlarni bu dunyoda dunyoviy neʼmatlar bilan mukofotlanishi mumkin deydi. Masalan hozirgi kunda koʻplab millioner insonlarning hammasi ham musulmon emas.

Ashʼariy - Kofir na bu dunyoda na oxiratda hech qanday neʼmatlar bilan mukofotlanmaydi. Bunda koʻproq naqliy dalilga tayanib va oʻsha davr nuqtai nazardan kelib chiqib keltirgan.

300

5. Allohning iroda va rizo masalasidagi aqidaviy maktabdagi farqlar ayting.

Moturidiy - Irozda va rizo umumiy tushuncha deb eʼtiqod qiladilar.

Ashʼariy - Iroda va rizo bir birida farq qiladi deydilar

400

"Kitob at-tavxid" asari birirnchi nashri nechinchi yil va qayerda chop etilgan?

1971-yilda Bayrutda "Dor al-mashriq" nashriyotida Fatxullox Xulayf tomonidan chop etilgan

400

Abul Muin an-Nasafiy ta`kidlashicha, Abu Mansur al-Moturidiy kimning darslarida faol ishtirok etgan va ulardan saboq olgan?

Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy, Abu Nasr Ahmad ibn al-Abbos al-Iyodiy, Abu Bakr Axmad ibn Isxoq ibn Slox al-Juzjoniy, Nusayr ibn Yaxyo al-Balhiy, Abu Bakr Muhammad ibn Axmad ibn Rajo al-Juzjoniy.

400

As-Subkiy "Tabaqot ash-shofi'iya al-kubro" nomli asarida Ash'ariyni qaysi asarlari haqida maʼlumot berib oʻtgan?

"al-Umda fir-Ruya", "al-Fusul fir radd alal mulxidin", "al-Mujaz", " Imoma Abi Bakr as-Siddiq", "Holq al-a'mol", "al-Istitoa", "as-Sifat", "ar-Ru'ya", al-Asmo val axkom", "al-Radd alal mujassama", "al-Izox", "al-Lumaʼ as-sagʻir", "al-Lumaʼ al-kabir", "ash-Sharx vat tafsil", "al-Muqaddama", "an-Naqs alal Jubboiy", "an-Naqs alal Balhiy", "Maqolat al-mulxidiy"

400

2. Maʼnaviy farqlar. Allohni tanish masalasida qanday ajratamiz?

Moturidiy - Allohni tanish sharʼan ham aqlan ham vojibdir. Chunki har bir insonga idrok berilgan va u aqlini ishlatib, yaratilgan narsalarga boqib ham Allohni tavfiqi bilan imonli boʻladi

Ashʼariy - Allohni tanish faqat shar'an vojibdir. Bunda koʻproq Ashʼariy naqlga tayanib, Alloh tavfiq bersagina inson imonga keladi deyishadi

400

6. Paygʻambarlarning katta va kichik gunohlardan pok ekanligi haqida ular qanday fikrda?

Moturidiy - Paygʻambarlar gunohlardan pokdir. Qurʼonda kelgan barcha qissalar bashariyat uchun ibratdir.

Ashʼariy - Paygʻambarlar paygʻambar boʻlgunicha kichik gunohlar qilishi mumkin

500

Moturidiya ta`limotinig mashhur vakili Abul muin an-Nasafiy "Tabsirat al-adilla" asarida Moturidiy qalamiga mansub qaysi asarlarni ko`rsatib o`tgan?

"Kitob at -tavxid", "Ta`vilot al-Qur`on al-karim", "Kitob al-maqolat", "Kitob radd al-avoil al-adilla lil Ka`biy", "Kitob radd taxzib al-jadal lil Ka`biy", "Kitob bayon vaxm al-mo`tazila", "Kitob fir radd alal qaromita", "Radd vaid al-fussoq lil Ka`biy", "Radd kitob al-imoma li ba`z ar-ravofiz", "Radd al-usul al-xamsa li Abi Umar al-Boxiliy", "Sharx al-jomi` as-sag`ir", "Kitob al-jadal fi usul al-fiqx", "Ma`haz ash-sharia fi usul al-fiqx".

500

Shayx Abul Qosim Xasan an-Nadaviy o`zining "Rijol al-fikr vad da`va" nomli asarida Moturidiyni qanday sifatlar bilan ta`riflagan?

"Moturidiy insoniy fikrlarning bilimdoni edi. u o`zining ziyrakligi va zakovati bilan boshqalardan alohida ajralib turuvchi ko`plab ilmiy fanlarni mukammmal egallagan olim edi."

500

Ashʼariy moʻtaziliya taʼlimotidan chiqqandan soʻng qaysi shaharga koʻchib ketadi va qaysi sulola qoʻl ostida oʻz faoliyatini davom ettiradi?

Ashʼariy oʻz shahridan Bagʻdodga koʻchib ketadi va Saljuqiylar sulolasi davrida koʻproq naqlga tayangan aqidaviy qarashlari keng yoyiladi

500

Abul Xasan al-Ash'ariyni Mo'taziliyalar taʼlimotidan chiqishiga sabab va qanday voqea bilan bogʻliq toʻliq yoritib gapirib bering.

Abul Xasan al-Ash'ariy bir kuni ustoziga 3 aku uka taqdiri toʻgʻrisida savol beradi. Ustozi oxirgi bergan savoliga javob berolmaganidan soʻng moʻtaziliya taʼlimotida voz kechadi. Bir necha kunlab namozga ham chiqmay qoʻyadi. Taxajjud namozini oʻqigani turib duo qiladi. "Allohdan koʻnglidagi gʻashlikni daf qilishini va uni oʻz xidoyatiga boshlashini" soʻrab duo qiladi. Shunda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam tushlariga kirib, "sening najot topishing faqat mening sunnatimni mahkam tutishing bilan amalga oshadi" deb javob beradilar. ........

500

As-Subkiy o`zining "Tabaqot ash-shofiya al-kubro"asarida shogirtlari yashagan davrni nechtaga va qanday bo`lib chiqqan?

Birinchi davr: Abdulloh ibn Muhammad ibn Axmad at-Toiy, Abul Xasan Boxiliy, Bandor ibnal-Xusayn, Abul Xasan Ali ibn Muhammad Tabariy.

Ikkinchi davr; Abu Bakr Boqilloniy, Abu Bakr ibn Furak.

Uchinchi davr: Abduljabbor ibn Ali Isfaroyiniy.

To`rtinchi davr: Hatib al-Bag`dodiy , Abul Qosim Kushayriy.

Beshinchi davr: Abu Xomid G`azzoliy, Ibn Asokir, Abul Fatx Shaxristoniy.

Oltinchi davr: Faxruddin Roziy, Sayfuddin Omidiy, Izzuddin ibn Abdissalom.

Yettinchi davr: Taqiyuddin ibn Daqiq al-Iyd.

M
e
n
u