Marjinalizm Asoslari
"Marjinal Inqilob" Uchligi
Chegaraviy Foyda va Narx
Neoklassik Iqtisodiy Maktab
Pareto Samaradorligi va Maktab Tahlili
100

Klassik iqtisodchilar tovar qiymatini ishlab chiqarish va mehnat bilan bog'lagan bo'lsa, marjinalizm qiymatni nima bilan bog'laydi?

Iste’molchining xulqi, tanlovi va subyektiv baholashi (oxirgi birlikning foydasi) bilan

100

Tovar qiymatini har bir inson o'sha tovarga bo'lgan zaruratidan kelib chiqib, subyektiv tarzda belgilashini asoslagan avstriyalik olim kim?

Karl Menger

100

Iste’mol qilingan har bir qo‘shimcha mahsulot birligidan olinadigan qo‘shimcha qoniqish iqtisodiyotda nima deyiladi?

Chegaraviy foyda

100

1890-yilda nashr etilgan va talab hamda taklif nazariyasini mukammal tizimlashtirgan "Principles of Economics" asari muallifi kim?

Alfred Marshall.

100

"Hech kimga zarar bermasdan, biror kishining iqtisodiy ahvolini yaxshilash imkoni qolmagan holat" iqtisodiyotda qanday nomlanadi?

Pareto samaradorligi

200

Iqtisodiy qarorlarni "qo‘shimcha" yoki "oxirgi" birlik yordamida tushuntiruvchi oqim qanday nomlanadi?

Marjinalizm

200

Iqtisodiy tahlilga "umumiy iqtisodiy muvozanat modeli"ni olib kirgan fransuz olimi kim?

Leon Valras

200

Chegaraviy foyda nazariyasining asosiy qonuniga ko'ra, mahsulot iste'moli ortib borgan sari chegara foyda qanday o'zgaradi?

Kamayib boradi (Masalan: och odam uchun 1-non eng yuqori foyda bersa, 4-nonning ahamiyati juda past bo'ladi).

200

Neoklassik maktab iqtisodiy jarayonlarni aniq va chuqur tahlil qilish uchun o'z tadqiqotlarida nimalardan keng foydalangan?

Matematik modellar, grafiklar va formulalardan.

200

Neoklassik maktabning eng katta kamchiliklaridan biri — bu real hayotga to'g'ri kelmaydigan, odamlarni qanday xarakterga ega deb hisoblashidir?

"To‘liq ratsional" deb olishi

300

XIX asrning 1870-yillarida klassik maktab inqirozi fonida uchta olim tomonidan bir-biridan mustaqil ravishda yangi g'oyalarning olg'a surilishi iqtisodiyot tarixida qanday nom olgan?

"Marjinal inqilob"

300

Iste’molchining tovardan oladigan foydasi va nafiga tayangan holda "foydaga asoslangan qiymat nazariyasi"ni ishlab chiqqan angliyalik olim kim?

Stenli Jevons

300

Marjinalizmga ko'ra, bozor muvozanat narxi qaysi ikki omilning o'zaro tenglashgan nuqtasida (kesishmasida) shakllanadi?

Chegaraviy foyda

300

1899-yilda chop etilgan "The Distribution of Wealth" asarida ishlab chiqarish omillarining chegaraviy unumdorligi nazariyasini ilgari surgan amerikalik olim kim?

Jon Beyts Klark

300

Pareto optimal holatiga erishilgan bozor iqtisodiyotida resurslar qanday ishlatilgan bo'ladi?

Maksimal darajada samarali (isrof va ortiqcha imkoniyatlar yo'qolgan bo'ladi).

400

Hayot uchun juda muhim bo'lgan suvning arzonligi, lekin unchalik zarur bo'lmagan oltin (yoki olmos)ning qimmatligini marjinalizm qaysi tushuncha orqali izohlab berdi?

Suv va olmos paradoksi

400

Ushbu uchta olim (Jevons, Menger, Valras) bir-birlaridan mutlaqo bexabar holda mahsulot qiymatini taklif emas, balki nima belgilashini ilgari surishgan?

Talab.

400

Nima sababdan iste'molchi mahsulotni ko'p iste'mol qilgani sari, unga to'lashga tayyor bo'lgan narx ham pasayib boradi?

Chunki mahsulot ko'paygan sari undan olinadigan chegaraviy foyda (MU) pasayadi.

400

Neoklassik maktab bugungi kunda iqtisodiyot fanining qaysi yirik tarkibiy qismi (tarmog'i) uchun fundamental asos bo'lib xizmat qilmoqda?

Mikroiqtisodiyot

400

Neoklassik maktab model va laboratoriya sharoitida chiroyli ishlagani bilan, real hayotdagi qaysi yirik iqtisodiy muammolarni to'liq tushuntirib bera olmaydi?

Iqtisodiy inqirozlar va ishsizlikni (shuningdek, ijtimoiy tengsizlik va institutlar rolini).

500

Marjinalizmning vujudga kelishiga turtki bo'lgan asosiy sabablardan biri nima edi?

Klassik nazariyaning qiymatni to‘liq tushuntira olmasligi (yoki bozor iqtisodiyotining rivojlanishi va subyektiv baholash zarurati).

500

Avstriya iqtisodiy maktabining asoschisi hisoblangan va marjinal inqilob uchligiga kiruvchi olimni ko'rsating

Karl Menger.

500

Ishlab chiqaruvchi har bir qo'shimcha mahsulotni tayyorlash uchun sarflaydigan va odatda ishlab chiqarish hajmi ortishi bilan o'sib boradigan xarajat qanday ataladi?

Chegaraviy xarajat

500

Italiyalik olim Vilfredo Pareto o'zining "Manual of Political Economy" asarida asosan iqtisodiyotning qaysi jihatlarini tahlil qilgan?

Daromad taqsimoti va ijtimoiy farovonlikni (hamda Pareto samaradorligini).

500

Agar A shaxsning boyishi B shaxsning kambag'allashishi hisobiga yuz beryotgan bo'lsa, bu Pareto yondashuviga ko'ra qanday holat hisoblanadi?

Pareto optimal (samarali) holat (chunki birovga zarar yetkazmay turib ikkinchi tomonni yaxshilab bo'lmayapti)

M
e
n
u