Intellektual mulkning qaysi turi ixtirochi uchun o'z kashfiyotidan ma'lum muddat (odatda 20 yil) davomida eksklyuziv foydalanish huquqini beradi?
Patent
UNWTO bosh qarorgohi qaysi shaharda joylashgan
Madrid
WTO shtab-kvartirasi qaysi shaharda joylashgan?
Jeneva
Islom dinida majburiy bo'lgan ijtimoiy moliya vositasi nima?
Zakot
1990-yillardagi birja brokerining hayoti va noqonuniy boyib ketishi haqida hikoya qiluvchi film nomi nima?
The Wolf of Wall Street
WIPO nechta xalqaro shartnomani boshqaradi?
26ta
Rivojlanayotgan davlatlarga yordam va turizm strategiyasini ishlab chiqish dasturi nima deyiladi?
Technical Cooperation Projects
Davlat o'z bozorini tashqi raqobatdan himoya qilish uchun qo'yadigan soliqlar nima deyiladi?
Boj (Tariff).
Islom moliyasida noaniqlik va haddan tashqari xavf-xatar bilan bog'liq shartnomalar nima deb ataladi va taqiqlanadi?
G'arar
2008-yilgi jahon moliyaviy inqirozi arafasida bir guruh treyderlar bozorning qulashini oldindan sezib, ipoteka obligatsiyalariga qarshi pul tikishgani haqidagi film?
The Big Short (Katta o'yin)
WIPO moliyalashtirish xususiyatining boshqa BMT agentliklaridan farqi nimada?
BMT agentliklaridan farqli o'laroq, daromadining 93% dan ko'prog'ini a'zo davlatlar badallari emas, balki patentlar, savdo belgilari va sanoat namunalari bo'yicha global IP xizmatlar uchun to'lanuvchi yig'imlardan olishida.
"Travel Enthusiasm" (Sayohatga bo'lgan ishtiyoq) ko'rsatkichi eng yuqori bo'lgandavlat qaysi(2023-yil)?
Avstriya
Xalqaro savdoda import qilinadigan tovarlarning miqdoriga qo'yilgan bunday cheklov iqtisodiy tilda nima deb ataladi?
Kvota
"Musharaka" shartnomasining mohiyati nimada?
Bank va mijoz hamkorlikda loyihaga sarmoya kiritadi va foyda/zararni bo'lishadi.
Film voqealari Yer yuzida oziq-ovqat tanqisligi tufayli barcha odamlar dehqonchilik bilan shug'ullanishga majbur bo'lgan davrda kechadi. Insoniyatni ochlikdan qutqarish uchun NASA tomonidan amalga oshirilgan maxfiy loyiha aks ettiriladi, qaysi film?
Intersteller
Mualliflik huquqini himoya qilish bo'yicha eng ko'hna va asosiy xalqaro hujjat hisoblangan, 1886-yilda qabul qilingan konvensiyani ayting.
Bern konvensiyasi.
Turizm industriyasi global YaIM (Yalpi ichki mahsulot)ning taxminan necha foizini tashkil qiladi?
10%
WTO doirasidagi "Milliy rejim" (National Treatment) tamoyilining mazmuni nimadan iborat?
Import tovarlariga soliq va qoidalar bo'yicha mahalliy tovarlar bilan teng sharoit yaratish.
Bir tomon sarmoya beruvchi (rabb-ul-mal), ikkinchi tomon esa ish boshqaruvchi (mudarib) bo'lgan foydani taqsimlash shartnomasi nima deb ataladi?
Mudaraba
Janubiy Koreyaning ijtimoiy tengsizlikni ko'rsatib bergan, 2020-yilda eng yaxshi film nominatsiyasida Oskar olgan kartinasi?
Parazitlar
Tasavvur qiling, siz yangi turdagi energetik ichimlik ixtiro qildingiz. Siz uni global miqyosda himoya qilmoqchisiz. Buning uchun sizga WIPO doirasidagi 3 ta turli xil himoya kerak bo'ladi, Ular qaysilar?
nomi va logotipi, dizayni, formula
2023-yilda O'zbekistonning qaysi shahri UNWTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasiga mezbonlik qildi va "Dunyo turizm poytaxti" deb e'tirof etildi?
Samarqand
WTO tarkibidagi "Green Box" (Yashil quti) subsidiyalari qishloq xo'jaligida qanday yordam turini ifodalaydi?
Savdoni buzmaydigan, atrof-muhitni asrashga yo'naltirilgan davlat subsidiyalari.
Islom sug'urtasi bo'lib, unda ishtirokchilar o'zaro yordam berish maqsadida umumiy fondga mablag' yig'adilar. Bu tizim qanday nomlanadi?
Takaful
Ushbu animatsion filmda butun boshli shahar "qo'rqinch" energiyasi orqali elektr bilan ta'minlanadi. Keyinchalik ular "kulgi" energiyasi samaraliroq va arzonroq ekanini aniqlaydilar. Bu iqtisodiyotdagi "muqobil energiya manbalariga o'tish" g'oyasini aks ettirgan qaysi multfilm?
Monsters, Inc. (Maxluqlar korporatsiyasi).