TMKlarning XXI asrdagi dolzarbligi nimada?
Ular davlat suverenitetiga real ta’sir ko‘rsatadigan darajada kuchaygan.
Globalizatsiya TMKlar uchun qanday strategik imkoniyat yaratadi?
Yangi bozorlarni egallash va iste’molchilar bazasini kengaytirish.
Transfer narxlash nimani anglatadi?
Filiallar o‘rtasida bozordan farqli narxlarda tovar yoki xizmat sotish.
ISDS tizimi nima uchun yaratilgan?
Davlat qonunlari o‘zgarishi investor zarariga aylanishidan himoya qilish uchun.
Siyosiy lobbiingning qisqa mazmuni nima?
Qonun va siyosiy qarorlarni o‘zgartirishga urinish.
Transmilliy korporatsiya deganda nima tushuniladi?
Bir nechta davlatda faoliyat yurituvchi yirik kompaniya.
Amazonning global ustunligi nimalarga asoslanadi?
Kuchli logistika tarmog‘i va avtomatlashtirilgan texnologik tizimlar.
TMK foydani odatda qaysi davlatlarga ko‘chiradi?
Past soliq stavkalari bo‘lgan davlatlarga.
ISDS davlat suverenitetini qanday cheklaydi?
Davlat milliy sud emas, xalqaro arbitraj qaroriga bo‘ysunadi.
Starbucks – Yevropa Ittifoqi mojarosining sababi nima edi?
Soliqni kamaytirish uchun daromadni kam ko‘rsatish.
Davlat suverenitetining asosiy elementi nimadan iborat?
Mustaqil qaror qabul qilish huquqi.
TMK bosh ofisining asosiy funksiyasi nima?
Global strategiya, moliya va nazorat.
Apple–Irlandiya holatida qanday usul qo‘llangan?
Patent va IP orqali daromadni Irlandiyaga o‘tkazib soliqni kamaytirish.
“Arm’s Length Principle”ning mohiyati nima?
Filiallar bir-biriga bozor narxiga mos narxda operatsiya qilishi kerak.
OECDning TMKlar bilan bog‘liq asosiy vazifasi nima?
Xalqaro soliq qoidalarini ishlab chiqish va koordinatsiya qilish.
TMKlar davlat siyosatiga qanday iqtisodiy bosim orqali ta’sir qiladi?
Investitsiya va soliq siyosatini manipulyatsiya qilish orqali.
TMKning transchegaraviy ishlab chiqarish zanjirida birinchi bosqich qaysi?
Xomashyo va qismlarni boshqa davlatlardan olish.
TMKlar IP orqali soliqdan qanday qochadi?
IP narxini filiallar o‘rtasida sun’iy oshirish yoki kamaytirish orqali.
BEPS tashabbusi qaysi muammoni hal qiladi?
Soliq bazasining eroziyasi va foydaning sun’iy ko‘chirilishi.
TMKlar reklama orqali jamiyatga qanday ta’sir qiladi?
Iste’molchilar xatti-harakatlari va bozor madaniyatiga ta’sir qiladi.
Ish o‘rinlari TMK qo‘lida qanday siyosiy kuchga aylanadi?
Davlat TMKni cheklasa, u ishlab chiqarishni ko‘chirish bilan tahdid qilishi mumkin.
iPhone qayerda yig‘iladi?
Xitoyda.
Davlatlar o‘rtasida ma’lumot almashinuvi zaif bo‘lishi nimaga olib keladi?
TMKlarning tranzaksiyalarni yashirishi va soliqdan qochishi osonlashadi.
Global minimal soliq nima uchun joriy etilmoqda?
TMKlarning soliqdan qochishiga chek qo‘yish uchun.
TMKlar ishchi kuchi ustidan qanday nazoratni amalga oshiradi?
Ishlab chiqarishni boshqa davlatga ko‘chirish bilan bosim o‘tkazadi.