Ilm-fan va kashfiyotlar
Me’morchilik durdonalari
Afrika va Amerika madaniyati
Ta’lim va Ijtimoiy hayot
Faktlar
100

XIV asrda Mirzo Ulug‘bek tomonidan Samarqandda qanday muassasa tashkil etilgan?

Akademiya (tarkibida rasadxona, madrasa va boy kutubxona bo‘lgan).

100

Mudofaa inshootlari ichida qaysi biri tengsiz hisoblanadi va asosan Min sulolasi davrida qurilgan?

Buyuk Xitoy devori.

100

Atsteklar hayotning birlamchi manbayi sifatida nimalarni tushunishgan?

Quyosh nuri va yomg‘irni.

100

Inklarda rasmiy yozuv bo‘lmagani uchun nima deb nomlangan tugunli xatlardan foydalanilgan?

Kipu

100

Yer yuzidagi yashash uchun eng qulay davlat deb qaysi davlat tan olingan?

Canada

200

Islom olamida olimlarning bir-birini tushunishi va fanlarni birgalikda rivojlantirishiga nima katta hissa qo‘shgan?

Xalqlarning umumiy tillarga ega bo‘lishi.

200

Samarkanddagi XV asrga oid mashhur maqbara qaysi?

Go‘ri Amir maqbarasi.

200

Inklar Quyosh xudosi sharafiga nimalarni doimiy ravishda o‘tkazib turishgan?

Diniy marosimlarni.

200

Malida madrasani muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar nima bilan taqdirlangan?

Salla bilan

200

Yer yuzidagi suvning necha % ichishga yaroqli?

1%

300

"Marog‘a inqilobi" deb nomlangan kashfiyotning mohiyati nimada?

Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishining N. Kopernikdan 300 yil oldin isbotlab berilishi.

300

Me’morlar inshootlarni murakkab me’moriy tuzilmalarga aylantirishda qanday geometrik figuralardan foydalanishgan?

Kvadrat, uchburchak va doira.

300

G‘arbiy Afrikada san’atning eng rivojlangan turi qaysi bo‘lgan?

Haykaltaroshlik

300

Tombuktudagi Sankore madrasasida qaysi fanlar o‘rgatilgan?

Matematika, tibbiyot, grammatika va huquq.

300

Tanadagi eng kichik suyak qaysi azomizga joylashgan bo'ladi?

Quloqlarda 

400

XV asrda Koreyada aholining savodxonligini oshirish uchun nima yaratildi?

Yigirma sakkiz harfdan iborat koreys fonetik alifbosi.

400

Inklar tomonidan qurilgan inshootlarning tosh bo‘laklari shunchalik aniq kesilganki, ularni birlashtirishda nima ishlatish shart bo‘lmagan?

Hech qanday qorishma (sement/loy kabi) ishlatish shart bo‘lmagan.

400

Afrika haykallari va niqoblarida hayvonlarga taqlid qilinishi nimani namoyish etgan?

Inson hamda tabiatning o‘zaro jipslikda va hamkorlikda yashayotganligini.

400

Jenne shahridagi madrasada tibbiyot sohasida qanday yutuqlarga erishilgan?

Bezgak kasalligiga qarshi muolajalar va ko‘z sohasidagi murakkab jarrohlik amaliyotlari.

400

Qurbaqa umri davomida necha tonna chivinni yeb bitiradi?

3 tonna

500

XIII asrda Ptolemey nazariyasini inkor etgan Nosiriddin at-Tusiy boshchiligidagi astronomiya maktabining 3 ta vakilini ayting.

Qutb Sheroziy, Muayyad al-Urdiy va Muhammad ash-Shotir.

500

XIII asrga oid uchta me’moriy inshoot nomini ayting.

Qutb minor (Dehli), Sulton Xon karvonsaroyi (Ko‘nyo), Al-Firdavs madrasasi (Halab), Yunlegun monastiri (Shansi) yoki Oq pagoda (Pekin).

500

Atsteklar poytaxti Tenochtitlanda xudolar va xalq qahramonlari sharafiga nimalar barpo etilgan?

Piramida shaklidagi ulkan tosh ibodatxonalari va ularning tosh haykallari.

500

Inklarda jamiyatning qaysi qatlamlari farzandlari Kuskodagi maktablarda o‘qishgan va u yerda nimalar o‘rgatilgan?

Zodagonlarning o‘g‘il farzandlari; ularga din, tarix, huquq va kechua tili o‘rgatilgan.

500

Hojatxona qog'ozi nechanchi yil kashf etilgan?

1857-yil

M
e
n
u