Xalqaro moliya tizimi va uning tarkibi
Xalqaro moliya institutlari (Tarix va sabablar)
Mintaqaviy, Diniy va Tartibga Soluvchi Institutlar
Jahon banki guruhi (XTTB, XRA, XMK)
Amaliy natijalar va O'zbekiston
100

 Davlatlar, xalqaro tashkilotlar va banklar o‘rtasida pul mablag‘lari harakatini ta’minlovchi munosabatlar va mexanizmlar majmuasi nima deyiladi?

Xalqaro moliyaviy tizim (XMT).  

100

Xalqaro moliya institutlari qanday hujjat/kelishuv asosida tashkil etiladi va ular milliy hukumatlarga bo‘ysunadimi?

 Davlatlararo bitim asosida tashkil etiladi va milliy hukumatlarga bo‘ysunmaydi (mustaqil huquqiy subyektlar).  

100

 Shariat qoidalariga muvofiq moliyalashtirishni amalga oshiradigan xalqaro moliya instituti qanday nomlanadi?

 IDB (Islom taraqqiyot banki).

100

 Jahon banki guruhiga kiruvchi XTTB va XRA qisqartmalarining to‘liq nomini ayting.  

 XTTB — Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki; XRA — Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi.  

100

O‘zbekiston bilan Jahon bankining amaldagi portfeli qancha summadan oshgan?  

 12 milliard dollardan oshgan.  

200

Xalqaro moliya tizimining 4 ta asosiy tarkibiy qismlarini ayting.

 Xalqaro valyuta tizimi, To‘lov balansi, Xalqaro kredit munosabatlari yoki Xalqaro moliyaviy institutlar (istalgan ikkitasi).

200

 1929-yildagi qulashdan keyin davlatlar bir-biridan ajralib, o‘z valyutalarini pasaytira boshlagan hodisa qanday nom olgan?

 Raqobatli devalvatsiya (1930-yillardagi Buyuk Depressiya saboqlari).

200

: Manila shahrida joylashgan va 1966-yilda tashkil etilgan mintaqaviy taraqqiyot banki qaysi?  

ADB (Osiyo taraqqiyot banki).

200

 Dunyoning eng qashshoq davlatlariga deyarli foizsiz, uzoq muddatli (30-40 yillik) kredit va grantlar beruvchi Jahon banki tashkiloti qaysi?

XRA (Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi).  

200

XMK tomonidan O‘zbekistondagi shamol elektr stansiyasi qurilishi uchun qancha kredit ajratilgan?

$49 mln (49 million dollar)

300

Mamlakatning boshqa davlatlar bilan valyutaviy tushum va to‘lovlari hisobi xalqaro moliya tizimida nima deb ataladi?  

To'lov balansi

300

1944-yilda AQSh va boshqa davlatlar vakillari yig‘ilib, XVJ va XTTBni tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qilgan mashhur konferensiya qayerda bo‘lib o‘tgan?  

 Bretton-Vuds konferensiyasi (Bretton Woods).

300

 1991-yilda sotsialistik rejimdan o‘tish davri iqtisodiyotlariga ko‘maklashish uchun tashkil etilgan bank qaysi?  

EBRD (Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki).

300

XMK (Xalqaro moliya korporatsiyasi)ning boshqa Jahon banki institutlaridan asosiy farqli xususiyati nimada?

 U xususiy sektorga hukumat kafolatisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri kredit va investitsiya ajratadi.  

300

 Ilgari Jahon bankidan qarz olib, 1990-yillar oxiriga kelib qarz oluvchi davlatdan boshqalarga moliyaviy yordam beruvchi donor davlatga aylangan Osiyo mamlakati qaysi?  

Janubiy Koreya

400

 Nima uchun rivojlanayotgan mamlakatlarga xorijiy kapital kerak? Kamida ikkita sababni keltiring.  

 Ichki resurslar taqchilligi, strategik tarmoqlarni rivojlantirish (energetika, transport), moliyaviy taqchillikni qoplash yoki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish (istalgan ikkitasi).  

400

 Bretton-Vuds konferensiyasida muzokaralar olib borgan ikki asosiy shaxs (AQSh va Buyuk Britaniya vakillari) kimlar edi?  

 Garri Dekster Uayt (AQSh) va Jon Meynard Keyns (Buyuk Britaniya).

400

 MDH mintaqasida faoliyat yurituvchi, O‘zbekiston ham a'zo bo‘lgan mintaqaviy bank qaysi?  

 EABR (Yevroosiyo taraqqiyot banki).  

400

 XTTB (IBRD) xalqaro moliya bozorlaridan juda arzon foizlarda qarz ola bilishiga sabab bo‘ladigan moliyaviy omil nima?

 Uning eng yuqori AAA kredit reytingiga ega ekanligi. AAA kredit retingi--


 bu xalqaro reyting agentliklari tomonidan beriladigan eng yuqori moliyaviy ishonchlilik darajasidir. U tashkilot yoki davlatning qarzlarni o‘z vaqtida qaytarish imkoniyati juda yuqori va majburiyatlarni bajarmaslik (defolt) risqi deyarli yo‘qligini anglatadi.




400

XMK tomonidan O‘zbekistondagi Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi (IES) uchun qancha miqdorda kredit ajratilgan?

$150 mln (150 million dollar).

500

Xalqaro moliya tizimining tarixiy rivojlanishidagi qat’iy valyuta kurslarining suzuvchi kurslarga almashtirilishi bilan tavsiflanuvchi bosqichi qanday nomlanadi va qaysi yillarga to'g'ri keladi?  

 Yamayka valyuta tizimi va 1976-yil

500

 Markaziy banklar uchun "markaziy bank" deb ataluvchi eng qadimiy global moliya instituti qaysi va qachon tashkil topgan?

BIS (Xalqaro hisob-kitoblar banki / Bank for International Settlements) 1930-yil

500

 Bank kapitali, buxgalteriya va risklarni boshqarish bo‘yicha kredit bermay, xalqaro qoidalar va standartlarni belgilovchi qo‘mita qanday nomlanadi?

 Bazel bank nazorati qo‘mitasi,

 Moliyaviy barqarorlik kengashi - FSB

500

Jahon banki guruhi tarkibiga kiruvchi, kredit ajratmaydigan, lekin xorijiy investorlarni notijorat risklardan (urush, ekspropriatsiya) sug‘urtalovchi agentlik qaysi?  

MIGA (Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik).

500

Jahon banki bilan hamkorlikni 1980-yilda boshlab, 1999-yilda XRAdan "bitirgan" (ya'ni eng kambag'al maqomidan chiqqan) va hozirda XTTBning 3-eng yirik aksiyadoriga aylangan mamlakat qaysi?

Xitoy

M
e
n
u