Jamiyat nima?
Insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqa va munosabatlarning nisbatan mustahkam tizimi.
Jamiyat odamlarning ehtiyojidan paydo bo‘ladi, degan fikrni qaysi faylasuf ilgari surgan?
Aflotun.
Ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish qaysi sohaga kiradi?
Iqtisodiy soha.
Insoniyat tarixi tabiiy qonuniyatlarga ega formatsiyalarning almashinishidan iborat, degan qarash qanday ataladi?
Formatsion yondashuv.
O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini nima tashkil etadi?
Turli shakllardagi mulk.
"Jamiyat" so'zi arab tilida qanday ma'noni anglatadi
Jamiyatni tabiatning hosilasi deb kim hisoblagan?
Arastu
Jamiyat siyosiy tizimining asosi va poydevori nima?
Davlat
Texnikani insoniyat tarixining asosiy omili deb hisoblaydigan yondashuv qaysi?
Sivilizatsion yondashuv.
O‘zbekiston iqtisodiyotida qaysi munosabatlarni rivojlantirishga e’tibor qaratilgan?
Bozor munosabatlarini.
Jamiyatning asosiy vazifalaridan biri nima?
O‘z a’zolarining turmush sharoiti uchun zarur jarayonlarni amalga oshirish.
Jamiyat insonlarning komillikka erishishi uchun zarur, deb hisoblagan Sharq mutafakkiri kim?
Abu Nasr Forobiy.
Turli ijtimoiy guruhlar va elatlar o‘rtasidagi munosabatlar qaysi sohaga tegishli?
Ijtimoiy soha.
Sivilizatsion ayniylik mezonlari sifatida din, tarix, til, an’ana va madaniyatni kim qabul qilgan?
Arnold Toynbi.
Fuqarolik jamiyatini barpo etishda fuqarolarning nimalarini kengaytirish muhim?
Erkinliklari, tashabbuslari va ijtimoiy hayotdagi ishtirokini.
Jamiyatda kishilarning birgalikdagi faoliyati natijasida nimalar paydo bo‘ladi?
Ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar va ijtimoiy munosabatlar
Jamiyatda odamlar o‘zini saqlab qolish uchun bitim tuzib, qonunlarga bo‘ysunishi haqidagi qarashlar qaysi davrga tegishli?
Yangi davr falsafasiga.
Ma’naviy ishlab chiqarish, uning jarayoni va natijalari birligi qaysi sohani ifodalaydi?
Jamiyatning ma’naviy sohasi.
Nikolay Danilevskiy nechta sivilizatsiyani yoki madaniy-tarixiy tipni farqlagan?
10 ta
Barcha mulk shakllariga nisbatan davlat qanday kafolat beradi?
Ularning teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini.
Jamiyat falsafasining asosiy vazifasi nima?
Ijtimoiy aloqalarning mohiyatini aniqlash va tushuntirish.
Sivilizatsiyaning shakllanishida dinning belgilovchi ahamiyatini kim ta’kidlagan?
Osvald Shpengler.
Davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar jamiyatning qaysi sohasi tarkibiga kiradi?
Siyosiy soha.
Dunyoni ikki yarim sharli tuzilishda va tarixni megadavriy jarayon sifatida talqin qilgan mutafakkir kim?
Karl Yaspers.
O‘zbekiston siyosiy tizimini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri nima?
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va fuqarolarning ijtimoiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish.