Jarh va taʼdil ilmida roviylarni baholashda qanday odoblar mavjud?
Roviylarni baholashdagi odoblar:
ularning obroʻsiga putur yetkazmaslikka harakat qilish;ulugʻlar va ustozlar huzurida jarh qilmaslik;jarh qilishda ham,ta'dil qilishda ham moʻtadil boʻlish;jarh qilishda ortiqcha soʻzdan saqlanish;hukmlarni toʻliq qayd etish;zarurat boʻlmagan joyda hukm bermaslik.
Jarh yoki taʼdil hukmi qanday turlarga boʻlinadi?
Jarh yoki taʼdil hukmi “mufassar” (sabablari bayon etilgan) va “mubham” (sabablari ochib berilmagan) turlarga boʻlinadi.
Muhaddis jarhni bayon etishda qanday iboralar bilan roviyga nisbatan hukmning sababini qisqacha aytib ketishi mumkin?
Muhaddis jarhni bayon etishda “zaif al-hifz” (xotirasi zaif), “sayyi al-hifz” (xotirasi yomon) kabi iboralar bilan roviyga nisbatan hukmning sababini qisqacha aytib ketishi mumkin.
Jarh va taʼdil qiluvchi kishi uchun arab tilini bilish nima uchun muhim?
arab tilini mukammal bilmagan kishi biror roviy toʻgʻrisida muhaddislarning hukmini naql qilishda uning jarh yoki taʼdil ekanini bilmasdan, jarhni taʼdil, taʼdilni esa jarh sifatida qayd etishi mumkin.
Muhaddislar tomonidan roviyga nisbatan taʼdil hukmi ishlatilib, uning sababi bayon etilmasa, bunday hukm qanday baholanadi?
Muhaddislar tomonidan roviyga nisbatan taʼdil hukmi ishlatilib, uning sababi bayon etilmasa, bunday hukm “mubham” yoki “majhul” taʼdil, deb baholanadi.
Roviyni kinoya bilan baholashning misollari qanday berilgan?
Ayyub Suxtiyoniy bir roviy haqida “هو يزيد في الرَّقْم” (u kiyim narxini oshirib yozadi) deb aytgan.Imom Shofeiy esa, “فلان ليس بشء” (falonchi hech narsa emas), Muhammad ibn Sirin esa, “فلان كما يعلم الله” (falonchi Alloh bilgani kabi) degan iboralarni ishlatib, roviylarning jarh etilganini koʻrsatishar edi.
Jarh va ta'dil ilmi bilan shug'ullanuvchi kishi qaysi hadislarni yodda tutishi lozim?
Muhammad (s.a.v.)ning “ Musulmonlarning barchasining qoni, moli va obroʻsi musulmon uchun harom”, “Moʻmin kishi tahqirlovchi, laʼnatlovchi, fahsh soʻzlovchi va soʻkongʻich boʻlmaydi” hadislarini yodda tutishi lozim boʻladi.
Muhaddislarning ayollar tomonidan berilgan taʼdil hukmini qabul qilishiga keltirilgan asosiy dalil qaysi hadisga tayanadi?
Ifk voqeasida Rasululloh (s.a.v.) Oisha (r.a.) to‘g‘risida Bariradan taʼdil so‘zini so‘rab, uning javobini qabul qilgani — ayolning tazkiyasi hujjat ekaniga dalil bo‘lgan.
Jarh qiluvchi roviyning aynan qaysi rivoyatlarda xato qilgani, bunday rivoyatlarning soni nechtaligi singari maʼlumotlarni ham qayd etadi. Bunday holat qaysi asarlarda kuzatiladi?(Asarlar nomi va ularning mualliflari)
Bunday holat Ibn Adiyning “al-Komil”, Uqayliyning “az-Zuafo” kabi asarlarida kuzatiladi.
Nuriddin Itr jarhning qabul qilinishiga toʻsqinlik qiluvchi omillarni nechta guruhga boʻladi? Ular qaysilar?
a) jarh qiluvchi kishi bilan bogʻliq;
b) jarh qilinuvchi kishi bilan bogʻliq;
d) jarhning oʻzi bilan bogʻliq boʻlgan omillar.
Muhaddislar roviy toʻgʻrisida berilgan jarh yoki taʼdil hukmining qabul qilinishi uchun qanday shartlar ishlab chiqarishgan ?
- jarh yoki taʼdil hukmining moʻtabar isnod bilan sobit boʻlishi;
- jarh yoki taʼdil qiluvchida eʼtirof etilgan shartlarning topilishi;
- jarh hukmining sabablari izohlab berilgani;
- roviyning ismi yoki nasabi maʼlum boʻlmasa-da, uning aynan kim ekani aniq boʻlishi;
- jarh va taʼdil hukmiga monelik qiluvchi sabablar boʻlmasligi.
Jarh va taʼdil qiluvchi kishi erkak yoki ayol bo‘lishi hukmning qabul qilinishiga taʼsir qiladimi?
Madina ahli faqihlari va boshqa bir qator muhaddislar ikki kishidan kamchilikning va ayollarning taʼdilini qabul qilishmagan.
Abu Bakr Boqiloniy, Xatib Bagʻdodiy va Imom Navaviy kabi olimlar esa, jarh va taʼdil qiluvchi kishining erkak yoki ayolligi, hur yoki qul boʻlishi u tomonidan berilgan hukmning qabul qilinishi uchun shart deb hisoblashmagan
Muhaddislar jarh va taʼdil hukmining sabablari bayon etilishi shartligi masalasida yakdil fikrda boʻlishmagan. Ushbu fikrlarni nechta guruhga boʻlish mumkin. Ular qaysilar?
1. “Mubham taʼdil” qabul qilinib, jarh hukmining sabablari bayon etilishi talab etiladi.
2. Taʼdil hukmi sababi bayon etilishi shart, ammo jarhning sababi qayd etilishi lozim emas.
3. Jarh va taʼdil hukmlaridan har ikkisining sabablari bayon etilishi lozim.
4. Jarh va taʼdil hukmini chiqaruvchi kishi ularning sabablarini yaxshi bilsa, undan hukmning sababini bayon etish talab etilmaydi.
Balog'at yoshiga yaqin kelgan,eshitgan narsasini aynan eslab qola oladigan bolalarning biror roviy to'g'risida bergan ijobiy xulosasi qabul qilinadimi?
Qabul qilinmasligini aytishgan,bunga bolalarning shariat hukmlarini, qaysi odam fosiq, qaysi biri adolatli ekanini anglay olmasligi, shu bilan birga aytgan gapi uchun sharʼan javobgar boʻlmaganidan masʼuliyatni his qilmasligini sabab qilib koʻrsatishgan.
Taassubdan xoli bo‘lish nima uchun kerak?
Chunki, kishining shaxsiy gʻarazi hukmga taʼsir qilishi mumkin. Imom Doraqutniyning faqih Abu Hanifa toʻgʻrisida “zaif al-hadis” deb bergan bahosiga toʻxtalib, muhaddis Abdulhay Laknaviy ushbu hukmni Doraqutniyning faqihga nisbatan taassubi bilan bogʻlaydi. Baʼzi kishilar Abu Hanifani fiqh ilmi bilan shugʻullanganlik sababidan ayblashgan boʻlsa, baʼzida hadis imomlarini uchratmagani, balki barcha rivoyatlarni Hammoddan olganini aytib jarh qilishgan. Ushbu qarashlarning asossiz ekani, fiqh bilan shugʻullanishlik fazilatli ish hisoblanishi hamda Abu Hanifa Aʼmash kabi muhaddislardan ham rivoyatlar qabul qilib olgani qayd etilgan.
Jarh ushbu hukmni bergan kishining shaxsi bilan bogʻliq qanday sabablarga koʻra rad etilishi mumkin?
-Jarh qiluvchining oʻzi boshqa ishonchli kishilar tomonidan jarh qilingan boʻlishi mumkin.
- Jarh qiluvchi kishining roviylarni bir yoki bir nechta kichik xatosi sababidan jarh qiladigan qattiqqoʻl olimlardan sanalishi.
- Jarh qiluvchi roviydan keyingi tabaqaga mansub boʻlishi.
- Jarh qiluvchi roviy toʻgʻrisida yetarli maʼlumotga ega boʻlmasligi.
- Zamondosh kishilar oʻrtasidagi gʻarazgoʻylik.
- Aqidadagi ixtilof.
Baʼzida jarh qilinuvchi kishi bilan bogʻliq sabablarga koʻra ham jarh hukmi rad etiladi. Ushbu omil qanday masalalarni oʻz ichiga oladi?
-Jarh qilinuvchi kishi ishonchli ekani mashhur, dinda eʼtirof etilgan boʻlishi.
- Jarh etilgan kishining ushbu hukmga sabab boʻlgan ishdan qaytishi.
- Jarhning isnoddagi boshqa roviy toʻgʻrisida ekani yoki hadis matnidagi xatoning sanadda undan yuqorida turgan roviyga tegishliligi.
Olimlar roviy to'g'risidagi hukmi e'tiborli bo'lgan muhaddislarni nechta guruhga bo‘lganlar?
3 guruhga: 1)Roviylarning aksariyati haqida hukm bildirganlar — Yahyo ibn Ma’in, Ibn Abu Hotim 2)Ko‘plab roviylar haqida hukm bildirganlar — Imom Molik, Shu’ba ibn Hajjoj 3)Ba'zi roviylar haqida hukm bildirganlar — Ibn Uyayna, Imom Shofeiy
Muhaddislar jarh va ta'dil ilmi bilan shug'ullanuvchi kishida qanday xislatlar mavjud bo'lishini ta'kidlaganlar?
Imom Zahabiy bu borada “Roviylar toʻgʻrisidagi soʻz mukammal varaʼ, havoyi nafs va mayldan poklik hamda hadis, uning illatlari va roviylari toʻgʻrisidagi toʻliq bilimga muhtoj”, deb ushbu ilm bilan shugʻullanish mukammal ilm bilan birga taqvoni ham talab etishini taʼkidlagan. Hanafiy mazhabi muhaddislariga koʻra, jarh va taʼdilqiluvchi kishidan ilmli (sharʼiy ilmlarni bilishi), taqvodor va parxezkor, toʻgʻrisoʻz, taassubdan chetda boʻlish hamda jarh va taʼdil sabablarini bilish talab etiladi.
Jarhning oʻzi bilan bogʻliq boʻlgan omillar sababli ham hukm rad etilishi mumkin. Mazkur omillarni keltiring.
Jarhning oʻzi bilan bogʻliq boʻlgan omillar sababli ham hukm rad etilishi mumkin. Mazkur omillarni keltiring.
Jarh qiluvchining oʻzi boshqa ishonchli kishilar tomonidan jarh qilingan boʻlishi mumkin. Bunday holatda qanday yoʻl tutiladi? Ibn Hibbon bu masala haqida nima deydi?
Bunday holatda, uning hukmi boshqa eʼtiborli kishilar hukmiga muvofiq kelishi yoki yoʻqligi inobatga olinadi. Ibn Hibbon “as-Siqot”da ushbu masalaga toʻxtalib, “Adl (adolat talablariga javob beruvchi kishi)ning majruh (jarh qilingan) kishining gapi bilan jarh qilinishi bamaʼnilikdir”, deydi.
Muhaddislar roviy toʻgʻrisidagi taʼdil hukmining eʼtirof etilishi, qabul qilinishiga toʻsqinlik qiluvchi qaysi omillarni sanab oʻtishgan?
- Taʼdil hukmini berishda shartlarni yengillashtirib yuborilgan boʻlishi.
- Mubham (kimligi nomaʼlum) kishiga nisbatan berilgan boʻlishi.
- Taʼdil hukmining yetarli asosga ega boʻlmasligi.
- Taʼdil hukmi muhaddislarning hukmiga zid ravishda berilgan boʻlishi.
- Taʼdil hukmini beruvchi kishi ishonchli deb baholanayotgan roviy bilan bir guruh yoki toifaga mansub boʻlishi.
- Taʼdil hukmida mavjud shartlardan birining topilmasligi.
Nima uchun ba'zi muhaddislar taʼdil hukmi sababi bayon etilishi shart, ammo jarhning sababi qayd etilishi lozim emas, deb hisoblashgan?(Misol keltiring)
Chunki kishilar roviyni adolatli deb baholashda uning asos boʻla olmaydigan koʻplab sifat-xususiyatlarini eʼtiborga olishlari va bu orqali notoʻgʻri hukm chiqarishlari mumkin.
Masalan, Ahmad ibn Yunusga Abdulloh Umariyning “zaif” roviy ekani aytilganda, u “Albatta uni otasidan gʻazablangan rofiziygina “zaif” deb baholaydi. Agar sen u (Abdulloh ibn Umariy)ning soqoli, itoatkorligi va qaddu-bastini koʻrganingda edi, uni “siqa” ekanini bilarding”, deb aytgan. Ushbu rivoyatni tahlil qilib, Ahmad ibn Yunus Abdulloh ibn Umariyni hujjat sifatida baholanmaydigan xususiyat bilan “siqa” deb baholagani hamda nafaqat “adl”, balki “majruh” roviyning ham qaddu-basti chiroyli boʻlishi mumkinligini taʼkidlaydi.
Roviylarni baholashda uch xil metodga amal qiluvchi muhaddislar guruhlari qanday?(ismlari bilan ayting)
Qattiqqo‘l muhaddislar (Shu’ba ibn Hajjoj,Yahyo ibn Said Qatton,Molik ibn Anas,Yahyo ibn Ma’in,Ali ibn Madiniy,Abu Hotim Roziy)
Shartlarni nisbatan yengillashtirganlar (Imom Termiziy, Ibn Hibbon, Hokim Naysoburiy)
Moʻtadil o‘rta yo‘l tutganlar (Ahmad ibn Hanbal, Imom Buxoriy, Abu Zur’a Roziy,Ibn Adiy va Doraqutniy)
Hadis isnodidagi roviyning ismi yoki nasabi maʼlum boʻlmagan holda, “adolat” sifatlari bilan sifatlangan boʻlsa uning rivoyatlari qabul qilinadimi yoki yoʻq? Xatib Bagʻdodiy ushbu masala toʻgʻrisidagi qaysi rivoyatni qayd etadi?
Xatib Bagʻdodiy ushbu masalaga alohida toʻxtalib, Sumoma ibn Hazn Qushayriyning Oisha bint Abu Bakrdan nabiz (xurmodan tayyorlanadigan totli suv) toʻgʻrisida soʻraganda, u habash joriyani chaqirib, “mana shundan soʻra, chunki u Rasululloh (s.a.v.)ga nabiz tayyorlab berardi”, degani toʻgʻrisidagi rivoyatni qayd etadi. Ushbu rivoyatda habash joriyaning ismi maʼlum boʻlmasa-da, ishonchli ekani sababli hadis ham ishonchli baholangan.