1
2
3
4
5
100

Said ibn  Musayyab adlga qanday ta'rif bergan ?

 “Biror asilzoda, olim, hukmdor yoʻqki unda ayb boʻlmasa. Ammo, odamlar orasida ayblari zikr etilmaydigan, fazilatlari nuqsonlaridan koʻp boʻlgan kishilar bor boʻlib, ularning nuqsonlari fazilatiga yoʻgʻriladi"

100

"Zabt" so'zi nimani anglatadi ?

"Bir narsani ushlab qolish "

100

Jumhur ulamolar nazdida adolatli kishi qanday ?

“musulmon, balogʻatga yetgan, oqil, fisq sabablari va muruvvatni botil qiluvchi (illatlar)dan salomat boʻlgan (inson)”dir.

100

Muhaddislar atamasi sifatida "zabt" so'zi nimani ifoda etadi ?

Roviylarning hadisni mukammal egallagan boʻlishi, yaʼni uning sanadi va matniga oid barcha zaruriy bilimlarni bilishi, rivoyatni yozma yoki yodda saqlagan boʻlishi, istalgan vaqtda uni aniq va nuqsonlarsiz bir xil koʻrinishda ayta oladigan boʻlishini ifoda etadi.

100

Hadis ilmida adolat tushunchasi roviyga nisbatan nimani anglatadi ?

Kishining musulmon, balogʻatga yetgan, aqli raso va muruvvatli, taqvodor boʻlishi hamda fosiq boʻlmasligini taqozo qiladi.

200

Muhaddislar keksalik sabab rivoyatlarni aralashtirib yuboradigan roviy borasida qanday hukm berishgan ?

Zabti kuchli vaqtdagi rivoyatlari qabul qilinishini taʼkidlashgan.

200

Ishonchli roviyning adolati haqida so'ralmasligi borasida Yahyo ibn Main Abu Ubayd haqida so'ralganda nima degan ?

“Men kabi kishidan Abu Ubayd haqida soʻraladimi?! Abu Ubayddan kishilar toʻgʻrisida soʻraladi”.

200

Adolatning beshta shartini sanab bering .

Musulmon boʼlishi, balogʼatga yetgan boʼlishi, aqli raso boʼlishi, taqvodor boʼlishi, muruvvatli boʼlishi

200

Imom Zahabiy sahobalarning adli borasida nima degan ?

Imom Zahabiy sahobiylarning barchasi adolatli hisoblansa-da, “adolat” va “zabt”da bir-birlaridan farqlanishini taʼkidlagan.

200

Zabtga qanday shartlar qo'yilgan ?

- roviyning sergak boʻlib, gʻaflatda qolmasligi; 

- agar yodaki aytib bermoqchi boʻlsa, rivoyatni yoddan bilishi; 

- kitobdan oʻqib bermoqchi boʻlsa, uni mukammal holda, ziyon-zahmatsiz saqlagan boʻlishi;

- maʼnoni rivoyat qilmoqchi boʻlsa, jumlaning maʼnosini chuqur anglashi

300

Roviyning zabtini bilishning qanday yo'llari bor ?

- Uning rivoyatlari zabti kuchliligi bilan mashhur boʻlgan kishilarning. rivoyatlariga muvofiq ekani tekshiriladi

- Roviyning yodaki rivoyatlarini uning kitobi bilan qiyoslash.


Shu bilan birga, qadimda roviy yoki muhaddisning zabtini baholashda imtihon qilib koʻrish ham keng tarqalgan. Imom Buxoriyning Bagʻdodda imtihon qilinishlari ham shu jumladandir

300

Bid'atchi kishi rivoyati qabil qilinishi borasida qanday jihatlarga qaraladi ?

Agar bidʼat insonni dindan chiqishiga sabab boʻlsa, uning rivoyatlari qabul qilinmaydi. Bidʼat roviyni musulmonlikdan chiqarmaydigan boʻlsa hamda unga boshqalarni daʼvat qilmasa, uning rivoyatlari qabul qilinadi

300

Muhaddislar roviylarning adolatini aniqlashning qanday yo'llarini sanab o'tishgan ?

- Roviyning adolati haqidagi guvohlik

- Roviyning ahli ilm orasida adolat sifati bilan mashhur boʻlishi

- Kishining hadis talabi bilan mashgʻul boʻlishi.

- Eʼtirof etilgan yirik ulamolarning bir kishidan rivoyat qilishi.

300

Jarh va taʼdil borasidagi ziddiyatli hukmlardan qaysi birini inobatga olish masalasi qanday qismlarga boʻlib oʻrganiladi ?

- ikki yoki undan koʻp muhaddislarning bir roviy toʻgʻrisidagi ziddiyatli hukmi.

- bir muhaddisning ayni roviy haqidagi ziddiyatli ikki hukmi.

300

Jarh va taʼdil hukmining oʻzaro ziddiyatli boʻlishi qaysi omillar bilan bogʻliq ?

- Muhaddislarning roviyga nisbatan berilgan nuqsonlarni baholashdagi shaxsiy ijtihodi.

- Hukm muallifi hisoblangan muhaddisning jarh va taʼdilga doir metodi.

- Roviyning ismi borasidagi yanglishish hamda roviyning isnod zanjiridagi boshqa bir kishi sababli jarh etilishi.

400

Roviy toʻgʻrisida jarh hukmini bergan muhaddislar soni taʼdil qilganlardan kam boʻlganda, jumhur muhaddislarga koʻra, jarh hukmi bir qanday shartlar bilan qabul qilinadi ?

- Jarhning sabablari bayon etilgan boʻlishi.

- sabablarning bartaraf etilgani bayon qilinmagan boʻlishi.

- sabablarning moʻtabar yoʻl (aniq dalillar) bilan inkor etilmagan boʻlishi.

- jarhning eʼtirof etilgan shartlarga javob berishi.

- jarh qilingan roviy ishonchliligi bilan tanilgan kishilardan boʻlmasligi.

400

Roviy bir hadisni rivoyat qilib, ushbu rivoyat taqozo qilgan ishning aksini qiladi yoki unga zid fatvo bersa ushbu holat hadis sahihligiga yoki  isnod zanjiridagi roviylar ishonchliligiga putur yetkazadimi ?

Muhaddislar ushbu holat roviy rivoyatining sahihligiga yoki isnod zanjiridagi kishilarning ishonchliligiga putur yetkazmasligini taʼkidlashgan. Xatib Bagʻdodiy mazkur masalaga toʻxtalib, agar roviy bir shayxdan maʼlum hukmni taqozo qiladigan hadisni rivoyat qilib, ushbu hukmga amal qilmasa, bu uning oʻz shayxini jarh qilganini anglatmasligini taʼkidlaydi.

400

Zabtning "Zabt as- sadr" va "Zabt al-kitoba" turlari nimani ifoda etadi ?

"Zabt as-sadr” roviyning xotirasi kuchli ekanini ifodalab, bunday roviy eshitgan rivoyatni xohlagan vaqtda aynan aytib bera olish malakasiga egaligini anglatadi. Zabtning ushbu turi rivoyatni yoddan aytib beruvchi kishi uchun shart qilinadi.

"Zabt al kitoba" roviyning eshitgan narsasini xatolarsiz, ziyoda yoki nuqsonlarsiz qayd qilishi hamda saqlay olish malakasiga egaligini anglatadi.

400

Roviyning adolati haqida guvohlik borasida Jumhur ulanolar qanday fikr bildirishgan ?

Jumhur ulamolar , bir nafar adolatli roviyning xabari qabul qilinar ekan, uning guvohligi ham qabul qilinishi lozim, degan qarashni ilgari surishgan

400

Roviy o'zidan hadis naql qilgan kishini eslay olmasa buning hukmi qanday bo'ladi ?

Ushbu holatning sabablarini oʻrgangan muhaddislar buning bir nechta koʻrinishlari mavjudligini qayd etib, shunda muvofiq hukm chiqarganlar. Jumladan, shayx oʻzidan hadis rivoyat qilgan kishiga nisbatan “falonchiga rivoyat qilmaganman”, “u menga nisbatan yolgʻon gapiryapti” kabi eʼtirozlarni bildirgan boʻlsa, bunday rivoyatlar rad etiladi. Agar shayx “uni tanimayman” yoki “uni eslay olmayapman” kabi soʻzlarni aytib, ikkilansa ushbu rivoyat qabul qilinadi.

500

Sahobalarning hammalari adolatli bo'lsa unda nega Umar ibn Xattob r.a izn so'rash haqidagi hadisni aytgan Abu Muso al- Ash'ariydan boshqa bir sahobiyning guvohligini talab qilgan ?

Bu sahobaning adolatiga nisbatan bildirilgan eʼtiroz sifatida baholanmaydi. Manbalarda Ali ibn Abu Tolibning: “Agar bir kishi menga Rasululloh (s.a.v.)dan hadis aytsa, unga qasam ichtirardim. Abu Bakr menga hadis aytdi. Albatta Abu Bakr rostgoʻy (boʻlgani uchun undan qasam ichishni soʻramadim)”. Imom Zahabiy sahobiylarning barchasi adolatli hisoblansa-da, “adolat” va “zabt”da bir-birlaridan farqlanishini taʼkidlagan.

500

Adolati ko'pchilikka ma'lum kishining ishonchli ekani to'g'risida alohida qaydlarning mavjud bo'lishi shart qilinmasligi borasida Xatib Bag'dodiy nima degan ?

“Adolati, siqaligi va omonatdorligi bilan mashhur bo‘lgan muhaddis boshqa bir kishining tazkiyasi (taʼdili)ga muhtoj emas”, — deydi. Bunday kishilar safida Molik ibn Anas, Sufyon ibn Uyayna, Sufyon Savriy, Shuʼba, Abu Amr Avzoiy, Ahmad ibn Hanbal va Ali ibn Madiniy kabi mashhur muhaddislarni qayd etgan. Shuningdek, majhul (ismi yoki ishonchliligi maʼlum boʻlmagan) va talabalarga holati mushkullik tugʼdirgan kishilar haqida soʻralishini aytgan

500

Muhaddislar hadislarni yodlamasdan, faqat kitobga yozib boradigan hamda undan soʻralganda yozuvlaridan oʻqib beradigan ishonchli kishining rivoyatlari qabul qilinishi masalasida qanday ixtilof qilganlar ?

birinchi guruh bunday kishining rivoyatlari qabul qilinmasligini taʼkidlashgan. Jumladan, Imom Molikdan soʻralganda, “Yoʻq, olinmaydi. Men tunda uning kitobiga qoʻshib qoʻyilishidan qoʻrqaman”, — degan.


Ikkinchi guruh olimlari esa, xotirasi kuchli boʻlmagan talabalarga eshitganlarini yozib borishni buyurishar edi. Bu borada Hasan ibn Ali: “Oʻrganinglar. Sizlar qavmning kichigi boʻlgan vaqtingizda (ilmni) oʻrganinglar. Ertaga ularning kattalari boʻlasizlar. Sizlardan kim yodlay olmasa, yozib olsin”, degan. Marvon ibn Muhammad esa, “Hadis sohibi 3 narsa: rostgoʻylik, yodlash va yozuvning toʻgʻriligidan behojat boʻla olmas. Agar unda 2tasi boʻlsa-yu, 1tasida xato qilsa ziyon koʻrmaydi. Agar rostgoʻylik va yozuvning toʻgʻriligi boʻlsa-yu, yod olmasa, toʻgʻri kitobga murojaat qiladi va zarar koʻrmaydi”, deydi

500

Baʼzida jarh va taʼdilga doir manbalarda bir muhaddisning ayni roviy toʻgʻrisida oʻzaro zid boʻlgan ikki hukmi mavjud boʻladi bu holatda qanday yo'l tutiladi ?

Ikki hukm jamlanadi. Agar ikki hukm orasini jamlashning imkoni boʻlmasa, ular orasidan ishonchlirogʻi tanlab olinadi. Bunda, jarh hukmining sababi bayon etilgan yoki yoʻqligi kabi xususiyatlar eʼtiborga olinadi.

Baʼzida muhaddisning oʻzi oʻzaro zid hukmning qaysi biri maqbulroq ekani toʻgʻrisida bayon etgan boʻladi. Bunday holda muhaddis bayoni eʼtiborga olinadi

500

Kishining hadis talabi bilan mashgʻul boʻlishi uning adolatli ekaniga dalolat qiladi. Bu haqda Ibn Abdulbar nima degan va uning qarashiga Ibn Saloh qanday fikr bildirgan ?

  (Ushbu ilmni har bir avlodning adolatli kishilari tashiydi...)” hadisiga muvofiq hadis ilmni koʻtarib yuruvchi, u bilan mashgʻul boʻlgan kishi u toʻgʻrisidagi jarh maʼlum boʻlmaguncha, adolatli deb hisoblanishini qayd qilgan.
 Ibn Saloh Ushbu qarash muhaddisning masalada kengchilik qilgani va bu qabul qilinmasligini aytgan. Uning qarashini Saxoviy ham qoʻllab-quvvatlagan

M
e
n
u