ADOLAT SHARTLARI
SAHOBALAR ADOLATI
ZABT TUSHUNCHASI
JARH VA TA’DIL
ROVIY HOLATLARIDAGI MAXSUS HUKMLAR
100

Roviy “adolatli” bo‘lishi uchun birinchi shart – u qanday bo‘lishi kerak?

Musulmon bo‘lishi.

100

Muhaddislarga ko‘ra sahobalarning barchasi qanday hisoblangan?

Adolatli.

100

“Zabt” so‘zining lug‘aviy va istilohiy ma’nosi nima?

Bir narsani mahkam ushlab qolish. Muhaddislar atamasi sifatida roviylarning hadisni mukammal egallagan boʻlishi, yaʼni uning sanadi va matniga oid barcha zaruriy bilimlarni bilishi, rivoyatni yozma yoki yodda saqlagan boʻlishi, istalgan vaqtda uni aniq va nuqsonlarsiz bir xil koʻrinishda ayta oladigan boʻlishini anglatadi.

100

Jarh nima?

Roviy yoki guvohga uning gapi eʼtiborga olinmasligi, unga amal qilinmasligiga sabab boʻluvchi salbiy shaxsiy sifatlarning nisbat berilishiga jarh deb aytiladi.

100

Fosiq roviy tavba qilsa, uning rivoyati qanday bo‘ladi?

Qabul qilinadi.

200

Nima uchun balog‘atga yetmagan bola adolatli roviy hisoblanmaydi?

Chunki u fiqhiy mas’ul bo‘lmaydi va javobgarlik yuklanmaydi.

200

Ali Ibn Abu Tolib (r.a) Abu Bakr (r.a)ning adli borasida nima  deganlar?

 “Agar bir kishi menga Rasululloh (s.a.v.)dan hadis aytsa, unga qasam ichtirardim. Abu Bakr menga hadis aytdi. Albatta Abu Bakr rostgoʻy (boʻlgani uchun undan qasam ichishni soʻramadim)”

200

Zabt necha qimsga bo'linadi?

"Zabt as-sadr"

"Zabt al-kitoba"

200

Mashhur jarh va ta'dil olimlari kimlar?

 Imom Termiziy, Navaviy, Munziriy, Ibn Rajab Hanbaliy, Ibn Hajar Asqaloniy, Jaloliddin Suyutiy,

200

Bid’atchi roviy rivoyati qachon qabul qilinmaydi?

Agar bid’ati uni dindan chiqaradigan bo‘lsa.

300

Muruvvatning adolat shartidagi ma’nosi nima?

Shariatga xilof bo‘lmagan odob-urfga rioya qilish.

300

Umar (r.a.) Abu Muso (r.a.)dan hadis aytganda undan guvohlik so'raganda kim guvoh bo'lgan?

Abu Said Xudriy (r.a)
300

Zabtning nechta sharti mavjud? ularni sanang.

- roviyning sergak boʻlib, gʻaflatda qolmasligi; 

- agar yodaki aytib bermoqchi boʻlsa, rivoyatni yoddan bilishi; 

- kitobdan oʻqib bermoqchi boʻlsa, uni mukammal holda, ziyon-zahmatsiz saqlagan boʻlishi;

- maʼnoni rivoyat qilmoqchi boʻlsa, jumlaning maʼnosini chuqur anglashi.

300

Kimning fikriga ko‘ra, adolati bilan mashhur roviy boshqa muhaddislarning ta’diliga muhtoj emas?

Xatib Bag‘dodiy

300

Kim “Kishining yurtdoshlari uni bilguvchiroqdir” deb, alohida taʼkidlagan?

Hammod ibn Zayd


400

Said ibn Musayyab "adl" borasida qanday fikr aytganlar?

“Biror asilzoda, olim, hukmdor yoʻqki unda ayb boʻlmasa. Ammo, odamlar orasida ayblari zikr etilmaydigan, fazilatlari nuqsonlaridan koʻp boʻlgan kishilar borboʻlib, ularning nuqsonlari fazilatiga yoʻgʻriladi” 

400

Kimdan Abu Ubayd haqida so'ralganda, “Men kabi kishidan Abu Ubayd haqida soʻraladimi?! Abu Ubayddan kishilar toʻgʻrisida soʻraladi”, deydi?

Yahyo ibn Ma'in

400

Imom Molik faqat "Zabt al-kitoba" bilan shug'ullanib, hadis matnini yodlamagan roviylar hadisi olinishi yoki olinmasligi borasida nima deydilar?

 “Yoʻq, olinmaydi. Men tunda uning kitobiga qoʻshib qoʻyilishidan qoʻrqaman”, — deganlar.

400

Jarh va ta’dilning ziddiyatli bo‘lishi nima bilan bog'liq?

Muhaddislarning shaxsiy ijtihodi va metodlari bilan.

400

Qaysi holatda shayxning “tanimayman” degani rivoyatni rad etishga sabab bo‘lmaydi?

Agar shayx “uni eslay olmayapman” deb shubhalansa.

500

Jumhur ulamolar nazdida adolatli kishi ta'rifining arabchasini ayting.

هو المسلم، البالغ، العاقل، الذي سلم من أسباب الفسق، وخوارم المروءة

500

Muhaddislar  roviylarning adolatini aniqlashning qanday yo'llarini sanab o'tishgan?

- roviyning adolati haqidagi guvohlik;

- roviyning ahli ilm orasida adolat sifati bilan mashhur boʻlishi;

- kishining hadis talabi bilan mashgʻul boʻlishi;

- eʼtirof etilgan yirik ulamolarning bir kishidan rivoyat qilishi.

500

Marvon Ibn Muhammad "zabt" borasida nima deydi?

 “Hadis sohibi 3 narsa: rostgoʻylik, yodlash va yozuvning toʻgʻriligidan behojat boʻla olmas. Agar unda 2tasi boʻlsa-yu, 1tasida xato qilsa ziyon koʻrmaydi. Agar rostgoʻylik va yozuvning toʻgʻriligi boʻlsa-yu, yod olmasa, toʻgʻri kitobga murojaat qiladi va zarar koʻrmaydi”.

500

Jarh va ta'dil hukmining o'zaro ziddiyatli bo'lishi qanday omillarga bog'liq?

- muhaddislarning roviyga nisbatan berilgan nuqsonlarni baholashdagi shaxsiy ijtihodi.

- hukm muallifi hisoblangan muhaddisning jarh va taʼdilga doir metodi.

- Roviyning ismi borasidagi yanglishish hamda roviyning isnod zanjiridagi boshqa bir kishi sababli jarh etilishi.

500

Imtihonlarda roviyning zabti qanday tekshirilgan? 

Yoddan aytgan hadislarini kitobi bilan qiyoslab ko‘rish orqali.

M
e
n
u