"Ta'dil" so'zining lug'aviy ma'nosi nima ?
“Taʼdil” - “addala” soʼzining masdari boʻlib, lugʻatda “adolatli deb topish” maʼnosini anglatadi
Imom Buxoriyning “at-Tarix al-kabir" asarida zikr etilgan roviylar soni qancha ?
13800 ta
Zaif roviylar mavzusida kitob yozish qachondan ommalasha boshladi ?
Hijriy III asrdan boshlab
Ibn Hibbon va Hokim Naysoburiy jarh etilgan roviylarni necha guruhga bo‘lganlar ?
Ibn Hibbon - 20 guruhga
Hokim Naysoburiy - 10 guruhga
“Jarh” so‘zining lug‘aviy ma‘nosi nima ?
Lugʻatda “yaralash”, “taʼna qilish” kabi maʼnolarni anglatadi.
Jarh va Ta'dil ilmi paydo bo'lishi qaysi davrga to'g'ri keladi ?
Bu ilm rivojini oʻrgangan tadqiqotchilar, uni ilk islom davrida roʻy bergan diniy-siyosiy ixtiloflarga bogʻlashgan.
Muhaddislar Jarh va Ta'dilni qanday ta'riflashadi ?
“هو علم يبهث فيه عن قواعد جرح الرواة وتعديلهم”
Roviylar jarh va taʼdili qoidalari oʻrganiladigan ilm) sifatida taʼriflasha.
"Jarh" istilohda qanday ma'noni anglatadi ?
Roviy yoki guvohga uning gapi eʼtiborga olinmasligi, unga amal qilinmasligiga sabab boʻluvchi salbiy shaxsiy sifatlarning nisbat berilishiga aytiladi.
Jarh va ta'dil ilmi joizligiga Qur'oni karimning qaysi oyati dalil qilinadi ?
Hujurot 6
"Ta'dil" so'zi istilohda qanday ma'noni anglatadi ?
Roviy yoki guvohga uning gapi eʼtiborga olinib, amal qilinishiga sabab boʻluvchi shaxsiy ijobiy sifatlarning nisbat berilishiga “taʼdil” deb aytiladi.
Imom Zahabiy kimni hadislarni qabul qilishda ehtiyotkorlik qilgan shaxs sifatida tasvirlaydi ?
Abu Bakr r.a
Jarh va ta'dil ilmining ilk belgilari payg'ambar a.s ga tegishli ekanligi qaysi hadisda o'z aksini topadi ?
Imom Buxoriyning “al-Jomeʼ as-sahih”da keltirilgan “Zulyadayn hadisi”ida Muhammad (s.a.v.) sahobiyning diqqati va zabtini tekshirish uchun atrofdagi boshqa sahobiylardan bu haqida soʻragan va bu orqali “jarh va taʼdil”ning joizligi haqida xabar bergan.
Muhammad ibn Sirrin rivoyatidagi fitnadan murod qaysi fitna ekanligi to'g'risida G. Yeynbol qanday fikr bildirgan ?
Mazkur rivoyatdagi “fitna”ni Abdulloh ibn Zubayrning oʻldirilishi bilan bogʻlaydi. Shunga koʻra, hadislarda isnodning qoʻllanishini hijriy 70-yillar boshlariga toʻgʻri keladi, degan xulosani beradi.
Muhaddis ibn Adiy kimlarni kishining yolgʻon gapirishi aniqlansa, bu haqda boshqalarga ham aytishni joiz sanaganlar qatorida zikr etadi ?
Sahobiylardan Umar, Uboda ibn Somit (vaf. 34/654-y.), Ali ibn Abu Tolib, Abdulloh ibn Solim (vaf. 43/663-y.), Oisha bint Abu Bakr, Abdulloh Ibn Abbos va Anas ibn Molik.
Tobeinlar orasida kimlar hadislarni saralash bilan shugʻullangan va Jarh va Ta'dilda mashhurlikka erishgan ?
Ibrohim Naxoiy , Sha'biy, Tovus ibn Kayson, Muhammad ibn Sirrin
Madinadagi mashhur hadis ilmi bilan shug'ullangan tobein ulamolar qaysilar ?
Said ibn Musayyab, Ali ibn Husayn, Abu Salama Abu Abdurahmon ibn Avf
Imom Termiziy qaysi Iroqlik tobeinlarni jarh va ta'dilga oid fikrlari mavjudligini qayd etgan ?
Hasan Basriy, Tovus ibn Kayson, Said ibn Jubayr, Ibrohim Naxoiy, Omir Sha'biy ,
Ibn Adiy tobeinlardan kimlarni roviylarni tanqidiy o'rgangan olimlar sifatida qayd etgan ?
Avzoiy, Shuʼba ibn Hajjoj, Molik ibn Anas, Ibn Muborak, Hushaym ibn Bashir , Jarir ibn Abdulhamid , Fazl ibn Muso Sinoniy , Yahyo ibn Said Qatton va Ibn Uyayna
Imom Muslim qaysi asarida va kimni roviyning isnodsiz hadisini qabul qimaganini qayd etgan ?
Imom Muslim “Sahih”i muqaddimasida Abdulloh ibn Abbosni
Tobeinlar roviyning zabtini aniqlashda qanday metodlarni qo'llashgan ?
“Roviyning avvalgi rivoyatlari bilan keyingi rivoyatlarining orasidagi qarama-qarshilik”, “Bir shayxning bir nechta talabalaridan qilingan rivoyatlarini qiyoslash”, “Bir shayxning rivoyatlarini boshqa shayx rivoyati bilan qiyoslash.
Muhammad ibn Sa'dning jarh va ta'dilga oid ma'lumotlarni o'zida jamlagan asari qaysi va asarning tuzilishi qanday ?
“at-Tabaqot al-kubro” asarda 4725 nafar roviyning ishonchli yoki zaifligi, rivoyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ularning tabaqalariga muvofiq tartiblangan.
Hijriy uchinchi asrdan boshlab zaif roviylar to'grisida qanday asarlar yozildi ?
Imom Nasoiyning “az-Zuafo va al-matrukin”, Muhammad ibn Amr Abu Jaʼfar Uqayliyning “az-Zuafo”, Ibn Hibbon Bustiyning “Maʼrifa al-majruhin min al-muhaddisin”, Ali ibn Umar Doraqutniy va Abdurahmon Abulfaraj Ibn Javziylarning “az-Zuafo va al-matrukin"
Imom Buxoriyning jarh va ta'dilga oid asarlari haqida ma'lumot bering ?
“at-Tarix al-kabir” bu asar hajmi kattaligi jihatidan ushbu turkumdagi kitoblar orasida ajralib turadi. Unda zikr etilgan roviylar soni 13800 taga yetadi. Unda Muhammad (s.a.v.) zamonidan Imom Buxoriy zamonigacha boʻlgan davrda yashagan va hadis rivoyat qilgan roviylar tartib bilan jamlangan.
“at-Tarix al-avsat” kitobi eaa 1691 nafar roviy toʻgʻrisidagi muhim maʼlumotlarni qamrab olgan manba hisoblanadi. Kitob Habashistonga hijrat qissasidan boshlanib, Muhammad (s.a.v.)ning Makka va Madinadagi hayotlari, u zot hayotlik vaqtida vafot etgan keyin chahoriyorlar davrida vafot etgan sahobalar tarjimai hollari qayd qilingan. Shundan keyin roviylar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar 10-yilliklarga boʻlib bayon qilingan. Kitob 240-250-yillar vafot etgan roviylar tarjimai hollari bilan kitob yakunlangan.
Jarh va ta'dilga oid manbalardan hisoblanagn "Sualot" turkumidagi kitoblar qanday bo'ladi va bu turkumdagi kitoblardan qaysilari mashhur hisoblanadi ?
Unda muallif roviylar haqida oʻz ustoziga bergan savollarni va ustozining shu boʻyicha bergan javoblarini jamlaydi . Ulardan Junaydning Yahyo ibn Mainga , Muhammad ibn Usmon ibn Abu Shaybaning Ali ibn Madiniyga , Abu Dovud Sijistoniyning imom Ahmad ibn Hanbalga , Imom Termiziyning Imom Buxoriyga (vaf. , Abu Ubayd Ojurriyning Abu Dovudga, Abu Abdurahmon Sulamiy, Abu Abdulloh Ibn Bukayr, Barqoniy, Hokim Naysoburiy, Hamza ibn Yusuf Sahmiylarning Doraqutniyga
Abu Yusuf Yaʼqub ibn Sufyon Fasaviyning jarh va ta‘dilga oid asari qaysi va asar qay tartibda tuzilgan ?
“al-Maʼrifa va at-tarix” Kitob uchta jilddan iborat boʻlib, uning birinchi qismi yoʻqolgan. Manbada sahoba, tobein va tabaa tobeinlar tarjimai hollari keltirilgan. Muallif madinalik tobeinlar tarjimai hollarini tartiblashda ularning faqihlarini boshqalardan avval bayon qilgan