Suvning tanqisligining ikki turi qanday nomlanadi
jismoniy va iqtisodiy tanqislik
Ikki yoki undan ortiq davlat hududidan oqib o'tuvchi daryo va ko'llar nima deb ataladi?
Transchegaraviy suv resurslari
bugungi kunda suvning eng katta ulushi qaysi sohada iste'mol qilinadi?
Qishloq xo'jaligida
Suvv tarmoqlarida yo'qotishlarni kamaytirish uchun qanday texnik yechim taklif etilgan?
Suv tarmoqlarini betonlash va yopiq quvurlar orqali o'tkazish
nima u-n suv resurslarini boshqarishda "transchegaraviy hamkorlik" tushunchasi aynan Amudaryo va Sirdaryo havzalari uchun hayotiy ahamiyatga ega?
chunki bu daryolar bir nechta davlat hududidan oqib o'tadi va bir davlatning suvdan asossiz foydalanishi boshqalarida suv tanqisligiga, ekologik inqirozga olib kelishi mumkin.
XXI asrda suv tanqisligining yuzaga chiqishiga sabab bo'layotgan asosiy omillar nimalar?
Aholi soning ortishi,urbanizatsiya, sanoatlashtirish va iqlim o'zgarishi
Suv resurslarini boshqarishdagi IWRM( integratsiyalashgan yondashuv) ning asosiy maqsadi nima?
Iqtisodiy samaradorlik,ekologik barqarorlik va ijtimoiy adolatni ta'minlash
Qishloq xo'jaligida suvni tejash uchun qanday zamonaviy texnologiyalar tavsiya etiladi?
Tomchilatib va yomg'irlatib sug'orish
Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etuvchilar uchun qanday iqtisodiy rag'batlar ko'zda tutiladi?
Subsidiyalar va kreditlar
Suv xo'jaligida "investitsiya samaradorligi' nuqtai nazaridan, ochiq kanallarni betonlash yoki yopiq quvurlarga o'tkazish qanday iqtisodiy muammoni hal qiladi?
Filtratsiya ( suvning yerga shimilishi) va bug'lanish natijasidagi isrofgarchilikni kamaytiradi, bu esa qishloq xo'jaligida bir birlik suv evaziga olinadigan mahsulot hajmini oshiradi
Qishloq xo'jaligida suv isrofgarchiligining asosiy sababi nima?
Sug'orishning samarasiz usullari
Yevropaning 10 dan ortiq davlati hududidan oqib o'tuvchi transchegaraviy daryo qaysi?
Dunay
Suv siyosatining infratuzilmani modernizatsiya qilish yo'nalishi nimalarni o'z ichiga oladi?
Eski kanallarni ta'mirlash, suv omborlarini qurish va tozalash inshootlarini yangilash
Suv xo'jaligida ekologik yondashuvlar qatoriga nimalar kiradi?
oqova suvlarni tozalash va daryo havzalarini biologik restavratsiya qilish
- bonusda
- 300
Bonus
+400
Markaziy Osiyodagi asosiy transchegaraviy suv resurslarini sanab o'ting
Amudaryo va Sirdaryo
Davlat suv siyosatida aholi o'rtasida nimani shakllantirish muhim hisoblanadi?
Suvdan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish
Suvdan foydalanishda tartibni saqlash uchun qanday jazo choralari taklif qilinadi?
Suv isrofgarchiligi uchun jarimalar joriy etish
'Suv stressi " holatida davlat nima uchun suv narxini subsidiyalashdan voz kechib, uni bozor narxiga yaqinlashtishi kerak?
Past yoki tekin narx suvga nisbatan befarq munosabatini va isrofgarchilikni rag'batlantiradi. Bozor narxi va iste'molchilarni suv tejovchi texnologiyalarga sarmoya kitishga majbur qiladi
Suv tanqisligining iqtisodiy shakli nimani anglatadi?
Suv resursi mavjud bo'lsa-da,infratuzilma yomonligi sababli undan foydalanish imkoni yo'qligi
Transchegaraviy hamkorlik doirasida davlatlar o'rtasidagi daryolarni boshqarish uchun qanday tuzilmalar tashkil etiladi?
Maxsus shartnomalar, qo'shma komissiya va xalqaro tashkilotlar
Suv resurslarini boshqarishda huquqiy jihatdan qanday choralar ko'riladi?
Aniq qonunlar qabul qilinadi, nazorat mexanizmlari kuchaytiriladi va mas'ul tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtiriladi
Suv xo'jaligidagi institutsional o'zgarishlar nimadan iborat?
Suv xo'jaligi tashkilotlarini qayta tashkil etish va suv foydalanuvchilar uyushmalarini kuchaytirish
Iqlim o'zgarishi natijasida muzliklarning erishi qisqa muddatda daryolardan suv ko'payishiga sabab bo'lsada, nima uchun uzoq muddatda bu iqtisodiy halokat deb baholanadi?
Qisqa muddatda suv ko'paysa-da, muzliklar ( tabiiy suv omborlari) tugashi bilan daryolarning yozgi mavsumiy to'yinishi to'xtaydi.Bu vegetatsiya davrida suvning keskin kamayishiga,qurg'oqchilikka va natijada oziq-ovqat xavfsizligining butunlay izdan chiqishiga olib keladi