Qonun asoslari va ta’riflar
Nazorat turlari va vakolatli organlar
Shubhali va gumonli operatsiyalar
Banklardagi ichki nazorat
Xalqaro talablar va FATF
100

“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar” nima?

Jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk, shuningdek bunday mol-mulkdan foydalanish orqali olingan foyda yoki naf.

100

O‘zbekiston Respublikasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi qaysi tuzilma?

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti (yoki avvalgi nomi – Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash departamenti).

100

Bank qanday hollarda mijozning operatsiyasini tuzatib turishi (to‘xtatib turishi) shart?

Agar mijoz terrorchilik faoliyatida yoki omnaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa.

100

Banklarda ichki nazoratni tashkil etishdan maqsad nima?

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm va omnaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish.

100

FATF so‘zining to‘liq ma’nosi nima?

Financial Action Task Force on Money Laundering (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiqaruvchi guruh).

200

“Legallashtirish” deganda qanday harakatlar tushuniladi?

Pul mablag‘lari yoki mol-mulkning kelib chiqishiga qonuniy tus berish, ularning asl xususiyati, manbai, turgan joyi, egasini yashirish.

200

Ichki nazorat deganda nima tushuniladi?

Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyati.

200

 “Bir martalik operatsiya” deganda nima tushuniladi?

 Mijozlar tomonidan bank hisobvarag‘ini ochmagan holda, kamida bir oy davomida takrorlanmaydigan, bir martalik tartibda amalga oshiriladigan operatsiyalar.

200

Ichki nazorat xizmati xodimlari soni qanday belgilanadi?

Tavakkalchiliklarni hisobga olgan holda; filiallari 50 va undan ortiq bo‘lgan banklarning bosh ofisida 10 tadan kam bo‘lmasligi kerak.

200

O‘zbekiston qaysi tashkilotning a’zosi – FATF yoki uning mintaqaviy guruhi?

O‘zbekiston FATFning mintaqaviy guruhi – Yevroosiyo guruhi (EAG) a’zosi.

300

“Terrorizmni moliyalashtirish” ta’rifini aytib bering.

Terrorchilik tashkilotini mavjud bo‘lishi, faoliyati, terrorchilik harakatini tayyorlash va sodir etish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita mablag‘, resurs berish yoki yig‘ish.

300

Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash bo‘yicha idoralararo komissiyaning ishchi organi qaysi tuzilma?

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti.

300

Qanday holatda bank mijozi tomonidan BHMning 500 baravaridan ortiq naqd pul yechish gumonli operatsiya hisoblanadi?

Jismoniy shaxsning hisobvarag‘idan operatsiya amalga oshirilgan kunda BHMning 500 baravariga teng yoki undan ortiq summa naqd ko‘rinishda yechilganda.

300

Qaysi hujjat asosida tijorat banklarida ichki nazorat qoidalari joriy etilgan?

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning 2017-yil 17-apreldagi 343-V va 14-son qaroriga ilova.

300

O‘zbekistonning jinoiy daromadlarni legallashtirish bo‘yicha milliy tizimi qachon o‘zaro baholanishi rejalashtirilgan edi?

2019-2020 yillar.

400

Qachon “omnaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish” hisoblanadi?

Yadro, kimyoviy, biologik va boshqa turdagi omnaviy qirg‘in qurolini, uni yaratishda ishlatiladigan materiallar va uskunalarni yaratish, olish, saqlash, o‘tkazish maqsadida mablag‘ yoki resurs berish yoki yig‘ish.

400

Qaysi hujjat bilan “Idoralararo komissiya” tashkil etilgan?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentabrdagi PQ-3947-son qarori.

400

Mobil ilova orqali bir bank kartasidan 5 ta xorijiy elektron hamyonga pul o‘tkazish qachon shubhali bo‘ladi?

Bir vaqtning o‘zida yoki 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda bir necha marta, BHMning 500 baravari va undan ortiq summa o‘tkazilganda.

400

Bank qanday hollarda mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan choralarini qo‘llaydi?

Ochiq manbalardan qo‘shimcha ma’lumot to‘plash, pul mablag‘lari manbalari haqida so‘rash, operatsiya maqsadlarini o‘rganish, doimiy monitoring yuritish.

400

Qaysi davlatlar “o‘zaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlar” deb hisoblanadi?

FATFning rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tug‘diruvchi, jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash tizimida strategik kamchiliklari bor deb belgilangan davlatlar va hududlar.

500

O‘zbekiston Respublikasining ushbu sohadagi asosiy qonuni qachon qabul qilingan va qachon o‘zgartirishlar kiritilgan?

2004-yil 26-avgust – qabul qilingan; 2019-yil 15-yanvar – qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan.

500

Maxsus vakolatli organning asosiy vakolatlaridan uchtasini sanang.

  1. Shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlarni qabul qilish va tahlil qilish;

  2. Terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan shaxslar ro‘yxatini yuritish;

  3. Bank va boshqa tashkilotlarning ichki nazorat qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.

500

Shubhali operatsiyalar ro‘yxatiga 2023-yilda kiritilgan yangi mezonlardan uchtasini ayting.

  1. Mobil ilova orqali 5+ bank kartasidan bitta xorijiy elektron hamyonga pul o‘tkazish;

  2. Bitta xorijiy elektron hamyondan 5+ bank kartasiga pul olish;

  3. Bitta bank kartasidan 5+ xorijiy bank kartasiga pul o‘tkazish.

500

Bankning ichki nazorat tizimi qaysi uch elementdan tarkib topadi?

  1. Nazorat muhiti;

  2. Ichki nazorat turlari;

  3. Ichki nazorat subyekti va obyekti.

500

O‘zbekiston banklari norezident banklarga 50 EKIHgacha pul o‘tkazishda qanday minimal ma’lumotlarni taqdim etishi shart?

F.I.O. va agar hisobvarag‘idan foydalanilgan bo‘lsa – uning raqami yoki operatsiyaning noyob raqami.

M
e
n
u