Bir qancha jinoyat sodir etishning qanday turlari mavjud va ular jinoyat kodeksining nechanchi moddasida keltirilgan?
- takroran jinoyat sodir etish; (32-modda)
- jinoyatlar majmui; (33-modda)
- residiv jinoyat sodir etish. (34-modda)
Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlarni sanab bering va ular jinoyat kodeksining nechanchi moddalarida keltirilgan?
- kam ahamiyatli qilmishlar (JK 36-m.);
- zaruriy mudofaa (JK 37-m.);
- oxirgi zarurat (JK 38-m.);
- ijtimoiy xavfli qilmishni sodir et-gan shaxsni ushlash chog‘ida zarar yetkazish (JK 39- m.);
- buyruq yoki boshqacha tarzdagi vazifa-ni bajarish (JK 40-m.);
- kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘-liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik (JK 41-m.).
- jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish (JK 411-m)
Jazo nima?
Jazo deb - jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qo'llanadigan va makumni qonunda nazarda tutilgan aniq huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki cheklashdan iborat bo'lgan majburlov chorasiga aytiladi.
Retsidiv jinoyat nima va uning turlarini sanab bering
Retsidiv jinoyat deb - muqaddam qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati mavjud bo‘lgan shaxs tomonidan qasddan yangi jinoyat sodir etilishiga aytiladi.
- oddiy;
- xavfli;
- o‘ta xavfli retsidiv jinoyatlar
Men tirik emasman, lekin o'saman; Mening o'pkam yo'q, lekin menga havo kerak; Mening og'zim yo'q, lekin suv meni o'ldiradi. Men nimaman?
yong'in
+200
+200
-200
-200
Majburiy jamoat ishlari kimlarga nisbatan qoʻllanilmaydi?
- pensiya yoshiga etgan shaxslarga;
- o'n olti eshga to'lmagan shaxslarga;
- homilador ayollarga;
- uch yoshga to'lmagan bolalari bor ayollarga;
- birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga;
- harbiy xizmatchilarga;
- Chet el fuqarolariga va O'zbekiston Respublikasi doimiy yashamaydigan fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga.
Jazo tizimi nima va uning turlarini sanab bering
Jazo tizimi deb - jinoyat qonunida belgilangan tartibda og‘irlik darajasiga ko‘ra, yengilidan og‘iriga qarab joylashtirilgan jazo turlari yig‘indisiga aytiladi.
- jarima;
- muayyan huquqdan mahrum qilish; - majburiy jamoat ishlari;
- axloq tuzatish ishlari;
- xizmat bo‘yicha cheklash;
- ozodlikni cheklash;
- intizomiy qismga jo‘natish;
- ozodlikdan mahrum qilish;
- umrbod ozodlikdan mahrum qilish.
- harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish.
- muayyan huquqdan mahrum qilish.
Mening shaharlarim bor, lekin uylarim yo'q. Mening o'rmonlarim bor, lekin daraxtlarim yo'q. Menda suv bor, lekin baliq yo'q. Men nimaman?
Xarita
Davomli jinoyat nima va davomli jinoyatga jinoyat kodeksi moddalaridan kamida 2 ta misol ayting?
Davomli jinoyat deb - yagona qasd bilan qamrab olingan bitta jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi jinoyat ob’ektiv tomon harakatlarini bo‘lib-bo‘lib bajarishda ifodalanadigan jinoyat turiga aytiladi.
Masalan, O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish (JK 103 moddasi),
O‘zini o‘zi o‘ldirishga undash, ya’ni ko‘ndirish, aldash yoki boshqa yo‘l bilan o‘zga shaxsda o‘zini o‘zi o‘ldirish hissini uyg‘otish (JK 103.1-modda),
Qiynash (JK 110-moddasi),
Bir-biriga tobe bo‘lmagan harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish (JK 285-moddasi)
Zaruriy mudofa huquqiy shartlarining turlari qaysilar va ularga ta'rif bering
Tajovuzga nisbatan
-jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ob’ektlarga qarshi qaratilgan ijtimoiy xavfli tajovuzning mavjudligi;
-ushbu tajovuzning muqarrarligi;
-ushbu tajovuzning realligi.
2. Mudofaaga nisbatan
-jinoyat qonuni bilan himoya qilinadigan ob’ektni qo‘riqlash maqsadida zarar yetkazilishi;
-zarar faqatgina tajovuzchiga nisbatan yetkazilishi;
-ayni vaqtdagi himoya;
-mudofaa holatida zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmaganligi.
Jazoning maqsadi nima?
Jazoning maqsadi - adolatli va tugri jazo Tayinlanishidan kelib chiqishi kutilgan natija bo'lib, JK 42- modda 2- qismiga ko'ra, jazo maqsadiga:
- makumni axloqan tuzatish
- makumning jinoiy faoliyatini davom ettirishga to'sqinlik qilish;
- makumning yangi jinoyat sodir etilishini oldini olish;
- boshqa shaxslarning jinoyat sodir etishlarini oldini olish
Kam ahamiyatli qilmishga misol ayting
masalan: uzumzordan 1 kg uzumni egasining roziligisiz yashirin ravishda olish, ushbu holatda aybdorning harakatlarida rasmiy jihatdan o‘g‘rilik jinoyatining tarkibi mavjud bo‘lsada sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavfliligi juda ham kam bo‘lganligi sababli, jinoyat sifatida e’tirof etilmaydi
Bir odam kemada sayohatga chiqadi. Lekin u ertasi kuni o‘lik holda topiladi.
Ko‘rsatmalar quyidagicha:
Kapitan: "Men butun kecha kabinamda edim."
Oshpaz: "Men ovqat tayyorlab yotgandim."
Styuardessa: "Men palubani tozalayotgandim."
Musiqachi: "Men yo‘lovchilarga kontsert berayotgan edim."
Kim yolg'on gapiryapti?
Javob: Musiqachi. Chunki kema sayohatga endigina chiqqan bo‘lsa, u yo‘lovchilarga kontsert bera olmasdi. Demak, u yolg‘on gapiryapti va qotillikka aloqador bo‘lishi mumkin.
Takroran jinoyat sodir etishning qanday belgilari mavjud?
– shaxs tomonidan ikki yoki undan ortiq jinoyatning sodir etilishi;
– jinoyatning turli vaqtlarda sodir etilishi;
– aynan bir moddada, qismda, ba’zi hollarda esa, turli moddalarda nazarda tutilgan yangi jinoyatning sodir etilishi;
– shaxsning sodir etilgan jinoiy qilmishlaridan birortasi uchun ham sudlanmaganligi.
15 yoshli shaxs zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirsa, uning harakatlarini JK 100-moddasi bilan kvalifikatsiya qilib bo'ladimi?
Qilib bo‘lmaydi, chunki ushbu jinoyat uchun sub’ekt yoshi 16 yosh deb belgilangan. Ushbu holatda shaxs sodir qilgan qilmishi uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
Jarima jazosini almashtirish tartibini sanab bering
Majburiy jamoat ishlari
Axloq tuzatish ishlari
Xizmat boyicha cheklash
Ozodlikni cheklash
Ozodlikdan mahrum qilish
Takroran jinoyat sodir etishni jinoyatlar majmuidan asosiy farq qiluvchi xususiyatlari qaysilar?
Takroran jinoyat sodir etish
- sodir etilgan jinoyatlar faqat qasddan sodir etilishi; - jinoyatning turli vaqtlarda sodir etilishi;
- sodir qilingan jinoyatlar JK Maxsus qismining aynan bir moddadasida nazarda tutilgan bo‘lishligi, basharti ushbu moddada bir-xil jinoyat tarkiblari uchun javobgarlik belgilangan bo‘lsa;
- sodir qilingan jinoyatlar JK Maxsus qismining aynan bir moddasi qismida nazarda tutilgan bo‘lishi, basharti ushbu modda qismida turli jinoyat tarkiblari uchun javobgarlik belgilangan bo‘lishligi;
- qonunda nazarda tutilgan ayrim hollarda, sodir qilingan jinoyatlar JK Maxsus qismining turli moddalarida nazarda tutilgan bo‘lishligi.
Jinoyatlar majmui
- sodir etilgan jinoyatlar qasddan yoki ehtiyotsizlikdan sodir etilganligi;
- jinoyatning turli vaqtlarda yoki bir vaqtda sodir etilishi;
- sodir qilingan jinoyatlar JK Maxsus qismining turli moddalarida nazarda tutilganligi;
- sodir qilingan jinoyatlar JK Maxsus qismining aynan bir moddasi turli qismlarida, nazarda tutilgan bo‘lishligi, basharti ushbu qismlarda turli xil jinoyat tarkiblari uchun javobgarlik belgilangan bo‘lishi
O‘likning yozuvi
Politsiya jasad yonida bir varaq qog‘oz topadi. Unda atigi bir jumla yozilgan:
“Jumaga tayyorlaning”.
Politsiya shundan keyin beshta gumondorni chaqiradi: Ali, Bobur, Sardor, Dilmurod va Sanjar. Bir necha daqiqadan keyin tergovchi qotilni topadi. U qanday qilib buni bilib oldi?
Javob: Agar harflarga e’tibor bersak, jumlaning harflaridan "JUMA" so‘zi ajralib chiqadi. Bu gumondorlarning ism bosh harflariga mos keladi. JUMA → Jumaga tayyorlaning → J, U, M, A
Bundan chiqdi, qotil ALI, chunki bu harf gumondorlarning ismlaridagi boshqa harflar bilan mos keladi
Tuman sudining 1995-yil 15-may hukmiga asosan K. JKning 164-moddasi 1-qismida korsatilgan bosqinchilik jinoyatini sodir etishda aybdor deb topilgan edi, lekin Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 3-maydagi “Ikkinchi jahon urushida fashistlar ustidan qozonilgan galabaning 50 yilligi munosabati bilan amnistiya” togrisidagi farmoniga asosan Chernobil VAS avariyasi oqibatlarini tugatish qatnashchisi deb javobgarlikdan ozod qilingan edi. Tergov izolyatoridan ozod qilingan kunning ertasi K. yana bosqinchilik hujumini sodir qiladi. Tergovchi uning harakatini JKning 164-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan kvalifikatsiya qildi. Himoyachining fikricha, K.ning harakatida takroran bosqinchilik sodir etish xarakteri yoq, chunki oldin sodir qilgan xuddi shunday jinoyati uchun amnistiya haqidagi farmonga asosan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan.
Himoyachining fikri e’tiborga loyiqmi?
Himoyachining fikri toʻgʻri
Chunki bir marta sudlangan
U.ning xonadonida (hovlida) to‘y paytida mast bo‘lib qolgan D. axloqsizlik qila boshlaydi. Kuyovjo‘ralar D.ni hovlidan olib chiqishadi va kimdir uning orqasiga tepadi. Jahli chiqqan D.: “Men hozir to‘yni azaga aylantiraman”, deydi. Ov miltig‘i bilan qurollangan D. U.ni uyiga kelgan va darvoza berkligi tufayli panjaradan (devordan) oshib o‘ta boshlaydi. Shu payt kelinni akasi K. D.ning boshiga boltaning orqa qismi bilan urgan. D. olgan bosh jarohatidan o‘sha joyda vafot etadi.
Tergovchi K.ning harakatini JKning 97-moddasi 1-qismi bilan, ya’ni qasddan odam o‘ldirish deb kvalifikasiya qiladi.
Himoyachi esa K.ning zaruriy mudofaa holatida harakat qilgan deb ta’kidlaydi. Sizning fikringiz qanday?
IJTIMOIY XAVFLI TAJOVUZLARDAN ZARURIY MUDOFAA HUQUQINI TA’MINLOVChI QONUNLARNI SUDLAR TOMONIDAN QO‘LLANIShI HAQIDA OSPQ 39-son
4. Qonun mazmuniga ko‘ra, tajovuzning xarakteri va xavflilik darajasiga butunlay muvofiq bo‘lmagan mudofaani va buning oqibatida tajovuzchiga hech qanday zaruriyatsiz Jinoyat kodeksining 100, 107-moddalarida nazarda tutilgan qasddan zarar yetkazilsagina zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish deb topiladi.
Ushbu holat JK 100-modda (Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish) bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.
+500
+500
Zaruriy mudofaa va oxirgi zarurat o'rtasidagi farqlarni sanab bering
Zaruriy mudofaa
Xavf manbai insonning ijtimoiy xavfli harakatlaridir
Zarar etkazish - bu hujumdan himoyalanishning yagona yo'li emas;
Zarar faqat huquqbuzarga yetkaziladi
Etkazilgan zarar oldini olingan zarardan kamroq, kattaroq yoki unga teng bo'lishi mumkin.
Oxirgi zarurat
Xavf manbai nafaqat inson harakatlari, balki tabiiy kuchlar, hayvonlarning hujumlari, jismoniy jarayonlar va boshqalar.
Zarar etkazish - xavfni bartaraf etishning yagona yo'li
Zarar "uchinchi" shaxslarga yetkaziladi
Etkazilgan zarar oldini olingan zarardan kamroq bo'lishi kerak
Bir odam daryoning qirg‘og‘ida turib, o‘qotar quroldan foydalanmasdan, daryoning narigi qirg‘og‘idagi odamni o‘ldirdi. U buni qanday amalga oshirdi?
Javob: U jabrlanuvchini daryoga itarib yubordi yoki tosh otib urdi, natijada jabrlanuvchi suvda cho‘kib ketdi.