Xizmat boʻyicha cheklash yoki intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazolar kimlarga nisbatan tayinlanadi?
Harbiy xizmatchilarga
Jinoyat tushunchasiga ta’rif bering.
JK 14-modda 1-qism Ushbu Kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qoʻllash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi.
Jinoyat ishtirokchilarining turlarini ayting.
bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar
Uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish necha yil va qanday jinoyatlarga nisbatan tayinlanadi?
20 yildan ortiq, lekin 25 yildan koʻp boʻlmagan muddatga belgilanadi va faqat javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun tayinlanishi mumkin.
O’n sakkiz yoshga to’lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qanday qoʻshimcha jazolar tayinlanadi?
Hech qanday.
Sha’n va qadr qimmat deganda nimani tushunasiz?
Sha’n – insonning o’ziga nisbatan fikri. Qadr qimmat – o’sha insonga boshqalarning fikri.
Bonus
+200
Ekologiya sohasidagi jinoyatlarning nechta turi mavjud va ularni ayting.
1. Ekologik katastrofa olib kelmaydigan; 2. O’rtacha; 3. Ekologik katastrofa olib keladigan jinoyatlar.
Bonus
+200
Bosqinchilik jinoyati qanday tarkibli jinoyat hisoblanadi?
Kesik tarkibli jinoyat.
JK 123-moddadagi Mehnatga layoqatsiz ota-onalar deganda kimlar tushuniladi?
Pensiya yoshiga yetgan erkaklar va ayollar, shuningdek, I va II guruh nogironlari.
Biologik o’lim bilan Klinik o’limni tushuntiring.
Biologik o’lim – miyya faoliyatining to’xtashi. Klinik o’lim – yurakning to’xtashi.
Bonus
-300
110-modda. Qiynash
Muttasil ravishda doʻpposlash yoki boshqacha harakatlar bilan qiynash, agar ushbu Kodeksning 104, 105-moddalarida, 1261-moddasining toʻrtinchi — sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqarmagan boʻlsa. Ushbu moddadagi muttasil ravishda deganda kamida necha marta tushuniladi?
OSPQ-6 25-band (jabrlanuvchiga jismoniy yoki ruhiy azob berish maqsadida yagona qasd bilan qamrab olingan va kamida uch marta sodir etilganligi aniqlanishi lozim.)
JK 134-modda Qabrni tahqirlash. Jinoyat obyekti nima?
Jamiyatda mavjud bo’lgan odob – axloq asoslari hisoblanadi.
Firibgarlikning zaruriy belgisi nima?
Tamagirlik maqsadining mavjudligi.
JK 164-modda Bosqinchilik. Zaruriy belgisi nima?
Hujm.
Onaning o’z chaqalog’ini qasddan o’ldirishida nima muxim?
Bola tirik tug’ulganlik fakti.
JK 124-modda Bolani almashtirib qo’yish. Jinoyat obyekti nima?
Ota-onalarning huquq va qonuniy manfaatlari.
175-modda. Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish. Qachondan jinoyat tugallangan hisoblanadi?
Bitim tuzilishi natijasida Respublika manfaatlariga ko’p miqdorda Zarar yetkazilgan bo’lsa.
Davlat yoki jamoat arbobini yoxud hokimiyat vakilini ularning davlat yoki jamoat ishiga oid faoliyatlari bilan bog’liq holda o’ldirish, vaziyatni izdan chiqarish yoxud davlat idoralarining qaror qabul qilishlariga ta’sir ko’rsatish yoki ularning siyosiy yoki boshqa ijtimoiy faoliyatiga qarshilik ko’rsatish maqsadida sodir etilsa bu qilmish qanday kvalifikatsiya qilinadi?
JK 155-modda 3-qism a bandi bilan terrorizm (talab bajarilmaganligi uchun)
Agar aybdor yanglish taxmin asosida, aslida homilador bo’lmagan ayolni homilador, deb qasddan oʻldirgan boʻlsa. Kvalifikatsiya qiling.
Boshqa og’irlashtiruvchi holatlar bo’lmasa JK 97-modda birinchi qismi bo’yicha kvalifikatsiya qilinadi.
Agar aybdor Bolani o’g’irlab, uni almashtirib qo’ygan bo’lsa va bunda g’arazgo’ylik yoki boshqa past niyyatlarni ko’zlagan bo’lsa. Kvalifikatsiya qiling.
JK 124-moddasi va 137-moddasi 2-qism a, b bandlari bilan.
Homilani sun’iy ravishda tushirishda agar qilmish homilani tushirishga qaratilgan bo’lsa-yu, lekin abort aybdorning o’ziga bog’liq bo’lmagan holda amalga oshirilmay qolsa. Kvalifikatsiya qiling.
U jinoiy ravishda abortni amalga oshirishga suiqasd qilish sifatida JK 25 va 114-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinadi.
106-modda. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish ehtiyotsizlik orqasida o’limga sabab bo’lsa. Kvalifikatsiya qiling.
Jk 106-moddasiga tushadi OSPQ-6 23-band