Jinoyat huquqi qanday ma'nolarda qo'llaniladi?
Ijtimoiy xavflilik va huquqqa xiloflik o‘rtasidagi farq nima?
Ijtimoiy xavflilik – qilmishning jamiyatga zarar keltirish qobiliyati, huquqqa xiloflik – qonun bilan belgilangan taqiqni buzish.
Jinoyat obyekti va jinoyat predmetini qanday farqlash mumkin?
Jinoyat obyekti – ijtimoiy munosabat, moddiy emas; jinoyat predmeti – jinoyat sodir etilayotgan moddiy yoki ma’naviy narsadir.
Oldindan va’da qilinmagan yashirish ishtirokchilik sifatida qaraladimi?
Yo‘q, bu jinoyatga daxldorlik shaklidir, ishtirokchilik hisoblanmaydi.
Jazo sifat va miqdor jihatidan qanday aniqlanadi?
Sifat jihati – ta’sir ko‘rsatish usulining mazmundor tomoni (masalan, jarima shaklida jazo pul undirish orqali ifodalanadi).
Miqdor jihati – usulni qo‘llash chegaralari (masalan, jarimaning summasi, ozodlikdan mahrum qilish muddati). Sud bu chegaralarda shaxsga xos jazo tayinlashga haqlidir.
Jamiyat va davlat manfatlari o'rtasidagi farq nimada ?
jamiyat manfatlari - jamiyatni borligini belgilovchi uning eng muhum elementi
davlat manfatlari - butun jamiyatning emas malum siyosiy qismini manfatlarini ifodalovchi manfatlar shu jihatdan jamiyat manfatlari bilan farq qiladi.
Formal va moddiy yondashuvlar o‘rtasidagi asosiy farq nimada?
Formal yondashuv jinoyatni faqat qonunda belgilangan taqiq bilan aniqlaydi, moddiy yondashuv esa jinoyatni jamiyatga zarar va ijtimoiy xavflilik nuqtai nazaridan baholaydi.
Bevosita obyektning gorizontal tasniflash bilan bog‘liqligi nimada?
Bevosita obyektni asosiy, qo‘shimcha yoki fakultativ obyekt sifatida aniqlash orqali tajovuzning qaysi munosabatga qaratilganligi ko‘rinadi.
Ishtirokchilik shakli nima?
Ishtirokchilik shakli – bir necha shaxslarning jinoyat sodir etilishi jarayonida birgalikdagi faoliyatining xarakteri bo‘lib, ularning o‘zaro bog‘liqligi, til biriktirilganlik darajasi va umumiy maqsadga erishish uchun muvofiqlashtirilganlik darajasini ifodalaydi.
Asosiy, qo‘shimcha va aralash jazolar o‘rtasidagi farq nimada?
Asosiy jazolar mustaqil qo‘llaniladi va boshqa choralarga qo‘shilmaydi;
Qo‘shimcha jazolar asosiy jazolarga yordamchi sifatida qo‘llanadi, mustaqil ravishda tayinlanmaydi;
Aralash jazolar holatga qarab asosiy yoki qo‘shimcha ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin, lekin ularni noto‘g‘ri tarzda asosiy yoki qo‘shimcha sifatida qo‘llash qonunga zid hisoblanadi.
Jinoyat kodeksining 215-moddasi davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish dispozitsiyaning qaysi turiga misol bo'la oladi?
Oddiy dispozitsiya
Nullum crimen nulla poena sine lege printsipi nima?
Qonunsiz jinoyat va jazo yo‘q; faqat qonunda belgilangan xatti-harakat jinoyat deb hisoblanadi.
Qilmishning jinoyat-huquqiy ahamiyati qanday aniqlanadi?
Faqat huquqqa xiloflik, ijtimoiy xavflilik, onglilik va ixtiyoriylik belgilariga ega qilmish jinoyat-huquqiy ahamiyatga ega.
yaroqsiz obyekt va yaroqsiz vositaga nisbatan suiqasdni tushuntirib bering?
Shaxs jinoyatni sodir etishga intiladi, lekin faktik xato tufayli uning harakatlari jinoyat obyektiga zarar yetkazishga qodir emas. Masalan, o‘qotar qurol bilan o‘q uzadi, ammo jabrlanuvchi o‘lgan bo‘ladi.
Shaxs o‘ldirish uchun zahar beradi, ammo zahar zararsiz kukun bo‘lib chiqadi, jabrlanuvchi o‘lmaydi.
Jazo tayinlashda yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar qanday inobatga olinadi?
Yengillashtiruvchi holatlar: aybni tan olish, jinoyatni oqilona tushuntirish, jinoyatning oqibatlarini bartaraf etish, ijtimoiy foydali xatti-harakatlar, yoshligi yoki sog‘liq holati.
Og‘irlashtiruvchi holatlar: oldingi jinoyatlar, qasddan sodir etilgan jinoyatlar, jamoatchilikka katta zarar yetkazish, hamkorlikda yoki tashkilotchilikda sodir etish.
jinoyat qonunini sharxlashni majburiy yoki ixtiyoriyligiga qarab hajmiga qarab usuliga qarab qanday sharhlash turlariga bo'linadi va ularni hammasini nomma nom aytib bering?
rasmiy : auntentik , legal , sud (kazual,normativ,proffesional)
norasmiy: doktarinal , odatdagi
so'zma so'z , kengaytirilgan , cheklangan
tizimli , mantiqiy , gramatik , tarixiyJinoiy javobgarlikning huquqiy oqibati elementlarini sanang.
1) Sudlanganlik vujudga kelishi, 2) Jazo yoki boshqa ta’sir chorasi qo‘llanishi, 3) Sud tomonidan baholanish natijasida huquqiy oqibatlar hosil bo‘lishi.
Qasdning tarkibi nimalardan iborat?
Intellektual tomon (qilmishning ijtimoiy xavfliligini anglash) va irodaviy tomon (qilmishni sodir etish yoki harakatsizlik).
Tamom bo‘lmagan jinoyatlarning suiqasd bosqichi qanday tarkibli jinoyatlarda mavjud bo‘lmaydi?
Kesik tarkibli jinoyatlarda, masalan, bosqinchilikda, chunki hujumning o‘zi tamom bo‘lgan jinoyat tarkibini tashkil qiladi.
Jarima to‘lovining muddatlari va ijrosi qanday tartibda bo‘ladi agar jarima to'lanmasa qanday jazo turlari bilan almashtirilishi mumkun?
Jarima hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oy mobaynida to‘lanishi kerak.To‘lovdan bosh tortish holatlari sud tomonidan aniqlanadi:ixtiyoriy ravishda, uzrli sababsiz to‘lanmagan bo‘lsa;mahkum daromadlarini yoki mulkini yashirgan bo‘lsa.Uzrli sabablarga ko‘ra (pul vositalari mavjud emasligi, kasallik, xizmat safari va boshq.) to‘lov amalga oshirilmagan hollarda, bu bosh tortish deb hisoblanmaydi.
JK 44-moddasi 3-qismiga binoan, to‘lanmagan jarima quyidagi jazo choralari bilan almashtirilishi mumkin:
Majburiy jamoat ishlari;
Axloq tuzatish ishlari;
Xizmat bo‘yicha cheklash;
Ozodlikni cheklash;
Ozodlikdan mahrum etish.
xarbiy hizmat yoki qisimni tashlab ketish 287-modda bu jinoyat davomli jinoyatmi , takroran jinoyatmi , uzoqqa cho'zilgan jinoyatmi yoki ikki harakatli jinoyatmi? qaysi biriga tushadi
uzoqqa cho'zilgan jinoyat
Jinoiy javobgarlikning barcha bosqichlari qaysilar?
1) Qilmish sodir bo‘lishi, 2) Ayblanuvchi sifatida ishga jalb qilish, 3) Sud protsessi, 4) Jazoni o‘tash, 5) Sudlanganlik oqibatlari.
Aqli norasolik tibbiy mezoni nechta guruhga bo‘linadi va birinchi guruhiga kiruvchi kasalliklarga misol keltiring?
surunkali ruhiy kasallik, vaqtinchalik ruhiy kasallik, aqlning pastligi va kasallikning boshqa holatlari. surunkali ruhiy kasallikga misollar : Shizofreniya, epilepsiya, maniakal-depressiv psixoz, miya sifilisi, progressiv falajlik, qarilik aqli zaifligi, epidemik entsefalit va boshqa qiyin davolanadigan ruhiy kasalliklar.
Murakkab alohida jinoyatlar qanday turlarga bo‘linadi?
Davomli jinoyatlar – yagona maqsad yo‘lida birlashgan bir necha ijtimoiy xavfli harakatlar;
Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlar – uzoq vaqt davomida sodir etiladigan harakatlar;
Tarkibli jinoyatlar – bir nechta tarkibiy qism yoki bosqichlardan tashkil topgan qilmishlar.
Jazo qanday asosiy belgilarga ega?
Davlat tomonidan joriy etilgan majburlov choralari bo‘lishi – jazo faqat davlat tomonidan tayinlanadi;
Sud tomonidan tayinlanishi shart – faqat sud hukmi bilan qo‘llaniladi;
Jinoyat sodir etishga asoslangan bo‘lishi – jazo faqat jinoyat asosida tayinlanadi;
Shaxsiy xususiyatdagi chora bo‘lishi – jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladi;
Muayyan huquqlardan mahrum etish yoki cheklash bilan ifodalanishi – jazo shaxsni huquq va erkinliklardan cheklash shaklida bo‘ladi;
Jinoyat qonuni bilan belgilangan bo‘lishi – jazo faqat qonunda nazarda tutilgan shaklda qo‘llanadi.